17
qilishini ta’kidlashmoqchi bo‘lishadi. Aslida esa ushbu xildagi
kompyuterlar orasidagi farq unchalik katta emasdir.
Har qanday shaxsiy kompyuterning asosiy tashkil etuvchisi bo‘lib –
tarkibida
protsessor, xotira va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish modullari,
klaviatura va sichqoncha, disk yurituvchi qurilma, tarmoq platasi va
boshqa tashqi qurilmalar interfeyslari, hamda qo‘shimcha platalar o‘rnatish
uchun mo‘ljallangan ulanish nuqtalariga ega bo‘lgan
asosiy bosma plata
hisoblanadi [15]. 1.9-rasmda ana shunday bosma platalardan biri
keltirilgan.
1.9-rasm. Sрaxsiy kompyuterning asosiy bosma platasi.
Serverlar
. Unumdorligi yuqori bo‘lgan shaxsiy kompyuterlar va
ishchi stansiyalar - odatda bir korxona chegarasida ishlaydigan lokal
kompyuter tarmoqlarda, hamda Internet tarmog‘ida
- tarmoq serverlari
sifatida ishlatiladilar. Bunday kompyuterlar, ya’ni serverlar – bitta
protsessorli va ko‘p protsessorli konfiguratsiyalarga ega bo‘lishlari
mumkin. Ushbu xildagi kompyuter tizimlarida, odatda umumiy hajmi bir
18
necha gigabaytlarni tashkil qiladigan
tezkor xotira modullari, yuzlab
gigibaytli xotiraga ega bo‘lgan qattiq disklar va yuqori tezliklarda ishlovchi
interfeyslar o‘rnatilgan bo‘ladi. Ba’zi serverlar sekundiga bir necha ming
tranzaksiyalarni ishlash imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
Arxitektura nuqtai nazaridan bitta protsessorli server, shaxsiy
kompyuterdan unchalik farq qilmaydi. U shaxsiy
kompyuterga nisbatan
tezroq ishlaydi, kattaroq joyni egallaydi, nisbatan kattaroq diskli xotiraga
va ancha tez ishlaydigan tarmoq interfeyslariga ega bo‘ladi. Serverlar ham,
shaxsiy kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan operatsion tizimlar asosida
boshqariladi, odatda bu UNIX, Windows va Linux operatsion tizimlarining
turli xil versiyalari bo‘ladi.