19
ishlab chiqariladi. Mikrokontrollerlarning 4, 8, 16 va 32-razryadli xillari
mavjud.
Shaxsiy kompyuterlardan farqli ravishda mikrokontrollerlarga xos va
ularni ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jihatlar mavjud:
Birinchidan - universal mikrokontrollerlar kichik o‘lchamlardagi
shaxsiy kompyuterlar sifatida qaralishi mumkin deb aytdik. Ammo
mikrokontrollerlar asosida ishlab chiqarilayotgan qurilmalarning soni,
shaxsiy kompyuterlarning soniga nisbatan ancha ko‘p ekanligi sababli,
ularning narhlarini arzon qilib ishlab chiqarishga harakat qilinadi.
Ikkinchidan - barcha mikrokontrollerlar real vaqt masshtabida
ishlaydi. Har bir kirish signaliga kechiktirilmagan javob berilishi kerak
bo‘ladi. Masalan, ko‘pgina qurilmalarda foydalanuvchi qaysidir tugmani
bossa, unga tegishli bo‘lgan yorug‘lik indikatori ishga tushadi, bunda
kechayotgan jarayonlar orasida, xech qanday to‘xtab qolishlar, ya’ni kutib
turishlar (pauza) bo‘lmasligi kerak.
Uchinchidan - o‘rnatilgan tizimlarda, ko‘pgina elektrik va mexanik
ko‘rsatgichlari cheklangan bo‘ladi. Bunday ko‘rsatgichlar sirasiga, ularning
o‘lchamlari, og‘irliklari va energiya ist’emoli kabi ko‘rsatgichlarini kiritish
mumkin. Bunday tizimlarda qo‘llaniladigan mikrokontrollerlar, yuqorida
keltirilgan cheklashlarni hisobga olgan holda ishlab chiqariladilar.