|
Bitiruv loyiha ishi
|
bet | 27/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #113468 |
Bog'liq Badiiy asar tili BMIXulosa va takliflar
Bitiruv loyixa ishini yakunida quyidagi xulosa va takliflarga kelindi:
Axborot almashinuvning globallashuvi, dunyoning kichrayib, odam imkoniyatining ortishi adabiyot o‘qitishga tamomila yangicha yondashish zaruriyatini keltirib chiqardi. Bugungi odam badiiy asarga yaqin o‘tmishdagi kabi taqlid vositasi, ibrat yoxud o‘rnak manbai sifatidagina qaramaydi. XXI asr kishisi uchun badiiy adabiyot butunlay o‘zgacha mohiyat kasb etadi. Binobarin, uni ommaviy tarzda maktabda o‘qitish ham o‘ziga xos yo‘sinda amalga oshirilishi lozim bo‘ladi. Davr o‘zgarishi bilan badiiy adabiyotning mohiyati ham, adabiyotni o‘quv fani sifatida o‘qitish jarayonini uyushtirish yo‘sinlari ham jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi.
Ma’lumki, adabiyot – bu so‘z san’ati. Binobarin, san’atni qoliplarga moslashtirish uning taraqqiyotiga to‘siq bo‘lishi mumkin. Bu hodisaning har qanday holatga ham tatbiq qilish mumkin bo‘ladigan universal jihati unchalar ko‘p emas. Agar shunday jihat bo‘lsa, adabiyot o‘z mohiyatini yo‘qotgan bo‘lardi. Lekin uni o‘qitish jarayoni adabiyotning o‘zi bilan bir narsa emas. To‘g‘ri, adabiyot – san’at. Ammo adabiyotni o‘qitish jarayoni adabiyotning o‘zidan farq qiladi. Bu jarayonning qonuniyatlarini kashf etish, universal jihatlarini topish mumkin.
Adabiyot o‘qitishdagi eng ilg‘or tajribalarni umumlashtirmay, deyarli barcha darslarda qo‘llash mumkin bo‘ladigan universal qonuniyatlarni kashf etmay turib, yoshlarga adabiy tarbiya berish samaradorligiga erishib bo‘lmaydi. Adabiyotshunoslik nazariyasi fani adabiy ta’lim kechimidagi ana shu eng umumiy jihatlarni o‘rganishi, adabiyot o‘qitishda qo‘llaniladigan metod va usullarni ishlab chiqishi kerak. Ammo “universal qoidalar” tushunchasini har qanday holatda ham hech bir o‘zgarishsiz qo‘llayverish mumkin bo‘lgan doimiy usullar tarzida qabul etmaslik kerak. Negaki, yoppa universalizmni tatbiq etish mumkin emas (universalizm - ta’lim jarayonida bir martadan ko‘proq ishlatish mumkin bo‘lgan didaktik usul va echimlar).
Adabiyot o‘qitish samaradorligini oshirish yuzasidan beriladigan tavsiyalar retsept yo‘nalishida, bir marta o‘rganib olib umr bo‘yi qo‘llayveradigan axborot sifatida emas, balki konseptual tabiatga ega bo‘lib, har qanday masala echimining turli variantlari bo‘lishi mumkinligi ko‘zda tutilishi kerak.
Adabiyotshunoslik nazariyasi fani adabiy jarayonni o‘rganish, umumlashtirish va ilmiy xulosalar chiqarish hamda bu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borishning o‘ziga xos metodlariga ega. Kuzatish, so‘rov, tabiiy sinov, laboratoriya eksperimenti, talabalarning yozma ishlarini tadqiq etish, og‘zaki javoblarni tekshirish singari qator ilmiy-tadqiqot metodlari borki, ular ko‘magida adabiyot bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
Adabiyotshunoslik yo‘nalishidagi fanlar, jumladan, “Adabiyotshunoslikka kirish”ni o‘qitishda xorijiy davlatlardagi ilg‘or tajribalardan foydalanish talabalarning mavzularni o‘zlashtirishida, unda qo‘yilgan masalalar mohiyatini anglab olishida yaqindan yordam beradi. Shuning uchun birinchidan, “Adabiyotshunoslikka kirish” fani tahlilga imkon qadar ko‘proq vaqt ajratishi lozim.
|
| |