• Ikkinchi usul
  • Biotexnologiya asoslari




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob

     
     
    3.8-rasm. O’simliklarni klonal mikroko’paytirish 
    1-yo’l – bor meristemalarni rivojlanishini faollashtirish usuli; 
    2-yo’l- eksplantda adventiv kurtaklar hosil bo’lishini induksiya qilish. 


    1-dastlabki eksplant tanlash; 2–steril kultura olish; 3-birlamchi eksplantda, to’g’ridan – to’g’ri adventiv 
    kurtaklar hosil bo’lishi; 4- kurtaklarni o’sishi va mikro navdalarni hosil bo’lishi; 5–mikronavdalarni 
    ko’paytirish (qalamcha); 6–mikro novdalarni ildiz olishi; 7–regenerant o’simlikni past xaroratda saqlash 
    (deponarovaka qilish); 8–o’simliklarni issiqxona sharoitiga o’tkazish; 9 – regenerant o’simliklarni dalaga 
    ekish. 
    Ba’zi bir qishloq xo’jalik o’simliklari uchun (masalan, kartoshka o’simligi) klonal 
    mikroko’paytirish texnologiyasi sanoat darajasiga ko’tarilgan. O’simliklarda bor bo’lgan 
    meristemalarni faollashtirish usulini ishlatilishi bir yilda bir dona kartoshka meristemasidan 10
    5
    dona o’simlik etishtirish imkonini beradi, bunday texnologiya probirkada mikro tuganaklar - 
    qimmatbaho virussiz urug’lik yaratishni o’z oldiga qo’ygan (3.10-rasm.). 
    Ikkinchi usul – Bu eksplant to’qimalarida to’g’ridan-to’g’ri adventiv kurtaklar paydo 
    bo’lishini kuchaytirish (induksiya qilish). Bu usul o’simlikni ajratib olingan qismini qulay ozuqa 
    muhitida etishmagan qismini (organlarini) hosil qilishiga asoslangan, shunday qilib, butun o’simlik 
    renerasiya (hosil) qilish. 
    Adventiv kurtak hosil qilishni o’simlikni hohlagan organi va to’qimasi (ajratib olingan kurtak
    barg, poya, urug’palla, ildizni bir qismi va x.k) asosida tashkil etish mumkin.
    Ammo, material zaharlanmagan (yuqumli kasalliklardan holi) bo’lishi shart. Bu jarayon, 
    odatda alohida sitokinin yoki uni auksin bilan aralashmasi (10:1 yoki 100:1) saqlagan ozuqa 
    muhitida amalga oshadi. Auksin sifatida ko’proq 
    β-indolil–3-sirka kislota (IUK) yoki ∝-naftilsirka 
    kislota (NUK) ishlatiladi. 
    Bu mikroko’paytirishni eng keng tarqalgan usuli bo’lib, shu usul bilan ildiz mevali gullar 
    (narsissa, liliya, giasint, gladiolus, lolaqizg’aldoq); Brassica avlodiga mansub o’simliklar (rangli 
    karam) shuningdek piyoz, sarimsoqpiyoz, pomidor va boshqa bir qator o’simliklar ko’aytirilgan 
    (3.11- rasm). 
    9-rasm. 
    O’simliklarni bor 
    meristemalarini faol-
    lashtirish usuli bilan 
    ko’paytirish chizmasi: 
    1 - tepa meristemasini yulib 
    tashlash yo’li;
    2 - ozuqa muhitiga sitoki-ninlar 
    qo’shishi yo’li
    B/G – gormonsiz muhit; S-
    sitokininlar,
    A-auksinlar.



    Download 2,11 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish