Misol tariqasida tish emalini emiradigan Streptococcus mutans shtammiga qarshi shu
bakteriyani mutant shtammini qeltirish mumkin. Tabiiy shtammga qarshi og’iz chayishga tavsiya
qilingan mutant shtamm o’zidan tabiiy shtammni o’ldiradigan oqsil chiqaradi va natijada tishni
sog’lom saqlab qolishga erishiladi. Bu holatda antogonist bakteriyalar biosterilizatorlar vazifasini
bajaradilar. Xuddi shu yo’l bilan qishloq xo’jalik o’simliklarini himoya qilish ham mumkin.
Misol tariqasida Fusarium oxysporum zamburug’i chaqiradigan pomidor ko’chatidagi
yuqumli kasallikni ko’rsatish mumkin. Bu kasallik, shu zamburug’ chaqiradigan fuzar kislotasini
ta’sirida kelib chiqadi. Bunga qarshi esa Pseudomonas solanacterium bakteriyasidan keng
qo’llaniladi. Pseudomonas bakteriyasi fuzar kislotasini o’z hujayrasiga yutib olish xususiyatiga ega
va shu sababli uning kasallik qo’zg’atish xususiyatini kamaytiradi.