|
Bitiruv loyiha ishining tuzilishi va hajmi
|
bet | 3/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #113468 |
Bog'liq Badiiy asar tili BMIBitiruv loyiha ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv loyiha ishi kirish, ikki bob (birinchi bob ikki fasl, ikkinchi bob uchta fasl), xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tarkib topgan.
1-BOB. BADIIY ASAR TILINI O‘RGANISH VA TAHLIL QILISHNING NAZARIY JIHATLARI
1.1. “Adabiyotshunoslik nazariyasi” o‘quv predmetiga ta’lim texnologiyasining tatbiq etilishi
Badiiy asar tili juda qadim zamonlardan buyon ilm egalarining diqqatini tortib kelgan. Dunyo olimlari unga turlicha ta’rif berishgan. Asar tili Kunchiqish adabiyotshunosligi ilmida ham azaldan muhokama mavzusi bo‘lgan. Miloddan to‘rt ming yillar oldin hind manbalarida bir adabiy matnni ming xil tushunish mumkinligi to‘g‘risida gap boradi. Forobiy, Ibn Sino, Ahmad Taroziy, Navoiy, Bobur singari turkiy mutafakkirlarning asarlarida esa badiiy tilga islomiy-turkiy yondashuv aks etgan.
San’at inson hissiy-intellektual va kreativ faoliyatining oliy ko‘rinishidir. Inson ma’naviyatini shakllantirish imkoniyatining kattaligi va odamga ta’sir qudrati miqyosiga ko‘ra badiiy adabiyot san’atning boshqa turlari orasida alohida mavqega egadir. G‘oyat ko‘p o‘lchovli murakkab butunlik bo‘lmish badiiy adabiyot o‘quvchi tomonidan o‘qilib, his etilib, anglanib olingandagina ta’sirchan estetik-ma’naviy energiyaga aylanadi. His etilmagan, anglanmagan go‘zallik hayotdagi foydalanilmagan imkoniyat kabi shaxs ma’naviyatiga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Shuning uchun ham oliy adabiy ta’limda badiiy asar tili alohida mavqega, ahamiyatga egadir. Adabiy ta’lim oldidagi bosh maqsadga erishish uchun filolog mutaxassis badiiy asarni tili bilan ishlash yo‘llarini puxta egallab olishi shartdir.
Shu boisdan yangi talab va usullar asosida o‘z ixtisosligi bo‘yicha ishlash mahorati, ko‘nikmalari, har tomonlama va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlar tayyorlash oliy ta’lim tizimining bosh vazifasi hisoblanadi.
Oxirgi yillarda ta’lim sohasida asosiy o‘zgarishlar uning mazmuni, usullari va tashkiliy shaklida ro‘y bermoqda. Axborot almashinuvning globallashuvi, dunyoning kichrayib, odam imkoniyatining ortishi adabiyot o‘qitishga tamomila yangicha yondashish zaruriyatini keltirib chiqardi. Bugungi odam badiiy asarga yaqin o‘tmishdagi kabi taqlid vositasi, ibrat yoxud o‘rnak manbai sifatidagina qaramaydi. XXI asr kishisi uchun badiiy adabiyot butunlay o‘zgacha mohiyat kasb etadi. Davr o‘zgarishi bilan badiiy adabiyotning mohiyati ham, adabiyotni o‘quv fani sifatida o‘qitish jarayonini uyushtirish yo‘sinlari ham jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi. SHularga tayyor bo‘lmagan mutaxassis samarali pedagogik faoliyat ko‘rsata olmaydi.
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, “Adabiyotshunoslikka kirish” o‘quv fanining maqsad va vazifalarini, ta’lim texnologiyasini loyihalashga asosiy konseptaul yondashuvlarni keltirib o‘tamiz.
Fanni o‘qitishning maqsadi adabiyot nazariyasi sohasining predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun mundarijasini belgilash, adabiyot nazariyasining ijtimoiy tabiati, shakllanishi, taraqqiyoti, obraz va obrazlilik, Sharq va G‘arb adabiy-nazariy tafakkuri, adabiy metodlar va yo‘nalishlar, ijodiy uslub, adabiy turlar va janrlar, badiiy asar tili haqida ma’lumot berishdir.
“Adabiyotshunoslikka kirish” fanining vujudga kelishi va rivojlanishi yuzasidan talabalarda bilimlarni shakllantirish va mustahkamlash; adabiyot nazariyasi bo‘yicha ilk tasavvurlarni shakllantirish; badiiy adabiyotning ijtimoiy tabiati, adabiyotning nazariy masalalarining hal qilinishi va yoritilishiga ilmiy yondashuvni tarbiyalash; adabiyot nazariyasi fanining tarixi, ijodiy uslub va badiiy asar tili haqida bilim berishdan iborat.
“Adabiyotshunoslikka kirish” fanini o‘rganish asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 1-semestrda o‘qitiladi. “Adabiyotshunoslikka kirish” dasturini amalga oshirish o‘quv rejasida keltirilgan “Adabiyotshunoslikka kirish” fanining maqsad va vazifalari, “Adabiyotshunoslikka kirish” fanining tarixiy taraqqiyoti va manbalari, adabiy nazariy tafakkur tarixiga bir nazar, talant, ilhom, badiiy mahorat sirlari haqida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.
“Adabiyotshunoslik nazariyasi (adabiyotshunoslikka kirish)” o‘quv fani bo‘yicha ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari:
|
| |