• BIOGEOTEXNOLOGIYA
  • Biotexnologiya asoslari




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet116/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob

    Nazorat savollari 
    1.Biogaz nima va u qanday hosil bo’ladi? 
    2.Biogaz olishda substratlarga bo’lgan talablar nimalardan iborat? 


    3.Biogazni asosiy fizikaviy hususiyatlarini va uni ishlab-chiqarish va maishiy-hizmat 
    korxonalarida ishlatish imkoniyatlari haqida fikirlaringiz. 
    4.Go’ngni anaerob bijg’itishda qancha biogaz hosil bo’ladi? 
    5.Biogaz qurilmalarini asosiy tiplari va ularni vazifalari haqida so’zlab bering. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    9-mavzu. BIOTEXNOLOGIYANING RIVOJLANAYOTGAN YANGI
    SOHALARI 
     
    Reja: 
    1. Biogeotexnologiya. 


    2. Bioenergotexnologiya. 
    3. Biosensorlar
    4. quyosh energiyasidan foydalanish 
    5. Suvda biofotoliz 
    BIOGEOTEXNOLOGIYA 
     
    Er ostida yashovchi mikroorganizmlardan biogeotexnologiyada - neft va gaz qazib olishda 
    ularni qayta ishlash va boshqa maxsulotlarga aylantirishda keng ko’lamda foydalaniladi.
    Biogeotexnologiya - alohida tur va turkumga kiruvchi mikroorganizmlarning metallarni 
    eritma holiga o’tkazish (ma’danlardan metallarni eritib olish) xususiyatidan foydalanilib sof 
    holda qimmatbaho metallar ajratib olishni ham o’z oldiga qo’yadi.
    Masalan: Thiobacillus ferrooxydans har xil shtammlari tabiiy ma’danlardan yoki ularni 
    chiqindilaridan temir, rux, mis, oltin, kumush, uran va boshqa metallar ajratib olish jarayonlarida 
    keng ishlatiladi. Bu jarayonda asosan bakteriyalarni ma’danlarda uchraydigan moddalar 
    sulfidlaridan sulfat kislota hosil qilishiga asoslangan. 
    Chromobacterium violaceum bakteriyalari oltinni eritish xususiyatiga ega bo’lib, jarayon 
    quyidagicha kechadi: Au
    →Au(CN)
    4

    Eng muhim ekologik muammolardan biri bo’lgan toshko’mir tarkibidagi oltingugurtni 
    ajratish jarayonlarida samarali bo’lgan bakteriyalardan Pseudomonas va termofil bakteriya 
    Sulfolobus lar ajratib olingan. Toshko’mir qazib olinadigan maydonlarning atrof muhiti 
    oltingugurt bilan kuchli ifloslangan bo’ladi. 
    Oqova suvlardan metallarni ajratib olishda, uran, mis, kobolt va boshqa moddalarni o’z 
    biomassalarida to’plab oluvchi Citrobacter sp. va Zoogloea shtammilardan samarali 
    foydalaniladi. Citrobacter sp. shtammidan yuqori darajali fosfataza fermenti sintez qiluvchi 
    mutant shtammlari olingan. Bunday samarali produsentlar uranni tabiiy shtammga nisbatan 2,5 
    maratoba ko’proq to’playdi.
    Bu jarayon fosfataza fermenti ta’sirida fosfor saqlovchi birikmalardan anorganik fosfatning 
    bo’shalishi va oqibatda hujayra yuzasida metallning cho’kib qolishi bilan bog’liqdir. 
    Suvli muhitda neft uglevodorodlari sorbsiyasi va emulsiya hosil qilishi uchun Rhodococcus 
    va Nocardia sp. bakteriya turlari qo’llaniladi. 
    Ular suv va neftni bir-biridan ajratish, neftni quyuqlashtirish va oqova suvlarni neft 
    aralashmalaridan tozalash xususiyatlariga ega. Eng qimmatbaho tozalovchilar - galobakteriyalar 
    hisoblanadi. Bu bakteriyalarning bir qancha shtammlaridan cho’milish havzalarini mazutdan 
    tozalashda keng foydalanilmoqda.
    Tabiiy bakteriyalar bilan bir qatorda gen muxandisligi bakteriyalari ham istiqbolli 
    hisoblanadi.
    Allaqachon Pseudomonas sp. shtammi plazmidasiga oktan, komfora, naftalin va ksilol 
    kabi moddalarni parchalovchi fermentlar geni o’tkazilgan. Natijada neft xom-ashyolarini 
    samarali utilizasiya qiladigan shtammlar yaratilgan. Bunday shtammlardan ifloslangan suvlarni 
    biotexnologik yo’l bilan tozalash jarayonlarida qo’llanilib kelinmoqda. YUqorida zikr etilgan 
    misollardan ko’rishimiz mumkinki, biotexnologik jarayonlardan allaqachonlar ekologik 
    muammolarni hal qilish uchun samarali foydalanib kelinmoqda. 
    SHular bilan bog’liq holda XXI asrda ekologik toza va yanada iqtisodiy yuqori samaraliroq 
    ishlab chiqarish jarayonini yaratish mumkinligi kutilmoqda. 

    Download 2,11 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish