36
signal ham o‘zining pastki qiymatiga (mantiqiy 0-ga) teng bo‘lsagina,
chiqishdagi kuchlanish yuqori qiymatga, ya’ni mantiqiy 1-ga teng bo‘ladi.
1.21-rasmning o‘ng
tomonida, ushbu
elementning chizmalardagi
ifodalanishi va uning haqiqat jadvali keltirilgan.
1.21-rasm.
НЕ-ИЛИ (NOT-OR)
– mantiqiy qo‘shish va inkorlash
amallarini bajaruvchi element.
Yuqoridagi rasmlarda keltirilgan sxemalar –
uchta oddiy ventillarni
tashkil etadi.
Ular mos ravishda
НЕ, НЕ-И
va
НЕ-ИЛИ
ventillari deb
ataladilar. Ushbu ventillarning chiqishidagi
kichik aylanacha esa,
inkorlovchi chiqish
deb ataladi. Chizmalardagi
A
va
B-
lar kirish signallari,
X
esa chiqish signalidir. Haqiqat jadvallarining
qatorlarida kirish
signallarining kombinatsiyalari va ularga to‘g‘ri
keladigan chiqish
signallarining qiymatlari keltirilgan.
1.18-rasmda keltirilgan
И
(AND) -
mantiqiy ko‘paytirish elementini,
НЕ-И
elementining chiqishini,
НЕ
elementining kirishiga ulash bilan hosil
qilish mumkin.