• O‘qitishni tashkil qilish shakllari
  • Kommunikatsiya usullari
  • Boshqaruv usullari va vositalari
  • 1.2. Badiiy asar tiliga xos xususiyatlarni aniqlashda interfaol usullarning o‘rni
  • O‘qitish usullari va texnikasi




    Download 0,71 Mb.
    bet5/30
    Sana07.12.2023
    Hajmi0,71 Mb.
    #113468
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    Badiiy asar tili BMI

    O‘qitish usullari va texnikasi: munozara, keys-stadi, muammoli usul, o‘qitadigan o‘yin, “fikriy hujum”, Insert, “Birgalikda o‘qiymiz”, Pinbord, ma’ruza (ekspert taklif qilgan holda ma’ruza, ma’ruza-konferensiya, kirish ma’ruzasi, tematik ma’ruza, ma’ruza-vizualizatsiya, muayyan vaziyatni hal qilgan holdagi ma’ruza, yakuniy ma’ruza);

  • O‘qitishni tashkil qilish shakllari: dialog va polilog, muloqot, hamkorlik va birgalikda o‘qishga asoslangan frontal, guruh va individual shaklida o‘qitish;

  • O‘qitish vositalari: an’anaviy vositalar (darslik, ma’ruzalar matni, tayanch konspekt, kodoskop, grafik organayzerlar) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari;

  • Kommunikatsiya usullari: tezkor qaytuvchan aloqa asosida talabalar bilan bevosita o‘zaro aloqa qilish;

  • Qaytuvchan aloqa usullari va vositalari (axborot): kuzatuv, blits-so‘rov, joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalarini tahlil qilish asosida ta’lim diagnostikasi;

  • Boshqaruv usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini, o‘qituvchi va talabaning qo‘yilgan maqsadga erishish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarini belgilab beradigan texnologik karta ko‘rinishida o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, nafaqat auditoriya ishlarini, balki mustaqil, auditoriyadan tashqari ishlarni ham nazorat (joriy, oraliq va yakuniy) qilish;

  • monitoring va baholash: o‘quv mashg‘uloti jarayonida ham (har bir o‘quv mashg‘ulotida talabaning o‘quv faoliyati reytingini baholash, o‘quv topshiriqlari va testlarning bajarilishini baholash), butun kurs davomida ham (har bir talabaning reyting baholari asosida joriy, oraliq va yakuniy natijalarini baholash) o‘qitish natijalarini reja asosida kuzatib borish.

    1.2. Badiiy asar tiliga xos xususiyatlarni aniqlashda interfaol usullarning o‘rni
    Adabiyot o‘qitishdagi eng ilg‘or tajribalarni umumlashtirmay, deyarli barcha darslarda qo‘llash mumkin bo‘ladigan universal qonuniyatlarni kashf etmay turib, yoshlarga adabiy tarbiya berish samaradorligiga erishib bo‘lmaydi. Adabiyotshunoslik nazariyasi fani adabiy ta’lim kechimidagi ana shu eng umumiy jihatlarni o‘rganadi, adabiyotni anglatishda qo‘llaniladigan metod va usullarni tahlil qiladi. Ammo “universal qoidalar” tushunchasini har qanday holatda ham hech bir o‘zgarishsiz qo‘llayverish mumkin bo‘lgan doimiy usullar tarzida qabul etmaslik kerak. Negaki, pedagogika ilmi va amaliyoti jabhasiga, yoppa universalizmni tatbiq etish mumkin emas. Metodikadagi universalizm deyilganda, adabiy ta’lim jarayonida bir martadan ko‘proq ishlatish mumkin bo‘lgan didaktik usul va yechimlar nazarda tutiladi. Har bir o‘qituvchi u yoxud bu pedagogik muammoni o‘z tajribasi va bilimi darajasidan kelib chiqib, o‘zicha hal etishini ko‘zda tutgan holda muayyan umumiy qonuniyatlarni topish va ulardan foydalanib, adabiy ta’limni yaxshiroq yo‘lga qo‘yish mumkin.
    Adabiyotshunoslik nazariyasi, xususan, badiiy asar tilini o‘qitish samaradorligini oshirish yuzasidan beriladigan tavsiyalar retsept yo‘nalishida, bir marta o‘rganib olib umr bo‘yi qo‘llayveradigan axborot sifatida emas, balki konseptual tabiatga ega bo‘lib, har qanday masala echimining turli variantlari bo‘lishi mumkinligi ko‘zda tutiladi.
    Umuman olganda, adabiy ta’lim jarayonini o‘rganish, umumlashtirish va ilmiy xulosalar chiqarish hamda bu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borishning o‘ziga xos metodlari mavjuda. Kuzatish, so‘rov, tabiiy sinov, laboratoriya eksperimenti, ta’lim hujjatlarini o‘rganish, talabalarning yozma ishlarini tadqiq etish, og‘zaki javoblarni tekshirish singari qator ilmiy-tadqiqot metodlari borki, ular ko‘magida adabiyot ilmi bo‘yicha nazariy tadqiqotlar olib boriladi.
    Adabiyotshunoslik nazariyasi predmetining badiiy asar tili bo‘limi pedagogika ilmining xususiy bir sohasi sifatida, birinchi navbatda, pedagogika bilan bog‘liq. Chunki bu bo‘lim jzasidan chiqariladigan xulosa va berilajak tavsiyalar talabalarning fiziologik va ruhiy xususiyatlariga maksimal darajada mos kelishi kerak. Shuning uchun ham u psixologiya fani yutuqlariga tayangandagina samarali ish ko‘ra oladi.
    Badiiy adabiyot o‘z holicha inson hayotiga bevosita kerak emasday bo‘lib tuyulsada, amalda insonning odamlik martabasiga yuksalishi uchun xizmat qiladigan ma’naviy sifatlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. CHunki badiiy adabiyotda inson ruhiyati aks etadi. Binobarin, o‘z ahlida ezgu ruhiy sifatlarni qaror topdirmoqchi bo‘lgan millat ta’lim muassasalarida adabiyot o‘qitishni imkon qadar samarali yo‘sinda tashkil qilishga e’tibor qaratadi. Negaki, adabiyot yordamida bilvosita shakllantirilgan ma’naviy sifatlar inson ruhiyatining ezgu bo‘lishiga olib keladi. Ezgu ma’naviy fazilatlar esa, shaxs takomilining, binobarin, jamiyat taraqqiyotining omilidir.
    Ayniqsa, inson omilining salmog‘i ortib, bir odamning qo‘lidan ulkan yaxshiliklar ham, tengsiz yovuzliklar ham kelishi mumkinligi talabalarga imkon qadar ko‘proq ezgu sifatlarni singdirish kerakligini taqozo etadi. Binobarin, adabiyotshunoslik nazariyasi fanining predmeti muhim ijtimoiy salmoq kasb etadi. Badiiy asar o‘qishga doimiy ehtiyoj, adabiyotdan xabardorlik, o‘qiganlarni tushunish va tahlil qila olish hamda bu xususda istasa og‘zaki, tilasa yozma shaklda ravon fikr bayon qilabilish millat ahli intellektual rivojidan dalolat bo‘ladi. SHuning uchun ham adabiyot o‘qitishni samarali yo‘lga qo‘yish talabalarning o‘zlashtirishini yaxshilashga qaratilgan didaktik tadbirgina bo‘lmay, yoshlarda ezgu ma’naviy sifatlar tarkib topdirishga yo‘naltirilgan umumilliy ahamiyatga ega yumushdir.
    Ta’limning gumanitarlashishi, o‘quv-tarbiya ishlarining gumanizatsiyalashuvi, ta’limning differensiallashuvi, o‘quv fanlarining integratsiyalashuvi, o‘qitish saviyasining ham adabiyotshunoslik va pedagogika ilmining hozirgi darajasiga ko‘tariluvi adabiy ta’limga tamomila o‘zgacha yondashish zaruriyatini tug‘diradi.
    Aytish kerakki, XX asrning 60-yillaridan e’tiboran pedagogika ilmida paydo bo‘lgan konstruktiv pedagogika nazariyasi bugunga kelib, adabiyotshunoslik nazariyasining tabiatiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatib, uning mohiyatini o‘zgartirib yubormoqda. SHuningdek, ta’lim nazariyasi va amaliyotiga “texnologik ta’lim” tushunchasining kirib kelishi fanni o‘qitishda ham bir qator yangiliklar sodir bo‘lishini taqozo etmoqda. Ko‘pincha, pedagogik texnologiyaga ta’lim jarayonini osonlashtirishga, uni ma’lum darajada isloh qilishga qaratilgan amaliyot tarzida qaraladi. Holbuki, bu tushunchani “pedagogik texnologiya” emas, balki “texnologik ta’lim” tarzida qo‘llash hamda uning o‘qitish sohasida tub inqilobiy o‘zgarishlar qilish yo‘li ekanligini tushunish kerak bo‘ladi.
    Texnologik ta’limning o‘qitish jarayoniga industrial tovar ishlab chiqarishdagi kabi konveyer usulini joriy etish, o‘qitishning texnologiyasini faqat qobiliyatli va intizomli talabalar emas, ta’lim jarayoniga tortilgan barcha talabalar ham mo‘ljal qilingan natijalarga erisha oladigan tarzda tashkil etish mumkinligi adabiyot ilmi mutaxassislari oldiga ham jiddiy talablarni qo‘ymoqda. Binobarin, bugungi kunda adabiyotshunoslik nazariyasini o‘rganayotgan bo‘lajak mutaxassislar yaqin vaqtlarda, o‘zining pedagogik iste’dodidan qat’i nazar, barcha talabalarning konveyer yo‘sinida yaxshi o‘qiy olishlarini yo‘lga qo‘yish sirlarini egallab olishlari lozim bo‘ladi. Endilikda o‘qituvchining talanti va mahorati emas, balki ta’lim mazmunininig strukturasi hamda pedagogik muhit va sharoitning uyushtirilishi o‘qitishning samaradorligini ta’minlashiga erishish ko‘zda tutilmoqda. Zotan, badiiy asar tanlanganlarga nasib qilganiday, uni birdaniga oson va to‘g‘ri tushunish ham hammaga xos emas. Bu o‘qituvchining zimmasida bo‘lgan mas’uliyatdir. Badiiy asar tiliga maftun bo‘lgan yoki aksincha aynan til tufayli uni yoqtirmay qolgan talaba o‘z hissiyotlari boisi asar tilida ekanini xayoliga ham keltirmasligi mumkin. O‘qituvchi shu jihatni nazardan qochirmasligi, butun auditoriyani qamraga holda talabalar e’tiborini badiiy asar tiliga qarata bilishi lozim. Bu jarayonda eng qulay usul “fikriy hujum” hisoblanadi.
    “Fikriy hujum” butun auditoriya yoki talabalar guruhi oldiga qo‘yilgan muammoni echishning eng samarali va demokratik yo‘lidir. SHuni alohida ta’kilash o‘rinliki, hozir “Fikriy hujum” usulidan foydalanish amaliyotida o‘qituvchilar o‘tgan mavzular yuzasidan talabalarga turli-tuman savollar bilan “hujum” qilishlari keng tarqalgan. Holbuki, tamomila buning teskarisi bo‘lishi kerak.
    “Fikriy hujum”ning butun mohiyati talabalarning o‘zlari yangi mavzuni o‘zlashtirish yoki qo‘yilgan biror didaktik muammoni hal etish uchun fikrlarini zo‘riqtirib, tinimsiz “hujum” qilishlari va shu tariqa ko‘rsatilgan qiziqarli qizg‘in faoliyat natijasida o‘quv topshirig‘ini bajarishlari kerak. Bu usulning diqqatga loyiq jihati shundaki, unda talabalar o‘zaro birgalikda ishlashga, yaxshi yoki yomon o‘qishidan qat’i nazar har bitta qatnashchining fikrini eshitishga o‘rganishadi. Shuningdek, guruh a’zolarining bir xil baholanishi talabalarda jamoatchilik ruhini shakllantirishga xizmat qiladi.
    “Fikriy hujum”da o‘qituvchi boshqaruvchi emas, balki fisilator (yordam beruvchi) sifatida ish ko‘radi. U talabalar faoliyatini tashkil qiladi, yo‘naltirib turadi, ularning asosiy maqsaddan chalg‘ib ketmasliklarini ta’minlaydi. “Fikriy hujum” metodini qo‘llash quyidagi taxminiy bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin:


    1. Download 0,71 Mb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 0,71 Mb.