2
Avtorlar:
Z.Z.Miryusupov, J.X.Djumanov. «Kompyuter arxitekturasi».
/TATU. 144 bet. Toshkent, 2017
Ushbu o‘quv qo‘llanmada «Kompyuter arxitekturasi»
faniga tegishli
bo‘lgan, kompyuter arxitekturasiga oid asosiy tushunchalar,
kompyuter
arxitekturasi va uni tashkil qilish, kompyuterning
raqamli va mantiqiy
asoslari, kompyuterning asosiy va yordamchi xotira qurilmalari,
kompyuterlar protsessorlarning tuzilishlari
va ularning qanday ishlashlari,
zamonaviy kompyuterlarda va kompyuter tizimlarida o‘rnatilayotgan
protsessorlarning muhim jihatlari, parallel
kompyuter arxitekturalari,
assembler tilida dasturlash asoslari, ma’lumotlarni
kiritish-chiqarish
vositalariga oid mavzular bo‘yicha talabalarga Davlat ta’lim standartlari
asosida etkazilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar keltirilgan. O‘quv qo‘llanma
5330500 - Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi», «AT-servisi»,
«Axborot xavfsizligi», «Multimedia texnologiyalari»), 5330600 – Dasturiy
injiniring, 5350400 – Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari sohasida
kasb ta’limi va 5350600 – Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik
yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan.
Taqrizchilar:
Al-Xorazmiy nomli TATU huzuridagi
«Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
ilmiy-innovatsion markazi» laboratoriya
mudiri dotsent, t.f.n.
Kabildjanov A.S.
Al-Xorazmiy nomli TATU,
«Kompyuter injiniringi»
fakulteti dekani, t.f.n. Tashev K.A.
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, 2017