|
Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar
|
bet | 21/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #113468 |
Bog'liq Badiiy asar tili BMI2.3. Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar
“Badiiy asar tili” moduli bo‘yicha oraliq nazorat savollari
1. Tilning badiiy, ijtimoiy va falsafiy mohiyati nimalarda aks etadi?
Ijodkor shaxsiyati va ijodiy individuallik masalasida tilning o‘rni.
Til - badiiy adabiyotda milliy g‘oya va milliylikning asosiy ifodachisi sifatida.
Mazmun va shakl muammosi
Lirik, epik va dramatik turlar.
Epik tur va epos munosabati.
Dramatik tur va uning sharq adabiyotidagi manbalari.
“Badiiy asar tili” moduli bo‘yicha yakuniy nazorat savollari
Tilning ijtimoiy, siyosiy, kommunikativ va badiiy xususiyatlari.
Badiiy asar estetikasini ta’minlovchi omillar
Ijodiy jarayon, ijod psixologiyasining tilda aks etishi.
Badiiy adabiyotda milliy dunyoqarashning in’ikosi va ahamiyati.
Obraz va obrazlilik tushunchalari qanday farqlanadi?
Badiiylik tushunchasiga sharh bering.
In’ikos nazariyasining san’at uchun ahamiyati qanday?
Mazmun va shakl uyg‘unligi masalasi.
Badiiy asar tilida arxaizm, neologizm, dialektizm, varvarizm, vulgarizm, jargonizmlar.
“Badiiy asar tili” modulidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni
Talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish rejalashtiriladi:
Joriy nazorat - talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazoratlar auditoriya mashg‘ulotlarida og‘zaki va aralash shakllarda o‘tkaziladi.
Oraliq nazorat - semestr davomida o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratlar test va kollokvium shaklida o‘tkaziladi.
Yakuniy nazorat - semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. YAkuniy nazorat yozma shaklda o‘tkaziladi.
|
| |