• Bitiruv loyiha ishi nazariy va amaliy ahamiyati
  • Bitiruv loyiha ishining maqsadi




    Download 0,71 Mb.
    bet2/30
    Sana07.12.2023
    Hajmi0,71 Mb.
    #113468
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    Badiiy asar tili BMI

    Bitiruv loyiha ishining maqsadi. Mazkur modulni o‘qitishning asosiy maqsadi – badiiy asar tilini tahlil qilish uchun yo‘llanma berish, badiiy matnni turli metodlar asosida har tomonlama ilmiy-estetik tahlil qilish, badiiy asar tili bilan shug‘ullanish, unga xos xususiyatlarni o‘rganish, asar strukturasida tilning tutgan o‘rnini aniqlash, nafaqat ilmiy, balki ma’naviy-axloqiy yumush ekanini belgilash.
    Bitiruv loyiha ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi:
    - badiiy asarni tahlil qilish yo‘llarini belgilash;
    - adabiy ta’limni amaliyot bilan bog‘lash;
    - asar tili tahlilida adabiy turga xos xususiyatlarni hisobga olish;
    - nasriy, nazmiy va dramatik tur xususiyatlarini farqlash;
    - badiiy asarlarni turli metodlar asosida tahlil qilishni tushuntirish;
    -jahon adabiyotshunosligidagi tahlil metodlari bilan tanishtirish;
    -talabaga san’at asarlarini his qilishni o‘rgatish.
    Bitiruv loyiha ishining ob’yektini Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti institutida o‘qitilayotgan adabiyotshunoslikka kirish faniga doir nazariy masalalar va tashkiliy xarakterga ega bo‘lgan xujjatlarni o‘rganish tashkil etadi.
    Mavzuning predmeti oliy ta’lim muasasalarida talabalarga badiiy asar tiliga xos jihatlarni o‘rgatish hamda uni nazariy va amaliy tadqiq etish hisoblanadi.
    Bitiruv loyiha ishi nazariy va amaliy ahamiyati «Badiiy asar tili» mavzusi filolog mutaxassislarni badiiy asar bilan professional darajada ishlashga o‘rgatish omilidir. Badiiy tilga xos jihatlardan xabarsizlik yoki bu borada yetarli malakaga ega bo‘lmaslik oliy filologik ta’limni samarasiz qiladi. O‘zbek adabiyotshunoslik ilmining dunyo adabiyot tanuvi darajasidan orqadaligi, germenevtik usullardan yiroqligi, psixoanalitik tahlil imkoniyatlaridan foydalanolmasligi, badiiy til bilan shug‘ullanish va uning darajasini aniqlash yo‘lining, asosan, sotsiologik talqin (interpretatsiya) yoki syujetni qayta hikoyalash tusida ekanligi badiiy matnga yondashish yo‘lini bilmaslik oqibatidir. Mazkur mavzu talabalarni badiiy matn jozibasini kashf etishning estetik tamoyillaridan boxabar qiladi.

    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 0,71 Mb.