• Turkum: Alevriya - Aleuria Turkum: Qo‘ziqorin - Morchella Turkum: Gyromytra - Smorchok Tartib: Tryufelnamolar
  • Choiromyces meandriformis
  • «biotexnologiya» kafedrasi O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 0,76 Mb.
    bet116/204
    Sana07.06.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #261363
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   204
    Bog'liq
    Mikologiya algologiya majmua 2020 SamVMI

    Diskomitsetlilar guruhi.
    Klassifikatsiya:
    Ajdod: Askomitsetsimonlar – Ascomysetes
    Kenja ajdod: Euaskomitsetkabilar - Euascomysetidae
    Guruh: Diskomitsetlilar
    Qabila: Petsitsiyanamolar – Pezizales
    Turkum: Petitsa - Peziza
    Turkum: Alevriya - Aleuria
    Turkum: Qo‘ziqorin - Morchella
    Turkum: Gyromytra - Smorchok
    Tartib: Tryufelnamolar – Tuberales
    Turkum: Qora fransuz tryufel - Tuber melanosperum
    Turkum: Yozgi tryufel - Tuber aestinum
    Turkum: Oq tryufel - Choiromyces meandriformis
    Bu guruhga kiruvchi zamburug‘ning ko‘pchiligida mevatanasi apotetsiy ochiq bo‘lib, askosporalar aktiv sochiladi. Tryufelnamolar qabilasining vakillarida mevatananing peridiya qatlami yorilgandan so‘ng askosporalar sochiladi.
    Petsitsiyanamolar qabilasi - Pezizales
    Bu qabilaga kiradigan zamburug‘larning xususiyatli belgilari shundan iboratki, mevatana - apotetsiy ochiq bo‘ladi. Mevatana ichidagi xaltachaning ustki qismi qalpoqchali bo‘lib, askosporalar yetilgandan so‘ng qalpoq ochiladi yoki yoriladi va askosporalar sochiladi. Meva tananing diametri1 mm. dan10 sm gacha kattalikda bo‘ladi. Apotetsiy shaklan taqsimchaga o‘xshash bo‘lib, meva tananing yuqori qismi botiq, yuzasidagi silindrsimon xaltachalardan tashkil topgan geminiy qatlami joylashgan. Mevatana voronkasimon, etli bir xil yoki burushgan bo‘ladi. Mevatana sariq, jigarrang, och sariq ranglardan bo‘lishi mumkin. Bu qabilaga kiruvchi zamburug‘larning ko‘pchilik turi saprotrof bo‘lib, chirindiga boy bo‘lgan tuproqlarda ko‘proq uchraydi. Ba’zi turlari o‘simliklarda parazitlik qiladi. Bu qabilaga petitsa - Peziza turkumining turlari misol qilib olinadi. Bular chirindisi ko‘p va zaxroq joylarda, ariq bo‘ylarida uchraydi.
    Petsitsaning mevatanasi1-5 sm, etli, voronkasimon bo‘lib, o‘rmonlarda, zax tuproqda saprotrof yashaydi. Ba’zi turlari o‘rmondagi chirigan tunagaklar ustida muhitga gifalar bilan birikkan holda yashaydi. Masalan, P. violaceo - nigra shular jumlasidandir. Alevriya - Aleuria turkumga kiruvchi zamburug‘larning mevatanasi kosachasimon bo‘lib, to‘q qizil yoki to‘q sariq rangda bo‘ladi. Bularning mevatanasi 5-6 sm. kattalikda bo‘ladi. Qarag‘ayzor o‘rmonlardagi zax tuproqlarda, yo‘l va ariq bo‘ylarida ko‘proq uchraydi. Qo‘ziqorin - Morchella turkumiga kiradigan zamburug‘lar chirindiga boy bo‘lgan tuproqlarda uchraydi. Qo‘ziqorinlarning mevatanasi ovqat sifatida iste’mol qilinadi. Ovqatga Morchella esculenta va Morchella conica turlari ishlatiladi. Meva tanasi 6 -10 sm. etli ichi bo‘sh bo‘lib, qalpoqcha va banddan iboratdir. Qalpoqchaning burushgan tashqi yuzasi geminiy bilan qoplanadi. Gyromytra - smorchok turkumining turlarida mevatana - apotetsiy, qalpoqchasi tuxumsimon yoki shaklsiz tuzilgan bo‘lib, bandi yo‘g‘onlashgan bo‘ladi. Qo‘ng‘ir yoki to‘q qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi. Bular saprotrof bo‘lib, erta bahorda namgarchilik ko‘p bo‘lgan paytlarda yerdan o‘sib chiqadi. Eng ko‘p tarqalgan vakili oddiy smorchok - (Gyromytra esculenta) dir. Bu qo‘ziqorinni umuman esa bo‘ladi. Yeyishdan oldin albatta qaynatilib, suvi to‘kiladi. Ammo so‘nggi yillarda bu zamburug‘larning apotetsiysida giromitrin degan zaharli modda borligi aniqlangan. Bu modda qaynatilgan vaqtda ham o‘z xususiyatini saqlab qoladi, shuning uchun ham ovqat sifatida iste’mol qilish organizmga zararlidir.

    Download 0,76 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   204




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «biotexnologiya» kafedrasi O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 0,76 Mb.