|
Bitiruv loyiha ishi
|
bet | 14/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #113468 |
Bog'liq Badiiy asar tili BMIO‘quv faoliyat natijalar:
Badiiy adabiyot so‘z san’atidir. So‘z adabiyotning obraz yaratish qurolidir. M.Gorg‘kiy shu haqida gapirib, “Adabiyotning birinchi elementi til. Til adabiyotning asosiy qurolidir. Hayot hodisalari, faktlari bilan birga uning materialidir” - degan edi. Bu tushunchalarni keng bayon etadilar.
Umumxalq tili quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi:
- jonli til; - adabiy til; - badiiy til. Bu to‘g‘risida ma’lumot beradilar.
- Badiiy til umumxalq tilining barcha ko‘rinishlariga suyanadi. Badiiy til silliqlangan va jilolangan, sanoatkorning o‘ziga xos uslubidan iborat bo‘ladi. Badiiy adabiyotda umumxalq tili qayta ishlanib sayqallanganligini tushuntiradilar.
- Yirik sanoatkorlar asarlarida xalq tilining eng yaxshi fazilatlari yorqin ifodasini topadi, ular til taraqqiyotining asosiy xususiyatlarini belgilab beradilar. Badiiy til milliy til taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy til adabiy til taraqqiyotining barcha bosqichlarida ham o‘zining ahamiyatini saqlab qoladi. Bunga ko‘pincha badiiy adabiyotning ommaviy xarakteri sabab bo‘lishini izohlaydilar.
- Badiiy til o‘z imkoniyatlarining kengligi bilan ajralib turadi. Muhit va predmetlarni yorqin ifodasini topadi, ular til tarqqiyotining asosiy xususiyatlarini belgilab beradilar. Badiiy til milliy til taraqqiyotiga ham katta ta’sir ko‘rsatishini keng bayon etadilar.
Ta’lim usullari:
|
Muammoli ma’ruza, tezkor savol- javoblar, taqdimot tahlil.
|
Ta’limni tashkillash shakli:
|
Ommaviy, jamoaviy, guruhli.
|
Ta’lim berish sharoiti:
|
Guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan xona.
|
Manitoring va baholash:
|
Og‘zaki nazarot, savol-javob, kutilgan muammolar echimi bo‘yicha o‘quv topshiriqlarni bajarish.
|
|
| |