Mikroorganizmlar gen muxandisligi. Mikroorganizmlar-bakteriya, zamburug‘, mitselial qo‘ziqorinlar. Mikrob hujayrasi
ozuqa sifatida faqat bitta organik substrat va mineral moddalar hisobiga yashaydi, ko‘payadi.
Mikroorganizmlar aerob va anaerob sharoitda 0 va +80ºC temperaturalar oralig‘ida yashay
oladi. Mikrob hujayrasi metabolizmi to‘g‘ri nazorat qilinsa, juda katta tezlikda ko‘paya oladi.
Masalan, ichak tayoqchasi har 30 daqiqada ko‘payadi.
Rekombinant mikroorganizmlar asosida olinadigan dori vositalari. Normoflora
preparatlari va ularni sanoat miqyosida ishlab chiqarish. Dunyoda har yili 700000 tonnadan ko‘proq aminokislotalar ishlab chiqariladi.
Bu sohada Yaponiya boshqa mamlakatlardan ko‘ra ko‘proq, ya’ni yiliga 2 mlrd. AQSH
dollariga teng bo‘lgan bahoda toza holatdagi aminokislotalar hamda ularni aralashmasini
ishlab chiqaradi. Aminokislotalar sintez qiluvchi mikroorganizmlarning ko‘pchiligi klassik
mikrobiologiya usullaridan foydalanib, tanlab olinganlar, ya’ni ular mutantlar hisoblanadi.
Past molekulyar og‘irlikga ega bo‘lgan birikmalarni superprodutsentlarini yaratish
strategiyasi unchalik yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsada, ba’zi aminokislotalarni
produtsentlari gen-muhandislik usullari yordamida yaratilgan va ulardan ishlab chiqarish
miqyosida foydalanib kelinmoqda.
O‘simliklar gen muxandisligi. Ti-plazmida genetik haritasi. Transgen o'simliklar yaratish
tehnologiyasi. Kallus to'qimasi. Yuqori o‘simliklar hujayrasiga begona gen kiritish ishlari o‘tgan asrning 70-yillarida
dunyoning taraqqiy etgan davlatlar laboratoriyalarida intensiv olib borila boshlandi.
Agrobacterium turiga mansub bakteriyalar ta’sirida o‘simlikda shish hosil bo‘lishining