|
Bipolyar tranzistorlar
|
bet | 2/6 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #260058 |
Bog'liq BIPOLYAR TRANZISTORLAR ASOSIY PARAMETRLARIMaydoniy tranzistor. Maydoniy tranzistor (MT) deb, tok kuchi qiymatini boshqarish ychun o‘tkazuvchi kanaldagi elektr o‘tkazuvchanligikni o‘zgartirish hisobiga elektr maydon o‘zgarishi bilan boshqariladigan yarim o‘tkazgichli aktiv asbobga aytiladi.
Maydoniy tranzistorlar turli elektr signallar va quvvatni kuchaytirish uchun mo‘ljallangan. Maydoniy tranzistorlarda bipolyar tranzistorlardan farqli ravishda tok tashkil bo‘lishida faqat bir turdagi zaryad tashuvchilar ishtirok etadi: yoki elektronlar, yoki kovaklar. Shuning uchun ular yana unipolyar tranzistorlar deb ham ataladi.
Maydoniy tranzistorlarning tuzilishi va kanal o‘tkazuvchanligiga ko‘ra ikki turi mavjud: p–n o‘tish bilan boshqariladigan maydoniy tranzistor hamda metall – dielektrik – yarim o‘tkazgichli (MDYa) tuzilishga ega bo‘lgan zatvori izolyatsiyalangan maydoniy tranzistorlar. Ular MDYa- tranzistorlar deb ham ataladilar.
n–turdagi soha kanal deb ataladi. Kanalga zaryad tashuvchilar kiritiladigan kontakt istok (I); zaryad tashuvchilar chiqib ketadigan kontakt stok (S) deb ataladi. Zatvor (Z) boshqaruvchi elektrod hisoblanadi. Zatvor va istok oralig‘iga kuchlanish berilganda yuzaga keladigan elektr maydoni kanal o‘tkazuvchanligini, natijada kanaldan oqib o‘tayotgan tokni o‘zgartiradi. Zatvor sifatida kanalga nisbatan o‘tkazuvchanligi teskari turdagi soha qo‘llaniladi. Ishchi rejimda u teskari ulangan bo‘lib kanal bilan p – n o‘tish hosil qiladi.
Kanalning o‘tkazuvchanligi uning qarshiligi bilan aniqlanadi bu yerda ρ- kanal materialining solishtirma qarshiligi, l- uzunligi, S – kanalning ko‘ndalang kesim yuzas
Tashqi kuchlanish mavjud bo‘lmaganda kanal uzunligi bo‘ylab zatvor ostidagi kanalning ko‘ndalang kesim yuzasi bir xil bo‘ladi. Berilgan qutblanishda zatvor va istok oralig‘iga tashqi kuchlanish berilsa UZI p–n o‘tish teskari yo‘nalishda siljiydi, kanal tomonga kengayadi, natijada kanal uzunligi bo‘ylab kanalning ko‘ndalang kesim yuzasi bir tekis torayadi. Kanal qarshiligi ortadi, lekin chiqish toki IS = 0 bo‘ladi, chunki USI=0 (4 a - rasm).
Agar istok va stok oralig‘iga kuchlanish manbai ulansa, u holda kanal bo‘ylab istokdan stok tomonga elektronlar dreyfi boshlanadi, ya’ni kanal orqali stok toki IS oqib o‘ta boshlaydi. Kuchlanish manbai USI ning ulanishi p–n o‘tish kengligiga ham ta’sir ko‘rsatadi, chunki o‘tish kuchlanishi kanal uzunligi bo‘ylab turlicha bo‘ladi.
UZI qiymati ortishi bilan kanal kesimi tusha boshlaydi va ma’lum UZI.BERK. qiymatga yetganda nolga teng bo‘lib qoladi va stok toki IS deyarli nolga teng bo‘lib qoladi. Tranzistor berkiladi. USI ortishi bilan xarakteristika tikkalasha boradi, bu holat kanal uzunligining uncha katta bo‘lmagan kamayishi bilan tushuntiriladi. Stok – zatvor xarakteristika tenglamasi quyidagi qo‘rinishga ega bo‘ladi: (8.1)
1 b–rasmda maydoniy tranzistorning chiqish (stok) xarakteris-tikalari keltirilgan. Stok xarakteristika - bu ma’lum UZI =const qiymatlaridagi IS =f (USI) bog‘liqlik. USI ortishi bilan IS deyarli to‘g‘ri chiziqli o‘zgaradi (tekis o‘zgarish rejimi) va USI= USI.TO‘Y. qiymatiga yetganda (b nuqta) IS ortishi to‘xtaydi
bu yerda Smax – UZI=0 bo‘lgandagi maksimal tiklik. Ushbu ifodalardan ko‘rinib turibdiki, UZI ortishi bilan stok toki va maydoniy tranzistor xarakteristika tikligi kamayadi.
Statik xarakteristikalardan maydoniy tranzistorning boshqa parametrlarini ham aniqlash mumkin.
Tranzistorning differensial (ichki) qarshiligi istok va stok oralig‘idagi kanal qarshiligini ifodalaydi
UZI =const bo‘lganda (8.3)
To‘yinish rejimida (VAX ning tekis qismida) Ri bir necha MOmni tashkil etadi va USI ga bog‘liq emas.
Kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffisienti tranzistorning kuchaytirish xususiyatini ifodalaydi:
IS =const bo‘lganda (8.4)
Bu koeffisient stokdagi kuchlanish stok tokiga zatvordagi kuchlanishga nisbatan qanchalik ta’sir ko‘rsatishini ifodalaydi. “Manfiy” ishora kuchlanish o‘zgarishi yo‘nalishlarining qarama-qarshiligini bildiradi. Har doim ham bu koeffisientni xarakteristikadan aniqlab bo‘lmaganligi sababli, bu kattalikni quyidagicha hisoblash mumkin:
|
| |