MREQ 130  (xotiraga murojaat qilish) va  RD




Download 9,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/66
Sana24.05.2024
Hajmi9,61 Mb.
#252597
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
3.-Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.Kompyuterarxitekturasi 2017

MREQ


130 
(xotiraga murojaat qilish) va 
RD
(xotiradan o‘qish) kabi boshqarish 
signallari bilan unga murojaat qiladi. Ushbu signallardan so‘ng, xotiraning 
o‘qilishi kerak bo‘lgan adresi, shina orqali unga uzatiladi. Adresni uzatish 
parallel
tarzda amalga oshiriladi – 16 bit (64 Kbaytli xotira uchun), 20 bit 
(1 Mbaytli xotira uchun) va 32 bit (4 Gbaytli xotira uchun). Ma’lum bir 
vaqt oralig‘i o‘tgandan so‘ng (T

siklining yarim davri) asosiy xotiradan 
o‘qilgan ma’lumotlarni protsessor tomonidan qabul qilib olish amalga 
oshiriladi. Parallel tarzda qabul qilinayotgan ma’lumotlarning uzunliklari – 
8, 16, 32, 64 yoki 128 bit bo‘lishi mumkin. 
Ushbu jarayon sinxron va asinxron tarzda amalga oshirilishi mumkin, 
ya’ni kompyuter shinalarining 
sinxron
va 
asinxron
xillari mavjud. 5.8 va 
5.9-rasmlarda sinxron va asinxron shinalar orqali ma’lumotlarni o‘qish 
jarayonining vaqt diagramalari keltirilgan. 
5.7-rasm. Pentium 4 protsessori asosida qurilgan kompyuter parallel
shinasining tarkibiga kirgan liniyalar. 


131 
Sinxron shinada bu jarayon 
kvarsli generator
hosil qilgan taktli 
impulslar 
yordamida 
boshqariladi. 
Generator 
hosil 
qilayotgan 
impulslarning chastotalari 5 MGs dan, 100 MGs gacha bo‘lishi mumkin. 
Asinxron shinalarda 
taktlar impulslari generatori
ishlatilmaydi

ISA shinasi IBM PC/AT kompyuterlarida qo‘llanilgan, u 8,33 MGs 
chastotada ishlaydi. Shina orqali bitta sikl davomida ikki bayt uzatiladi, bu 
esa uning maksimal tezligi 16,7 Mbayt/sek ga teng degani bo‘ladi. 
EISA shina ham 8,33 MGs chastotada ishlaydi va u orqali bitta sikl 
davomida to‘rt bayt uzatiladi. Demak uning tezligi 33,3 Mbayt/sek ni 
tashkil qiladi.
5.8-rasm. Sinxron shinadagi o‘qish jarayoning vaqt diagrammasi. 
ISA va EISA shinalari asosan matnli axborotni ishlash uchun 
mo‘ljallangan, avvalgi kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan edi. 
Keyinchalik, kompyuterlarda Windows operatsion tizimlari ishlatila 
boshlagandan so‘ng, grafik va rangli video axborotlarni ishlash uchun ISA 
va EISA shinalarining tezliklari etarli bo‘lmay qoldi. Ushbu holatni 


132 
tushuntirish uchun quyidagi hisoblashlarni bajarib qo‘ramiz. 1024x768 
piksel o‘lchamli monitorda rangli harakatlanuvchi tasvirni chiqarish 
jarayonini tahlil qilib ko‘ramiz. 1 piksel uchun 3 bayt xotira kerak bo‘ladi, 
RGB
- qizil, yashil va ko‘k ranglarning har biri uchun 
1 baytdan
. Bitta 
ekrandagi tasvir 1024x768x3 = 2,25 Mbayt xajmga ega bo‘lar ekan. 
Tasvirni bir tekis jonlantirish uchun esa sekundiga 30 kadrni ekranga 
chiqarish kerak bo‘ladi, ya’ni ma’lumotlarni uzatish tezligi 67,5 Mbayt/sek 
ga teng bo‘lishi kerak. Aslida video axborotni vinchesterdan (CD yoki 
DVD diskdan) monitorga uzatish uchun, avval asosiy xotiraga, so‘ngra esa 
videoadapterga uzatiladi. Demak tezlik, 135 Mbayt/sek ga teng bo‘lishi 
kerak. Ammo kompyuterda, shinadan foydalanadigan boshqa qurilmalar 
ham bor. Shuning uchun bu xolatda, yana ham yuqori tezlikda ishlay 
oladigan shina kerak bo‘ladi. 
5.9-rasm. Asinxron shinaning ishlashi. 
1990 yili Intel firmasi PCI – tashqi tashkil etuvchi qurilmalarni o‘zaro 
birgalikda ishlashini ta’minlovchi shinasini ishlab chiqdi va boshqa ishlab 
chiqaruvchilarga ham undan foydalanib tashqi qurilmalar ishlab chiqarish 
xuquqini berdi. PCI shinasi dunyo bo‘ylab ommalashib ketdi. Sun 
kompaniyasi ham shu paytda ishlab chiqqan kompyuterlarining 


133 
UltraSPARC versiyasida (UltraSPARC III kompyuteri) PCI shinasidan 
foydalandi. 
Dastlabki PCI shinasi 33 MGs chastota bilan ishlab, har bir sikl 
davomida 32 bitdan ma’lumot uzata olgan, ya’ni uning umumiy o‘tkazish 
qobiliyati 4 bayt x 33 = 133 Mbayt/sek bo‘lgan. 1993 yili PCI 2.0, 1995 
yili PCI 2.1, PCI 2.2 shinalarini ishlab chiqdi. PCI 2.2 shinasi bitta sikl 
davomida 64 bit uzunlikka ega bo‘lgan ma’lumotni 66 Mgs chastota bilan 
uzata olish imkoniyatiga ega bo‘ldi, ya’ni uning tezligi 8x66 = 528 
Mbayt/sek ga etkazilgan edi. PCI va ISA shinalari birgalikda qo‘llanilgan 
Pentium rusumidagi dastlabki kompyuterning arxitekturasi 5.5-rasmda 
keltirilgan edi. 
90-yillarning ohirlariga kelib grafik axborotni almashinish uchun 
mo‘ljallangan AGP – grafik ma’lumotlarni uzatish tezligi oshirilgan port 
shinasi ishlab chiqildi. Bunday shinaning AGP 3.0 versiyasining tezligi 2,1 
Gbaytga etkazildi. Tarkibida AGP-shinasiga ega, Pentium 4 protsessori 
asosida qurilgan zamonaviy kompyuter (yoki tizim) shinalarining 
joylashtirilishi 5.6-rasmda keltirilgan edi. 

Download 9,61 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Download 9,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MREQ 130  (xotiraga murojaat qilish) va  RD

Download 9,61 Mb.
Pdf ko'rish