• Sanoat sharoitida antibiotiklar olish texnologiyasi
  • Zamburug’lar sintez qiladigan antibiotiklar




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob

    Zamburug’lar sintez qiladigan antibiotiklar 
     
    Miselial zamburug’lar nisbatan ko’p miqdorda antibiotik modda hosil qiladi. Eng katta 
    qiziqish uyg’otadiganlari: penisillinlar, sefolosporinlar, grizeofulvin, trixotesin, fumagillin va ayrim 
    boshqa zamburug’larni hayot faoliyatidagi maxsulotlar, tibbiyotshunoslikda va qishloq xo’jaligida 
    keng qo’llaniladi. 
    Antibiotiklar sintez qiluvchi zamburug’lardan eng ko’p ishlatiladigani Penicillium 
    chrysogeum dir. Bu zamburug’ o’zining hayot faoliyatida penisillinni turli xil shakllarini hosil 
    qiladi. Zamonaviy mikrobiologiya fanining rivojlanib borishi, yuqori faollikka ega bo’lgan 
    zamburug’larning yangi-yangi turlarini topishga imkon yaratdi. 
    Sanoat sharoitida antibiotiklar olish texnologiyasi 
    Antibiotiklarni tibbiyotda, qishloq xo’jaligida va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida keng 
    qo’llanilishi, bu biologik faol moddalarni katta hajmda ishlab chiqarish vazifasini qo’ydi. Bu ulkan 
    vazifa katta quvvatga ega bo’lgan antibiotika sanoatini yaratish orqali echildi. 
    Antibiotikani sanoat asosida ishlab chiqarishda bir qancha ketma-ket bosqichlar yotadi:
    ƒ 
    yuqori maxsuldor shtamm-produsent yaratish,
    ƒ 
    antibiotik hosil qiluvchi shtammni eng ko’p miqdorda maxsulot chiqarishi uchun 
    mo’tadil sharoit yaratish,
    ƒ 
    antibiotikni ajratish va tozalashni muvofiqlashtirilgan usulini tanlash va amaliyotga 
    qo’llash,
    ƒ 
    tayyor preparatni yaratish va uning sifatini nazorat qilish.
    Har bitta bosqich maxsus mutaxassis bilan ta’minlanishi kerak (genetik, mikrobiolog, 
    texnolog va boshqalar). 
    Antibiotika sanoati hozirgi vaqtda katta quvvatga ega bo’lgan yaxshi taraqqiy qilgan soha 
    bo’lib farmasevtika sanoati Davlat aksionerlik konserniga qaraydi. Ayniqsa u AqSH da, Angliyada
    YAponiyada, Fransiyada, Italiyada keng taraqqiy etgan. Masalan AqSH da har yili 100 millionlab 
    dollarga sotiladigan miqdorda antibiotiklar ishlab chiqariladi. 
    Antibiotiklarni sanoat usulida tayyorlash - murakkab, ko’p bosqichli bo’lib, bir qancha 
    texnologik ketma-ketlikni o’z ichiga oladi: 
    ƒ Antibiotikani sintezlaydigan kultura-shtammni o’stirish uchun muhit tayyorlash va ekish 
    uchun etarli maxsulot tayyorlash; 
    ƒ Antibiotikani biosinteziga mo’tadil sharoit yaratish; 
    ƒ Kultural suyuqlikga birlamchi ishlov berish
    ƒ Antibiotik moddalarni ajratish va uni tozalash; 
    ƒ Tayyor maxsulotni ajratish, tozalash va dori shaklida sotishga tayyorlash. 

    Download 2,11 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zamburug’lar sintez qiladigan antibiotiklar

    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish