27
Buyruqlarda amal kodi - har doim bo‘ladi,
ammo adreslar esa
buyruqlarda bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday buyruqlar adressiz
buyruqlar deb ataladi. Qolgan
xil buyruqlarda esa bitta, ikkita yoki
uchtagacha adreslar ishtirok etishi mumkin.
MOVE R1, 4
–
bir adresli buyruq;
ADD R1, R2
– ikki adresli
buyruq.
Buyruqlarning xillari:
1. Ma’lumotlarni ko‘chirib yozish buyruqlari –
LOAD, STORE, MOVE
(1.3-jadval).
2. Ikkita operandalar ustida amallar
bajarish buyruqlari -
ADD, SUB,
AND, OR
(1.4-jadval).
3. Bitta operanda ustida amallar bajarish buyruqlari -
INC, DEC, NOT,
RL
.
4. Taqqoslash va shartli o‘tish buyruqlari -
CMP
.
5. Dastur osti dasturlarini (rus tilida – подпрограмма)
chaqirish
buyruqlari -
CALL
(1.5-jadval).
6. Sikllarni boshqarish buyruqlari.
7. Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish buyruqlari
– IN, OUT
.
1.3-jadval. Pentium 4 protsessorining ko‘chirib yozish buyruqlari.