129
ko‘prik
mavjud. Ushbu ko‘prik – protsessor, asosiy xotira, grafik adapter,
ATAPI kontrolleri va PCI-shinalarni o‘zaro bog‘laydi. Ba’zi hollarda
ushbu ko‘prik yordamida, Ethernet texnologiyasi mansub tarmoq platalari
va boshqa yuqori tezlikka ega qurilmalarni ham ishlashini ta’minlash,
amalga oshiriladi.
5.6-rasmdagi chizmada xozirda shaxsiy kompyuterlarda juda keng
qo‘llanila boshlagan,
USB
(Universal Serial Bus
, rus tilida -
универсальная последовательная шина) – ma’lumotlarni ketma-ket
uzatuvchi universal shina ham keltirilgan.
5.2. Zamonaviy kompyuterlarning shinalari va ularning
ishlash tamoillari
Kompyuter texnikasi va texnologiyalarining rivojlanishi davomida,
keng va ko‘p vaqtlar davomida qo‘llanib kelingan, hamda hozirda ham
keng qo‘llanilib kelayotgan shinalar sifatida quyidagilarni sanab o‘tish
mumkin: Omnibus (PDP-8), Unibus (PDP-11), Multibus (8086), IBM PC
(PC/XT), ISA (PC/AT), EISA (80386), MicroChannel (PC/2), PCI (turli
xildagi
shaxsiy
kompyuterlarda),
SCSI
(turli
xildagi
shaxsiy
kompyuterlarda va ishchi stansiyalarda), Nubus (Macintosh), Universal
Serial Bus (zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda), Fire Wire (maishiy
elektronika qurilmalarida), VME (fizika xonalaridagi qurilmalarda) va
Samas (yuqori energiyalar fizikasi qurilmalarida). Ushbu o‘quv
qo‘llanmada ISA, PCI, PCI Express va USB shinalariga oid ma’lumotlar
keltirilgan.
Avval
ta’kidlaganimizdek, zamonaviy kompyuterlarda
ma’lumotlarni parallel va ketma-ket tarzda uzatuvchi shinalardan
foydalanilmoqda [1,2,26].
Ma’lumotlarni parallel tarzda uzatuvchi shinalar:
- boshqarish signallari uchun mo‘ljallangan liniyalar (chiziqlar);
- adreslar uchun mo‘ljallangan liniyalar;
- ma’lumotlar uchun mo‘ljallangan liniyalardan iborat bo‘ladi (5.7-rasm).
Shinaga ulangan biron-bir qurilma, masalan - protsessor, boshqa bir
qurilmadan, masalan - asosiy xotiradan, ma’lumot olishi (yoki unga
uzatishi) uchun, avval boshqarish signallari yordamida uni ogohlantiradi.
Protsessor asosiy xotiradan ma’lumotlarni o‘qimoqchi bo‘lsa,