137
Raqamli abonent liniyalari (chiziqlari).
Internet xizmatlari xillaring
ko‘payib borishi natijasida, ulardan foydalanish uchun yuqorida keltirilgan
usullar asosida ishlaydigan modemlarga nisbatan, ma’lumotlarni ancha tez
uzata oladigan qurilmalarni ishlab chiqish zarurati tug‘ildi. Natijada -
xDSL
(Digital Subscriber Line
, rus tilida - цифровая абонентская линия)
– raqamli abonent liniyalari deb nomlangan ulanish texnologiyalari asosida
ishlaydigan qurilmalarning bir nechta xillari yaratildi.
Shulardan keng
tarqalgani
hisoblangan
ADSL
(Asymmetric
DSL
,
rus
tilida
-
асимметричная цифровая абонентская линия) modemlar haqida
to‘xtalib o‘tamiz. ADSL-modem yordamida xizmat ko‘rsatish
chizmasi
5.14-rasmda keltirilgan.
5.14-rasm. ADSL-modem yordamida xizmat ko‘rsatish chizmasi.
Unda avvalgi analog rusumli telefon liniyalarida qo‘llanilgan
filtr
olib
tashlanishi natijasida hosil bo‘lgan 1,1 MGs kenglikka ega spektr, har biri
4312,5 Gs dan
256-ta avtonom kanallarga
ajratilgan. 0-inchi kanal tovushli
ma’lumotlarni uzatish uchun ajratildi. Tovush va kompyuter
ma’lumotlarini uzatishda hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan
noaniqliklarni
yo‘qotish maqsadida, 1-5 kanallar ishlatilmaydigan kanallar deb belgilandi.
Ikkita kanal, chiquvchi va kiruvchi boshqarish signallarini uzatish uchun
ajratildi. Qolgan 248-ta kanallar orqali
esa foydalanuvchilarning
ma’lumotlari uzatiladigan bo‘ldi. SHunday qilib bitta ADSL-modem 248-
ta odatdagi modem bilan teng bo‘ldi.
5.15-rasmda
ADSL
qurilmalarining
standart
konfiguratsiyasi
keltirilgan. Unda: