20
tashkil qilinmoqda. Bunday klasterlar – serverli fermalar (
server farms
)
deb ataladi.
Meynfremlar.
Meynfremlar
deganda 60-yillarda ishlab chiqarilgan
kompyuterlarni
eslatuvchi, katta-katta xonalarni egallaydigan katta
o‘lchamlarga ega bo‘lgan kompyuterlar tushuniladi (1.10-rasm).
1.10-rasm. Meynfremlar.
Bunday
kompyuterlarning
unumdorligi
tezkor
serverlarning
unumdorligidan uncha katta emas, ammo ularda ma’lumotlarni
kompyuterga kiritish-chiqarish jarayonlari juda
katta tezliklarda amalga
oshirilishi mumkin. Ular juda katta-katta terabaytlarda (1 terabayt = 10
12
bayt)
o‘lchanadigan diskli xotiralarga egadir. Shuning uchun
meynfreymlardan
Internet
serverlari
sifatida
foydalanilmoqda.
Meynfremlarga o‘xshash bo‘lgan kompyuterlarning yana bir xili, bu –
superkompyuterlardir
(1.11-rasm).
21
1.11-rasm. Superkompyuter.
Superkompyuterlar protsessorlarining unumdorligi ancha katta bo‘lib,
ularda bir necha o‘n gigabaytlarga
ega tezkor xotira modullari, yuqori
tezliklarda ishlovchi disklar va tarmoq interfeyslari o‘rnatilgandir.
Superkompyuterlardan murakkab bo‘lgan hisoblashlar talab qilinadigan,
ilmiy va texnik masalalarni echishda foydalanilmoqda. Ular yordamida –
to‘qnashuvchi galaktikalarni modellashtirish, yangi dori vositalarini sintez
qilish, yangi loyihalanayotgan uchish apparatlari
atrofidagi havo oqimini
modellashtirish kabi masalalar echilmoqda.