Biotexnologiya asoslaridan Dasturlar
o’quv-uslubiy majmua
211
Fermentlar va ferment sistemalari xalq xo‘jaligining
turli sohalarida, masalan,
farmatsevtika, to‘qimachilik,
oziq-ovqat,
tibbiyot,
kimyoviy analiz,
organik sintez,
qishloq
xo‘jaligida keng qo‘llaniladi. Shunga qaramay fermentlar muxandisligi sohasining taraqqiyoti
jahon bozorida toza va kerakli fermentlarning yo‘qligi tufayli ancha oqsayotgan edi.
Fermentlar bilan ishlashning o‘ziga xos qiyinchiliklari mavjud. Misol uchun, fermentlarni uzoq
vaqt saqlashda ularni turli tashqi ta’sirlardan himoyalash juda qiyin.
Biosensorlar. Biotehnologiyada biosensorlarni qo'llanilishi.
Biosensorlar deb tashqi fizik yoki kimyoviy signalni qayta ishlashga oson bo‘lgan
signalga aylantiruvchi o‘zgartirgich bilan uzviy bog‘liq juda sezgir biologik elementga aytiladi.
1962 yil amerikalik olim L.Klark tomonidan yaratilgan dastlabki
biosensorlar ushbu soha
taraqqiyotiga juda katta turtki bo‘ldi. Hozirgi kunda biotexnologiya sanoatida biosensorlar
texnikasi shiddat bilan rivojlanib amaliyotga kirib bormoqda.
Noan’anaviy usulda energiya olish. Bioenergetik resurslar.
Biogaz olish tehnologiyasi.
Oxirgi yillarda biologik materiallarni qayta ishlash natijasida yoqilg‘i olish mumkinligi
haqidagi fikrlar, gipotezalar, amaliy ishlar ko‘p aytilmoqda va bajarilmoqda.
Bu muammoga
bir necha bor global deya nom berildi. Chunki sayyoramizdagi tabiiy
energetik resurslar
zahirasi cheklangan.
Biotexnologiya yordamida ekologik vaziyatni saqlash va qayta tiklash jarayonlari. Sanoat