¾
Birinchidan, ko’pchilik turlar (navlar) hattoki, yuvenil bosqichda ham vegetativ
usulda kerakli samara bilan ko’payavermaydi (eman, tilog’och, yong’oqdoshlar va
boshqalar);
¾
ikkinchidan, o’simliklarni ko’pchilik daraxt navlarini 10-15 yoshdan keyin, qalamcha
yordamida ko’paytirish mumkin emas;
¾
uchinchidan, har doim ham standart ekish materiali olish mumkin emas (yuqumli
kasalliklar to’planishi va o’tishi mumkin);
¾
to’rtinchidan, payvand qilish orqali katta yoshli (yog’ochli) o’simliklarni ko’paytirish
juda ham qiyin va murakkab; beshinchidan, yil davomida bir xil genetik materialni olish
uchun ishlab chiqilgan texnologiyalar samaradorligining o’ta pastligidir.
¾
Hujayra va to’qimlara kulturalari bo’yicha erishilgan yutuqlar vegetativ ko’payishni
tubdan yangi bo’lgan usulini klonal mikroko’paytirish in vitro sharoitida (probirkada),
jinsiy bo’lmagan yo’l bilan, o’simliklarni dastlabki nusxasi bilan genetik bir xil bo’lgan
navini yaratish).
Bu usul asosida o’simlik hujayralariga xo bo’lgan noyob xususiyat, totipotentlik, ya’ni
tashqi
ta’sirini butun o’simlik organizmi hosil bo’lishiga turtki bo’lishi yotadi. Albatta, bu usulni boshqa
an’anaviy usullardan ustunlik tomonlari juda ham ko’p:
¾
genetik bir xil ekish materialining olinishi;
¾
meristema to’qimalari kulturalari ishlatilishi hisobiga o’simliklarni virusli va boshqa
yuqumli kasalliklardan holi bo’lishi;
¾
ko’payish koeffisientining yuqoriligi (o’tchil va gulli o’simliklar uchun 10
4
-10
5
; ninabargli
o’simliklar uchun –10
4
);
¾
seleksiya davrining qiqarishi;
¾
o’simlik rivojlanishshini yuvenil davrdan reproduktiv fazaga o’tishini tezlashishi;
¾
an’anaviy yo’llar bilan qiyin ko’payadigan o’simliklarni ko’paytirish;
¾
ishni yil davomida tashkil etish imkoniyatlarining mavjudligi va ko’chat materiallari
o’stirish uchun kerak bo’lgan maydonni tejash;
¾
o’stirish jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatlari va h.k.
Klonal mikroko’paytirishni dastlabki muvaffaqiyatlari o’tgan asrning 50-yillari oxirida
fransuz olimi Jorj Morel orxideya o’simligining regenerantini yaratganda erishilgan edi. Bu
muvaffaqiyatga o’sho’ vaqtlarda yaratilgan,
In vitro sharoitida o’simliklarni apikal meristemalarini
ko’paytirish texnikasi o’z hissasini qo’shgan. Odatda olimlar birlamchi eksplant sifatida o’tchil
o’simliklarni ustki meristemalaridan
foydalanadilar, va ozuqa muhiti tarkibini o’simlikni
regenerasiya va paydo bo’lish jarayonlariga ta’sirini o’rganadilar. Xuddi shu maqsadda chinnigul,
xrizantema, kungaboqar, no’xat, makkajo’xoriqoqio’t va boshqa o’ismliklar o’rganib chiqilgan edi.
J.Morel o’z tajribalarida xuddi shunday qilib, simbidium (orxideyalar oilasiga mansub
o’simlik)ni uchki qismini ishlatgan. U o’sib kelayotgan konussimon ko’rinishdagi va ikki-uch barg
oldi elementlaridan iborat bo’lgan va undan ma’lum sharoitda qubbali,
yumaloq-prokariotlar paydo
bo’lishini kuzatgan edi.
Hosil bo’lgan (etilgan) protokormlarni bo’lish va keyin alohida mustaqil ravishda yangi
tayyorlangan ozuqa muhitida barg va ildiz paydo bo’lguncha o’stirish mumkin bo’lgan edi.
Natijada u, bu jarayon chegarasiz ekanligini va yuqori sifatli genetik bir xil, virussiz ekish
materialini juda ham ko’p miqdorda tayyorlash mumkinligini kuzatgan edi.
Rossiyada klonal mikroko’paytirish professor R.G.Butenko nomi bilan bog’liq.
K.A.Temiryazev nomidagi o’simliklar fiziologiyasi institutida bu olima o’z shogirdlari bilan,
kartoshka, qand lavlagi, chinnigul va boshqa gullarni klonal ko’paytirish
sharoitlarini ishlab
chiqqan.
Mamlakatimizda bu usul ilmiy laboratoriyalarda sinab ko’rilmoqda. Xususan, Toshkent
Davlat agrar universiteti biotexnologiya kafedrasi ilmiy laboratoriyasida kartoshkani klonal
mikroko’paytirish usullari orqali kasalliklarga, issiqqa, sho’rlanishga chidamli navlarini yaratish
bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
SHuni ham eslatib o’tish o’rinliki, mikroko’paytirishdan foydalanish doirasi juda keng bo’lib,
kundan kunga yanada oshib bormoqda. Eng avvalo bu
in vitro sharoitida o’simliklarni yog’ochli
turlarini, ayniqsa, ingibitorlar va bu usulni yo’qolib ketayotgan o’simliklar
hamda dorivor
o’simliklarni ko’paytirish uchun ishlatilganda katta samara beradi.
YOg’ochli (daraxtlarni) o’simliklarni to’qima kulturasi bo’yicha birinchi ilmiy ishlar 1920
yillarda chop etilgan bo’lib, fransuz olimi Gotre nomi bilan bog’liq. Bu maqolalarda tilog’och
daraxti kambial to’qimalarini
in vitro sharoitida kallusogenezga imkoniyatlari (qobiliyatlari) borligi
xabar qilingan. 1960 yillarda Mates degan olim birinchi marta
OSIN daraxti regenerantini olishga
erishgan va uni tuproqqa ekishgacha etkazgan. Nina bargli o’simliklarni
in vitro sharotida o’stirish
uzoq vaqt tajriba sifatida ishlatilib kelindi. Bu o’simlikdan ajratib olingan yuvenil ayniqsa, katta
yoshli to’qimalarni o’sishida o’ziga xos qiyinchiliklar borligi bilan bog’liq
Ma’lumki, yog’och
hosil qiluvchi daraxtlar, ayniqsa igna bargli o’simliklar juda ham sekin
o’sadilar, qiyin tomir oladilar, juda ko’p miqdorda ikkilamchi birikmalar (fenollar, terpenlar va
boshqa moddalar) saqlaydilar, bu moddalar esa alohida ajratib olingan to’qimalarda fenolaza
fermentlari ta’sirida oksidlanadilar.
O’z navbatida fenollarni oksidlangan mahsulotlari odatda hujayrani o’sishini va bo’linishini
ingibirlaydilar, bu esa birlamchi eksplentlarni nobud bo’lishiga yoki yog’ochli o’simliklar
to’qimasini regenerasiya imkoniyatlarini pasayishiga va yoshi ulg’aygan
sari sekin butunlay
yo’qolishiga olib keladi. Ammo, qanchalik qiyin bo’lishiga qaramasdan olimlar izlanish manbai
sifatida tez-tez yog’ochli o’simliklarni to’qima va organlaridan foydlanib kelmoqdalar.
Hozirgi vaqtga kelib,
in vitro sharoitida ko’paytirilgan yog’ochli o’simliklar soni 40 oilaga
mansub bo’lgan 250 turdan oshib ketgan (kashtan, dub, qayin, zarang, tog’ teragi, tolni tog’ teragi
bilan gibridi, sosna, archa va x.k.).