|
Oraliq nazoratni baholash mezonlari
|
bet | 23/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #113468 |
Bog'liq Badiiy asar tili BMIOraliq nazoratni baholash mezonlari
Oraliq nazorat bir semestrda 1 marta yozma o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Oraliq nazorat uchun maksimal 30 ball qo‘yiladi. Jami 30 ball:
26-30 ball uchun talabaning faoliyati quyidalarga javob berishi lozim:
mavzu to‘liq yoritilgan bo‘lsa;
berilgan savollarga javob yozishda izchillik va mantiqiylik kuzatilsa;
istiloh va atamalarni qo‘llashda xatoliklar bo‘lmasa;
savollarga javob yozishda talabaning mustaqil yondashuvi sezilib tursa;
yozilgan matn imlo xatolari va uslubiy g‘alizliklarga ega bo‘lmasa.
22-25 ball uchun talabaning faoliyati quyidagi talablarga javob berishi lozim:
mavzu atroflicha yoritilgan bo‘lsa;
talaba savollarga javob yozishda mavzuga doir istiloh va atamalarni to‘g‘ri qo‘llay bilsa;
mavzuga doir adabiyotlar bilan tanish bo‘lsa;
yozilgan matnda juz’iy bo‘lmagan ba’zi imloviy xatolar bo‘lsa.
17-21 ball uchun talabaning faoliyati quyidagi talablarga javob berishi lozim:
mavzu qisman bo‘lsada yoritilgan bo‘lsa;
nazorat ishida ba’zi savollarga javob to‘liq bo‘lmasa;
imloviy va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa.
0-16 ball bilan quyidagi hollarda talabaning yakuniy nazorat ishlari baholanadi:
mavzu yoritilmagan bo‘lsa;
imloviy va uslubiy xatolar ko‘p kuzatilsa;
yozilgan matn nazorat talablariga javob bermasa.
Yakuniy nazoratni baholash mezoni
Yakuniy nazorat fanga doir mashg‘ulotlar tugagandan keyin o‘tkaziladi. Maksimum 30 ballik tizimda baholanadi.

| |