• O’stirish garmoni
  • Biotexnologiya asoslari




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob

     
    Insulin - oshqozon osti bezining Langergans orolining beta-hujayrasida sintez bo’lib, qondagi 
    shakar miqdorining 1% atrofida saqlab turishga xizmat qiladi. SHakar miqdorini bunday 
    oshib yoki kamayib ketishi juda og’ir xastaliklarni kelib chiqishiga olib keladi. Jumladan 
    qondagi shakar miqdorining oshib ketishi, qandli diabet kasaligini keltirib chiqaradi. Oqsil 
    muxandisligi usullaridan foydalanib, insulinni sintez qiluvchi achitqi zamburg’ining 
    shtammlari yaratilgan. SHu yo’l bilan dunyoning birqancha mamlakatlarining har xil 
    firmalarida gen -muxandislik insulini tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Bu yangi biotexnologiyani 
    yaratilishi dunyo bozorida insulinni narxining pasayib ketishiga olib keldi va yaqin kelajakda
    bu preparatga bo’lgan muhtojlik butunlay tugatiladi. 
    O’stirish garmoni. Bu gormon organizmda gipofiz bezining oldi qismi hujayralarida sintez 
    bo’ladi. E’tibor qiling, gipofiz bezining bu qismining og’irligi 0,1 grammdan kamroq bo’lib, 
    uning ham bir qismigina shu gormonni ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Organizmda bu 
    gormonni etmasligi o’sish tezligini pasaytiradi, masalan o’sishi sekinlashgan sichqonning 


    og’irligi, oddiy sichqon og’irligidan 2 marotaba kam bo’ladi. SHu gormonni o’z vaqtida, 
    kerakli miqdorda organizmga kiritilishi o’sishni mo’tadil qiladi. Tibbiyotda bitta kasalni 
    davolash uchun haftasiga 7 mg tozalangan gormon ishlatilsa kifoya. Bu gormonni ilgarilari
    odamlarni (o’lik odamlarni) gipofizidan ajratib olishgan. Hozirgi paytda bu gormonni ishlab 
    - chiqarishni mikrobiologik, to’g’rirog’i gen - muxandislik usuli yaratilgan bo’lib, 1 l 
    kultural suyuqliqdan 100 milligrammgacha toza holdagi gormonni ajratib olish mumkin. 
    Umuman olganda gen muxandisligi usullaridan foydalanib, yaratilgan transgen mikrob 
    shtammlari yordamida, nafaqat gormonlar balki, barcha kerakli biologik moddalar ishlab 
    chiqarish mumkinligi mikrobiologik usulni rentabel sohaga aylantirdi. Buning ustiga bu 
    soha ob-havo, issiq-sovuq, fasl, tabiat injiqliklariga bog’liq emasligi bu yo’lning kelajagi 
    porloq ekanligidan dalolat beradi. Bir misol, atigi 25-30 mkg. “sekketin” deb atalmish 
    gormonni ajratish uchun 1 t. qoramol ichagini qayta ishlash kerak bo’lsa, shu miqdordagi
    gormon oddiy mikrobiologiya laboratoriyasida bemalol ajratib olinishi mumkin. Ishlab 
    chiqariladigan gormonlarni ro’yxati doimiy ravishda oshib bormoqda. Ularni ishlab chiqarish 
    eng avvalo shu gormonlarga bo’lgan muhtojlik hamda, ilmiy laboratoriyalarni bu jarayonlarni
    bajarishga tayyor ekanligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda eribropoetin (eritrositlarni, 
    demak gemoglobinni hosil bo’lishini boshqaruvchi gormon ) enkefalinlar va endorfinlar 
    (insonni kayfiyatini, eslash qobiliyatini ko’taruvchi, tonusini oshiruvchi asab tizimini
    boshqaruvchi gormonlar) ishlab chiqarish boshlab yuborilgan. Mikrob hujayralari ba’zi bir 
    steroidli gormonlarni ishlab chiqarishga ham qodir. Masalan, Arthrobacter globiformis 
    bakteriyasi gidrokortizonni prednizolonga aylantirish uchun ishlatiladi. SHuningdek,
    mikrobiologik transformasiya usuli, buyrak usti bezining gormoni bo’lgan kortizon kimyoviy 
    sintezini bir necha etapini qisqartirishga olib keladi. 

    Download 2,11 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish