• Aminoglikozidlar
  • Tetrasiklinlar
  • Aktinomisinlar
  • Aktinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklar




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob

    Aktinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklar 
    Amaliyotga keng tadbiq qilingan eng ko’p sonli antibiotiklar, demak sanoatda ishlab 
    chiqariladigan, aktinomisetlar hosil qiladigan biologik faol moddalarga kiradi. Bu antibiotik 
    moddalar turli xil kimyoviy tuzilishga va keng spektrli biologik ta’sirga ega bo’lgan bir qancha 
    guruh birikmalardan iborat: 
    Aminoglikozidlar - bu guruh aktinomisetlar antibiotiklari molekulasida glikozid bog’i bor 
    moddalardir: streptomisin, Streptomyces srigeus hosil qiladi. Streptomyces fradiae, Str.allagrisiolus 
    lar ishlab chiqaradigan neomisinlar; Str.kanamyceticus sintezlaydigan kanamisinlar; 
    Micromonospora purpurea ishlab chiqaradigan gentomisinlar; Micromonospora livacsterospora 
    sintezlaydigan fortimisin; va boshqa bir qancha moddalar. 
    Tetrasiklinlar- ushbu antibiotiklariga: xlortetrasiklin-Streptomyces cureofociens hosil qiladi
    Str.rimosus kulturasi sintez qiladigan oksitetrasiklin; Str.cureofacins ning ma’lum shtammlari ishlab 
    chiqaradigan tetrasiklin va boshqa kimyoviy yo’l bilan modifikasiya qilingan yangi antibiotiklar: 
    metasiklin (randomisin) va doksisiklin minosiklinlardir. Biologik va kimyoviy sintez birlashmasi 
    natijasida olingan bu yangi antibiotiklar odatdagi tetrasiklinga chidamli bir qancha 
    mikroorganizmlarni o’sishini to’xtatish qobiliyatiga ega. 
    Aktinomisinlar - antibiotik aktinomisinlar katta (yuzdan ortiq preparatlar) guruh kimyoviy 
    tuzilishi jahatidan bir biriga yaqin 20 dan ortiq tur aktinomisetlar hosil qiladigan moddalar, shular 
    qatorida Streptomyces antibioticus, Str.chrysomallus, Str.flavus lardir. Aktinomisinlar kimyoviy 
    tuzilishi bo’yicha xromopeptidlarga kiradi, bu antibiotiklar uchun umumiy bo’lgan fenosizin 
    xromofor guruhli va ikkita polipeptiddan iborat. Har bitta polipeptid tarkibiga lakton sikli kiradi, 
    buning uzilishi preparatni biologik faolligini yo’qotishga olib keladi. Aktinomisinlarning xilma-
    xilligi polipeptidlar molekulasi tarkibiga kiradigan aminokislotalarni xilma-xilligiga bog’liq. Bu 
    guruhga kiradigan antibiotiklarning muhim xususiyati ayrim aktinomisinlar rak hosil qiluvchi 
    hujayralar rivojini to’xtatish qobiliyatiga egaligidir. 

    Download 2,11 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aktinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklar

    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish