6
1. KOMPYUTER ARXITEKTURASINING ASOSIY
TUSHUNCHALARI, RAQAMLI VA MANTIQIY ASOSLARI
1.1.
Kompyuterlar arxitekturasini, ularning ko‘p satxli tashkil
qilinishi asosida o‘rganish
Zamonaviy kompyuter o‘zaro bog‘langan
- protsessorlar, tezkor
xotira modullari va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish
qurilmalaridan iborat
bo‘lishi mumkin. 1.1-rasmda bitta markaziy protsessorga ega bo‘lgan
kompyuterning tuzilish chizmasi keltirilgan.
1.1-rasm. Bitta protsessorli kompyuterning tuzilish chizmasi.
Ushbu chizmani, kompyuterda uncha ko‘p bo‘lmagan
ish tajribasiga
ega foydalanuvchilar ham qaysidir darajada tushuntirib bera oladilar.
Ammo zamonaviy kompyuterning ichki tuzilishi,
uning qanday ishlashi,
uning qanday dasturlanishi va umuman uning qanday tashkil
qilinganligiga, ya’ni kompyuterning arxitekturasiga taaluqli bo‘lgan
tushunchalarni, shu sohaning mutaxassisi
sifatida mukammal tushunish,
hamda ulardan o‘zining kundalik faoliyatida samarali foydalana olish
ancha murakkab masala hisoblanadi.
7
Zamonaviy kompyuter arxitekturasini o‘rganishga bag‘ishlangan
adabiyotlarda [1,2,16]
kompyuter arxitekturasini, bir nechta sathlar
ierarxiyasidan iborat ko‘rinishda ifodalab o‘rganish amalga oshirilgan.
Ko‘pgina zamonaviy kompyuterlar ikki va undan ortiq sathlardan iboratdir.
1.2-rasmda kompyuter arxitekturasining olti sathdan
iborat tuzilishga ega
ko‘rinishda ifodalangan chizmasi keltirilgan.
1.2-rasm. Olti sathli kompyuter.
Avval ushbu chizmadagi sathlarga qisqacha tushuntirishlar berib
o‘tamiz, so‘ngra esa kompyuterlarning tuzilishini bunday o‘rganish bilan,
nimalarga erishish mumkinligi va kompyuter arxitekturasi deganda –
nimani tushunish kerakligi haqidagi xulosalarni keltiramiz.
Nolinchi sath
–
bu kompyuterning
apparat taminoti sathi
hisoblanadi. Raqamli mantiqiy sath, ya’ni nolinchi sath ob’ektlari
ventillar
,