11
dasturlarni bajara olish imkoniyatining borligi, hamda operatsion tizim
sathining yangi buyruqlar to‘plamiga ega ekanligi xususiyatlaridir.
1.6-rasm. Fon-neyman mashinasining ma’lumotlar trakti.
To‘rtinchi va beshinchi sathlar
–
dasturchilar uchun ishlab
chiqilgan quyi va yuqori sath tillaridan iboratdir. To‘rtinchi sath - turli xil
protsessorlar uchun ishlab chiqilgan turli xil
assembler tillaridan
iborat
bo‘ladi. Beshinchi sath esa amaliy dasturchilar uchun mo‘ljallangan yuqori
sath tillari -
C, C++, Java
kabi tillardan tashkil topgan bo‘ladi.
Kompyuter tuzilishini ko‘p sathli ko‘rinishda ifodalanishi va
sathlarga oid muhokamalarni shu erda to‘xtatib, kompyuter arxitekturasini
o‘rganishda muhim hisoblangan ba’zi bir xulosalarni keltirib o‘tamiz.
SHunday qilib, hozirgi kompyuterlar bir-nechta
sathlarning ierarxik
tuzilishi shaklida loyihalanadi va ishlab chiqariladi. Har bir sath turli xil
ob’ektlarning va amallarning ma’lum bir abstraksiyasini, ya’ni ma’lum
darajadagi ko‘rinishini ifoda etadi. Kompyuterlar tuzilishini bunday
12
o‘rganish bilan biz, murakkab bo‘lgan jihatlarni tushunish uchun, nisbatan
soddaroq ko‘rinishda ifodalash va tushunish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Yuqorida keltirilgan har bir sathga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar,
amallar va tavsiflar xillarining to‘plami
arxitektura
deb ataladi.
Arxitektura
- kompyuterni
qanday dasturlanishi, ishlanishi va ishlatilishi kabi
jihatlariga bog‘liq
tushuncha
hisoblanadi. Masalan, biron-bir dasturni
yozish va ishlatish uchun zarur bo‘ladigan xotiraning xajmi haqidagi
ma’lumot - bu arxitekturaning bir qismidir. Ushbu xotiraning qanday ishlab
chiqilganligi, ya’ni unda qo‘llanilgan texnologiya
esa arxitekturaning bir
qismi hisoblanmaydi.
Kompyuterning yoki kompyuter tizimining
dasturiy elementlarini
loyihalash usullarini
o‘rganish
bilan biz,
kompyuter arxitekturasini