35
bajaruvchi element –
invertorning
chizmalardagi ifodalanishi va uning
haqiqat jadvali keltirilgan.
1.20-rasmda
keltirilgan
НЕ-И
(NOT-AND)
– mantiqiy ko‘paytirish
va inkorlash amallarini bajaruvchi elementining sxemasi tarkibidagi ikkita
tranzistor ketma-ket ulangan. Agar
V
1
va
V
2
kuchlanishlarning qiymatlari
[0, 5V] chegaraning yuqori qiymatlariga yaqin bo‘lsa, ya’ni mantiqiy 1-ga
teng bo‘lsa, unda ikkala tranzistor ham o‘tkazgichlarga
aylanadi va
sxemaning chiqishidagi kuchlanish o‘zining past qiymatiga teng bo‘lib
qoladi. Bunda chiqishda mantiqiy 0 hosil bo‘ladi. Agar tranzistorlardan
birining kirishidagi, ya’ni bazasidagi kuchlanish past qiymatga – mantiqiy
0-ga teng bo‘lsa,
chiqish kuchlanishi
V
out
mantiqiy 1-ga mos bo‘lgan
kuchlanishga teng bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda,
V
out
kuchlanishi,
mantiqiy 0-ga mos kuchlanishga teng bo‘ladi,
qachonki
V
1
va
V
2
kuchlanishlarning qiymatlari mantiqiy 1-ga mos keladigan kuchlanishga
teng bo‘lsagina. 1.20-rasmning o‘ng
tomonida esa, ushbu elementning
chizmalardagi ifodalanishi va uning haqiqat jadvali keltirilgan.
1.20-rasm.