• Kimyoviy energiya → Elektr energiya
  • Kimyoviy Issiqlik Mexanik Elektr




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet124/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob

    Kimyoviy Issiqlik Mexanik Elektr 
    -----------
    ------------ ------------- ------------- 
    Energiya Energiya Energiya Energiya 
    Yoqilg’i kimyoviy energiyasini elektr energiyaga aylantirishda dastlabki qadam, yoqilg’i 
    elementlari deb ataladigan elektrokimyoviy generatorlar toki yaratish hisoblanadi. Bunda 
    energiya konversiyasi bir bosqichda amalga oshadi: 
    Kimyoviy energiya
    Elektr energiya 
    YOqilg’ining elektrokimyoviy oksidlanishi va oksidlovchining (odatda kislorod) 
    qaytarilishiga, elektrolit eritmada mos keladigan elektrod tabiati bilan xulosalanadi. Elektrodda 
    vodorod - kislorodli element, masalan: reaksiya quyidagicha kechadi: 
    Anod Katod 
    2H
    2
    ------------- - 4H
    q
    q4e
    -
    ; O
    2
    q4H
    q
    -------------- 2H
    2
    O - 4e
    -
    Bunda, hosil bo’lgan erkin energiya hisobidan vodorod suvgacha oksidlanadi. 
    Biokatalizatorlar va mikrobli tizimlarni qo’llash orqali yaratilajak yoqilg’i elementlarining 
    biokimyoviy reaksiyalari quyidagi yo’llarga bo’linadi: 
    ¾ organik xarakterli noananaviy manbalardan yoqilg’i sifatida foydalanib yoqilg’i 
    elementlari yaratish;
    ¾ elektronlarni yoqilg’ida elektrodga o’tkazish bilan xarakterlanadigan katalizatorlar 
    sifatida fermentlardan foydalanish; 
    ¾ fermentlarni immobillash yo’li orqali yoqilg’i elementlari imkoniyatlarini oshirish. 
    YOqilg’i konversiyasi uchun mikroorganizmlardan foydalanish bir necha yo’llarga 
    bo’linadi: 
    Elektrod tizimida samarali oksidlanadigan noananaviy yoqilg’ini elektrokimyoviy faol 


    birikmalarga aylantirish; batafsil o’rganilgan va keng qo’llaniladigan yoqilg’i vodorod 
    hisoblanadi, shuning uchun ham vodorod hosil qiluvchi mikroorganizmlar istiqbolli hisoblanadi.
    Bu maqsadda maxsus fermentyorlarda vodorodning uzluksiz to’planishini vujudga keltirish 
    mumkin, vodorodning oksidlanishi esa vodorod - kislorodli maxsus moslamalarda amalga 
    oshadi.
    Vodorod hosil qiluvchi mikroorganizmlar uchun istiqbolli oziqalar: uglevodlar, 
    uglevodorodlar, metan, spirtlar va organik kislotalar hisoblanadi. 
    Elektrod tizimida elektrokimyoviy potensial to’plovchi oziqa muhitida bevosita yordamchilar 
    mavjud. Bu jarayonda substratni parchalash natijasida hosil qilinadigan metabolitlar aniq 
    elektrokimyoviy faollik namoyon qilishi mumkin. 
    Mikroorganizmlar fermentlari toza holda yoqilg’ida elektronlarning elektrodga o’tishini 
    tezlashtirishlari mumkin: . 
    Immobillangan gidrogenazalar vodorodning elektrokimyoviy ionizasiyasi reaksiyasida 
    asosiy katalizator bo’lib xizmat qilishlari mumkin. Ushbu usulning o’ziga xos xususiyati kultural 
    suyuqlikda bevosita elektrokimyoviy potensial paydo qilishidir. Birqadar muvaffaqiyatli yo’l bu 
    - turli xil organik birikmalarni yuqori miqdorda qayta ishlaydigan anaerob mikroorganizmlardan 
    foydalanib, biokimyoviy yoqilg’i elementlar yaratish hisoblanadi. Bunday element bioanod va 
    katoddan tuzilgandir. 
    Katodni qaytaradigan oksidlovchi bo’lib havodagi kislorod xizmat qiladi. Elektrod 
    mahsuloti sifatida plastinadan foydalaniladi. 
    Mikrobli bioyoqilg’i elementining kamchiligi, generasiyasida yoqilg’i elementning hajm 
    birligida taqqoslaganda imkoniyati kamligidir. 

    Download 2,11 Mb.
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish