|
Keng polosali kuchaytirgichlar
|
bet | 4/6 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #260058 |
Bog'liq BIPOLYAR TRANZISTORLAR ASOSIY PARAMETRLARIKeng polosali kuchaytirgichlar
Analog integral mikrosxemalar elementar negiz bosqichlar asosida yasaladilar. Negiz bosqichlarga UE sxemada ulangan bipolyar tranzistorlar hamda UI sxemada ulangan maydoniy tranzistorlardan yasalgan bir bosqichli kuchaytirgichlar kiradi. Negiz bosqichlar bir vaqtning o‘zida tok yoki kuchlanish, hamda tok va kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish bilan quvvatni kuchaytiradilar.
Bipolyar tranzistorda yasalgan kuchaytirgich bosqichi. Umumiy emitter sxemada ulangan bipolyar tranzistorda yasalgan kuchaytirgich bosqichi eng keng tarqalgan. Kuchaytirgich tahlil qilinganda signal manbai yoki qarshilik RG bilan ketma – ket ulangan ideal kuchlanish manbai YeG ko‘rinishida (35 a-rasm), yoki qarshilik RG bilan parallel ulangan ideal tok manbai IG ko‘rinishida (35 b-rasm) ifodalanishi mumkin.
Teskari aloqaning mavjudligi qurilma chiqishidagi signalning, demak kuchaytirish koeffisientining ham ortishi yoki kamayishiga olib kelishi mumkin. Birinchi holatda kirish signali fazasi bilan teskari aloqa signali fazalari bir – biriga mos keladi va ularning amplitudalari ko‘shiladi – bunday teskari aloqa musbat teskari aloqa deb ataladi. Ikkinchi holatda esa fazalar teskari bo‘lib, amplitudalar bir - biridan ayiriladi – bunday teskari aloqa manfiy teskari aloqa deb ataladi.
Kuchaytirgichlarda faqat manfiy teskari aloqa (MTA) qo‘llaniladi. MTA ning kiritilishi signal kuchayishini kamaytiradi, lekin parametrlarning barqarorligi ortadi va nochiziqli buzilishlar kamayadi.
Bu yerda MTA emitter zanjiriga RE rezistor kiritilishi bilan amalga oshirilgan. Kirish kuchlanishi UKIR ortishi bilan emitter toki ortadi, shu sababli RE rezistorda kuchlanish pasayishi ham ortadi: chunki baza- emitter o‘tishida kuchlanish kirish kuchlanishiga nisbatan kichik bo‘ladi
irish va RE rezistordagi kuchlanishilarning o‘zgarishi bir - biriga teng deb hisoblash mumkin, ya’ni baza-emitter kuchlanishi o‘zarishi ni hisobga olmasa ham bo‘ladi.
RE orqali oqib o‘tayotgan tok RK dan ham oqib o‘tadi, demak, bu tokning o‘zgarishi kolektordagi rezistorda emitterdagi rezistordagiga nisbatan marta katta kuchlanish ortishiga olib keladi
“Manfiy” ishora UIli sxema signalni inverslashini bildiradi. Amaliyotda shu sababli kuchaytirish koeffisientini quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin
|
| |