• O’STIRISH TEXNIKASI
  • VII-bosqich – (1975 yildan hozirgi vaqtgacha)




    Download 1.13 Mb.
    bet14/66
    Sana19.02.2023
    Hajmi1.13 Mb.
    #42779
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
    Bog'liq
    Biotexnologiya asoslari kitobcha
    8-mavzu. Qish. R T, PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIXALASHTIRISH VA REJALASHTIRISH, 6 - mavzu. O\'quv animatsion roliklar tayyorlash dasturlari bilan ishlash, Пахта хом ашёсини сақлаш ва қайта ишлаш (3), 6-amaliyot, Ta\'limda AT1 2021-(TS va MG), jadval Qudratov Alijon, Бухгалтерия Ўқув қўлланмаси 2021 1С, O\'rinova Shahlo ij, 4.9-шакл. ОАК (2), ANNOTATSIYA, Amirillayeva, 1-MA\'RUZA, 5.амалий, Html Haqida Qullanma copy
    VII-bosqich – (1975 yildan hozirgi vaqtgacha). In vitro texnikasini jadallik bilan rivojlanishi o’stiriladigan manbalarni biologiyasini o’rganish davom etmoqda ajratilgan protoplastlarni elektro qovushtirish usullari ishlab chiqilmoqda, mutagenez va hujayra seleksiyasi usullari, gaplogidli o’simliklar yaratish usullari, hujayralarni ajratilgan protoplastlar va Ti va Ri Agrobacterium tumefaciens va Agrobacterium rhizogenes asosida tayyorlangan Ti va Ri plazmid vektorlarni ishlatib suyuqlikda o’stirish usullari mukammallashtirilmoqda. Gen muxandisligi usullari yordamida ikki pallali o’simliklarni genlarini ko’chirib o’tkazishni samarali usullari ishlab chiqildi.

    SHunday qilib, oxirgi yillarda ajratib olingan o’simlik hujayralari va to’qimalari bilan ishlash texnikasi takomilashtirildi. Ammo, bu ishlarda asosiy manba bo’lib, bir pallali va ikki pallali o’tlik o’simliklar xizmat qilgan. Daraxtlarni o’rganish bo’yicha olib borilgan ishlar unchalik ko’p emas.
        1. O’SIMLIKLARDAN AJRATIB OLINGAN HUJAYRA VA TO’qIMALARINI

    O’STIRISH TEXNIKASI

    Ajratib olingan to’qimalar bilan ishlashni asosiy sharti – sterillikga qat’iy rioya qilishdir. Tarkibi boy bo’lgan ozuqa muhiti mikroorganizmlarni rivojlanishi uchun ham juda yaxshi substrat hisoblanadi, o’simliklardan ajratib olingan fragmentlar (eksplantlar) ozuqa muhiti bilan aralashtirilganda mikroorganizmlar ta’siriga tez uchraydilar. SHuning uchun ham ekslantni ham, ozuqa muhitini ham sterilizasiya qilish kerak. Ajratilgan hujayralar va to’qimalar bilan qilinadigan barcha nozik ishlar (manipulyasiya) aseptik sharoitda (laminar-bokslarda) sterillangan uskunalar yordamida bajariladi. Ajratilgan to’qimalarni o’stirish davrida ham sterillikni saqlash kerak, ayniqsa xarorat va namlik o’zgarganda, chunki probirkalarni paxta-bintdan tayyorlangan tiqinchalari namlanadi va undan mikroorganizmlar oson o’tishadi.


    Eksplantni sterilizasiyasi, shuningdek urug’lar ham 5-20 minut davomida sterilizasiya qiluvchi eritmada ushlab turish, keyin esa steril suv bilan yuvib tashlash orqali amalga oshiriladi. Sterilizasiya davri eksplantni xarakteriga hamda eritmani sterilizasiya qilish xususiyatiga bog’liq. Odatda urug’ 10-20 min, vegetativ qismlar esa 5-10 min. davomida sterilizasiya qilinadi. Sterilizasiya qiluvchi eritmalarga misollar 3.1- jadvalda ko’rsatilgan.
    Eksplant olinmoqchi bo’lgan o’simlik organi, dastlab sovunli suv bilan shetkalar yordamida yaxshilab yuviladi va distillangan suv bilan chayib tashlanadi, keyin esa bir necha sekund davomida 70 % li etanolga botirib olinadi. Urug’lar spirtda 1-2 min. ushlab turiladi. To’qimalarga spirt bilan ishlov berish, uni sterilizasiya qilish xossasidan tashqari, asosiy sterilizasiya qiluvchi eritmani ta’sirini kuchaytirishi bilan ham bog’liq.
    3.1-jadval.

    Download 1.13 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




    Download 1.13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VII-bosqich – (1975 yildan hozirgi vaqtgacha)

    Download 1.13 Mb.