• Oziq-ovqat va konservalash sanoatida
  • Trixotesin ishlab chiqarish




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob

    Trixotesin ishlab chiqarish. Trixotesin antibiotigi - kislorod geterosiklli birikmalar 
    gruppasiga kirib, keng fungisidli ta’siri va kam toksinli ekanligi bilan xarakterlanadi. Trixotesin 
    suvda kam eruvchan, organik eritmalarda yaxshi eriydi, qizdirishga va kislota ta’siriga chidamli. Bu 
    antibiotikning produsenti Trichothecium roseum zamburug’i hisoblanadi. 
    Tayyor holdagi namlanuvchan kukun holdagi trixotesin krem rangida bo’lib, 10% trixotesin, 
    3% OP-t emulgator va 87% kaolindan iborat. Trixotesin tamaki, bodring, mevali daraxtlar va 
    uzumdagi barg sarg’ayishi va donli ekinlarning ildiz chirishi kasalligiga qarshi qo’llaniladi.
    O’simlikshunoslikda foydalaniladigan antibiotiklarni tanlashda preparatga qo’yiladigan asosiy 
    talablar quyidagilardir: 
    ƒ Antibiotik o’simlik zararkunandasiga qarshi maxsus biologik faollikga ega bo’lishi; 
    ƒ U o’simlik to’qimasiga oson kirishga va uning ichida biologik faollik ko’rsatishi; 
    ƒ Antibiotikning davolash miqdori o’simlikka zararsiz bo’lishi; 


    ƒ Antibiotik, o’simlik to’qimasi ichki qismida va ustki qismida bo’la turib, nisbatan uzoq 
    vaqt biologik faollikka ega bo’lishi, tuproqga tushganda oson va tez faolligini yo’qotishi 
    maqsadga muvofiqdir. 
    ƒ Antibiotikga qo’yilgan asosiy talablarning yana bittasi qishloq xo’jaligida 
    foydalaniladigan preparat tibbiyot amaliyotida ishlatilmasligi zarur. 
    Oziq-ovqat va konservalash sanoatida - maxsulotlarni buzadigan mikroorganizmlarga 
    qarshi kurashish uchun fizik va kimyoviy usullar bilan bir qatorda qo’llaniladi. Lekin bu maqsadlar 
    uchun tibbiyotda qo’llaniladigan antibiotiklardan foydalanib bo’lmaydi. Antibiotiklar orasida oziq-
    ovqat va konserva sanoatida ishlatiladiganlari subtilin, nizin va boshqalarni keltirish mumkin. 
    Subtilinni Bacillus subtilis kulturasi hosil qiladi, kimyoviy tarkibi polipeptiddir. Grammusbat va 
    grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan, shular qatorida kislotaga chidamli basillalar ham faol 
    ta’sir ko’rsatadi. 
    Sabzavotlarni konservalashda subtilinni qo’llab, termik ishlov berishdan birmuncha 
    saqlaniladi, bu konservada vitaminlar saqlanishi va mazasini yo’qotmasligida katta ahamiyatga ega. 
    Nizin - yuqori molekulali peptid, Str.lactis sintezlaydi. Nizindan tibbiyot amaliyotida 
    foydalanilmaydi, uni pomidor, ko’k no’xat, gul karam va boshqa maxsulotlarni konservalashda 
    qo’llaniladi. Pishloq saqlashda ham samarali natija beradi. Antibiotik bir qancha termofil spora 
    hosil qiluvchi bakteriyalar taraqqiyotini to’xtatadi. Odam uchun zararli emasligi bilan 
    xarakterlanadi. 

    Download 2,11 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish