• Basitrasin ishlab chiqarish.
  • Biotexnologiya asoslari




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob

    qishloq xo’jaligida - antibiotiklar avvalom bor, veterenariyada qishloq xo’jalik hayvonlarini 
    o’stirish va ularni turli xil kasalliklarini davolashda preparatlar sifatida qo’llaniladi. Bu sohada ular 
    tibbiyotdagi kabi juda samarali vosita hisoblanadi.  
    Tetrasiklinlar ishlab chiqarish. Tetrasiklinlar ham medisinada, ham oziqa preparatlari ishlab 
    chiqarishda keng qo’llaniladi. Ular orasida qishloq xo’jaligi uchun 7-xlortetrasiklin (1) va 8 - 
    oksitetrasiklin (2) asosida bir qator preparatlar sanoat miqyosida ishlab chiqariladi.
    Xlortetrasiklinning sanoatdagi produsenti sifatida Actinomyces aurefasiens zamburug’i,
    oksitetrasiklinniki esa - Actinomyces rimosus hisoblanadi. Sanoat miqyosida 1 kg preparatda 20, 
    40, 80 g toza holdagi antibiotik, 3, 5, 8 mkg V
    12
    vitamini bo’lgan biovit-20, biovit-40, biovit-80 
    turidagi xlorotetrasiklin oziqa preparatlari ishlab chiqarilmoqda.
    Bundan tashqari preparatda mikroelementlar, yog’lar, oqsillar va mineral tuzlar bor. Agar 
    rasiondagi 1 t oziqaga 15-20 g antibiotikli biovit qo’shilsa hayvonlar og’irligining o’sishi 30% 
    gacha oshadi, oziqa sarflanishi esa o’rtacha 5-10% ga kamayadi. Preparatlar qishloq xo’jaligi 
    hayvonlari va parrandachilikda o’stiruvchi stimulyatorlar sifatida qo’llanilib, ularning yaxshi
    o’sib rivojlanishi va oshqozon-ichak yo’llari va o’pka kasalliklari oldini oluvchi profilaktik 
    vositalar uchun ishlatiladi.
    Oksitetrasiklin chorvachilik uchun terravit-R (eruvchan) va terravit-K (oziqa) terravit-10, 
    terravit-50 preparatlari malla rangdagi achchiq ta’mdagi kukun bo’lib, 1 kg preparatda 10, 50 g 


    toza holdagi antibiotik bor. 1 t oziqaga 15-20 g antibiotikli preparat qo’shilsa hayvonni og’irligi 
    10-15% ga oshib, shu miqdorda oziqa sarfi kamayadi.
    Basitrasin ishlab chiqarish. Basilixinlar deb nomlanuvchi basitrasin oziqa preparati 
    Bac.licheniformis mikroorganizmini sun’iy o’stirish yo’li bilan olinib, suyuq oziqa muhitining 
    quritilgani bo’lib, sinkbasitrasinlar va har xil biologik aktiv moddalardan tashkil topgan. 
    Basitrasinlar polipeptid antibiotiklar bo’lib, ular orasidan 10 ta individual formalar ajratilgan: A, 
    A1, V, S, D, E, F1, F2, F3 va G. Basitrasinlar asosidagi tayyor preparat 37 % gacha basitrasin A 
    dan iborat bo’ladi. 
    Basitrasin oziqa preparatlari 1 kg preparatda 10, 20, 30 g toza holdagi antibiotikning ruxli tuzi 
    bo’lgan basilixin-10, basilixin-20, basilixin-30 nomlari bilan ishlab chiqariladi. Tayyor preparat 
    achchiq ta’mli, kulrang-oq rangdan och-malla ranggacha bo’lgan kukundir.

    Download 2,11 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish