Dramatik asarlarda so‘z qo‘llash o‘rni




Download 0,71 Mb.
bet11/30
Sana07.12.2023
Hajmi0,71 Mb.
#113468
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
Badiiy asar tili BMI

Dramatik asarlarda so‘z qo‘llash o‘rni
Dramatik asarlar tahlili ham xuddi epik va lirik turdagi asarlarni tahlil qilishga juda ham o‘xshab ketadi. Ammo dramatik turdagi asarlar faqat o‘qish uchun emas, balki asosan ko‘rsatish, namoyish etish uchun ham yozilganligi sabab teatrga xos xususiyatlar hisobga olinishi, ya’ni yaratilayotgan vaqtidayoq asarning spektaklga aylanishi ko‘zda tutilganligi hisobga olinishi joiz.
Dramatik asarni tahlilga jalb etishda tadqiqotchi bir qator qiyinchiliklarga duch keladi. Avvalo, dramatik asarni o‘qish boshqa turdagi asarlardan tubdan farq qiladi va muayyan nazariy tayyorgarlikni talab etadi. SHu xildagi tayyorgarlik hammada ham bo‘lmaganligi uchun dramatik asarlar ko‘p o‘qilmaydi. Bordi-yu, sahna asari o‘qilgan taqdirda ham uni idrok etish, uning zamiridagi badiiy ma’noni topish oson kechmaydi. Ma’lumki, drama asarida muallif mutlaqo ishtirok etmaydi, uning pozitsiyasi ko‘zga yaqqol tashlanib turmaydi, asar syujeti rivoji davomida ro‘y berayotgan to‘qnashuvlar va personajlar xatti-harakatlarini okseologik jihatdan baholash hamda asardan estetik xulosa chiqarish kitobxonning hayot tajribasi, intellektual darajasi, ma’naviy o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Drama asarlari tahlilidagi murakkablik yana shundaki, bu tur asarlarda voqea ham, tuyg‘u ham emas, balki xarakter asosiy o‘rin tutadi. Dramatik asarni xarakterlar to‘qnashuvi tutib turadi. Chunki dramatik turdagi asarlar qanday janrda bo‘lishidan qat’i nazar dramatizmga — ruhiy xavotir shiddati tasviriga qurilgan bo‘ladi. Dramatik asar har doim qahramon uchun hayot-mamot ahamiyatiga ega bo‘lgan qandaydir bir narsaning qo‘ldan berilishi yoki amalga oshmay qolishi xavfi asosiga qurilgan bo‘lishi kerak. Ana shundagina dramatik asar yuzaga chiqadi. Tahlilda ushbu talabga alohida ahamiyat berish lozim bo‘ladi.
Dramatik turdagi asarda qahramon nutqi ham hal qiluvchi ahamiyat
kasb atadi. Negaki, muallif bayon qilishga ham, munosabat
bildirishga ham, tasvirlashga ham xaqli bo‘lmagan, faqat ko‘rsatishigina mumkin bo‘lgan ushbu adabiy turda nutq deyarli barcha badiiy-estetik vazifalarni o‘z zimmasiga oladi. Monolog shakli bilan tomoshabinlarga, dialog va polilog tarzida sahnadosh sheriklarga murojaat qilish voqealar rivojining, dramatik xarakterlar ochilishining vositasi bo‘ladi. SHuning uchun ham dramada nutq alohida bir badiiy quvvatga ega bo‘ladi. Tahlil mobaynida shu holat hisobga olinishi lozim.
Dramatik nutqqa doir yana bir jihat shundaki, dramatik asar tili, albatta, bir qadar ko‘tarinki, aytilishi jarangli, eshitilishi aniq bo‘lishi lozim. Chunki u sahnada qo‘yilishi zarurligi, tomoshaxonaning turli burchaklarida o‘tirganlarga birday eshitilishi uchun shunday xususiyatlarga ega bo‘lishi joiz. Dunyodagi barcha dramatik qahramonlarning bir qadar sun’iyroq tilda so‘zlashi va bu xil asarlarning buyuk L.Tolstoy tomonidan tanqid qilinganligi sababi shunda. Drama qahramonlari quyuq tuyg‘ular, kuchli hissiyotlar bo‘roni og‘ushida yashab, ayovsiz to‘qnashuvlarni boshdan kechiradilar, keskin va ta’sirchan tilda so‘zlashadilar, har qanday voqea-hodisaga kutilmagan keskinlik bilan munosabat bilidirishga moyil bo‘ladilar. Xuddi shunday jihatlarni bilgan va hisobga olgan tahlilchigina dramatik turdagi asarlarning mag‘zini chaqa oladilar.
Yana bir muhim jihat shundaki, dramatik asarni tahlil qilish boshqa-yu, shu asosda o‘ynalgan spektaklni tahlil qilish tamomila boshqa narsadir. Chunki so‘z san’ati namunasi bo‘lmish drama spektaklga aylangach, teatr san’ati namunasiga evriladi va endi shu san’atning qoidalariga muvofiq yashay boshlaydi. Rejissura, dekoratsiya, aktyorlar mahorati drama muallifining badiiy maqsadini tamomila o‘zgartirib yuborishi mumkin. Chunonchi, B.Yo‘ldoshev rejisyorligida qo‘yilgan «Otello» spektaklida Afzal Rafiqov o‘ynagan Yago roli bosh qahramonga va spektaklning o‘zi yovuz ruhning iztiroblari va qiynalishlari namoyishiga aylanib ketgan. Ijro mobaynida drama matnidagi barcha nozikliklar yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lganidek, kuchli ijro tufayli o‘rtamiyona bir asar tomoshabinda yuksak taassurot qoldirishi ham mumkin.
Agar dramatik turdagi asarlarning shu jihatlarini hisobga olgan holda ish yuritilsa, badiiy tahlil juda ta’sirchan chiqishiga erishish mumkin. Faqat drama matni bilan tanishish va uning tahliliga kirishishdan oldin dramatik asarga xos sahna, parda, ko‘rinish, monolog, dialog, luqma, remarka, prolog, epilog singari sahnaviy tushunchalar to‘g‘risida to‘liq nazariy ma’lumotga ega bo‘lish kerak. Negaki, shu xildagi nazariy ma’lumotsiz sahna asarini tushunib ham, tahlil qilib ham bo‘lmaydi.
Sahna asarlarining yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, drama badiiy hodisani hayot hodisasiga aylantirgan, kishining sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etish qudratiga ega bo‘lgan yagona adabiy turdir. Dramada qahramonlar xarakteri voqelik tarzida, tomoshachining ko‘z oldida namoyon bo‘ladi va kuchli ta’sir o‘tkazadi. SHuning uchun ham drama asarlarini tahlil qilish anchagina murakkab yumushdir. Kuchli insoniy xarakterlar, to‘qnashuvlaridan o‘t chaqnaydigan hayotiy ziddiyatlarning asosini topish, pesa qahramonlari ruhiy to‘lg‘oqlari sababini tuyish orqali kishida insoniy pozitsiya va ma’naviy qadriyatlar tizimi shakllanadi.
Ayrim mutaxassislar g‘oyat murakkab tuyg‘ular, chigal insoniy taqdirlar tasvirlangan «Shoh Edip», «Qirol Lir», «Mirzo Ulug‘bek», «Abulfayzxon» singari asarlarni idrok etish mushkul, ulardagi badiiy ma’noni, odamzotning ulkan dardlarini, iztiroblarini tushunish qiyin ekanligidan kelib chiqib, yoshlarni jiddiy sahna asarlari bilan tanishtirishga shoishlmaslik kerak deb hisoblashadi. Bu xildagi «mehribonlik» odamni nafaqat aqlan, balki ma’nan ham yalqov qilib qo‘yadi. Agar odam o‘z vaqtida hissiy tarbiya ko‘rmasa, tuyg‘ulari kamol toptirilmasa, o‘n to‘rt yoshida ham, qirq to‘rt yoshida ham yuksak insoniy tuyg‘ulardan, murakkab ruhiy kechinmalardan bexabar yashab o‘taverishi mumkin. Fikr qilish, his etish, tuyish ham boshqa har qanday insoniy ko‘nikma va malakalar singari yoshlikdan shakllantirilishi lozim.
Fikrimizni «Shoh Edip» fojiasi tahlili misolida ravshanlashtirishga urinib ko‘ramiz. "Shoh Edip" asari voqealar tragediyasi emas, insoniy xarakterlar fojiasidir. Muallif asarda nima bo‘ldi degandan ko‘ra, qanday bo‘ldi degan savolga javob berishga ko‘proq e’tibor bergan. Tragediya boshdan-oyoq qismatning qudratini, taqdirning inson ustidan cheksiz hukmronligini namoyish etuvchi voqealar asosiga qurilgan bo‘lsada, Sofoklning bemisl mahorati tufayli asarda qatnashgan har bir qahramon pesa davomida o‘zining chinakam qiyofasini to‘liq ko‘rsata oladi.
Jahon adabiyotida Edip singari iztiroblar qiynog‘ini tortgan, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda gunohlar botqog‘iga botgan va shu bois kechirgan azoblarining darajasi adadsiz darajada baland bo‘lgan boshqa bir qahramonni uchratish qiyin. Fojiadagi iztiroblar silsilasining daxshatli tomoni shundaki, asardagi qahramonlar bilib qilgan gunohlari uchun emas, balki qismatlari shundoqligi uchun azoblarga giriftor etiladi. Sofokl uchun gunohning kim tomonidan, nima uchun va qanday amalga oshirilgani emas, balki qilingan gunoh va unga yarasha ajr masalasi muhimdir. Dramaturg inson va qismat munosabatlarini ko‘rsatish jarayonida har bir alohida insonning o‘z taqdiri bilan o‘ziga xos tarzda, ma’naviy dunyosiga loyiq darajada uchrashganini haqqoniy aks ettira bilgan. Bilib-bilmay gunohga botildimi, undan tozalanish uchun harakat qilish jarayonida har bir qahramon o‘ziga xos yo‘l tutadi va shu tarzda o‘zining insoniy sifatlarini namoyon etadi.
Tragediya markazida turgan Edip — azaldan bezovta va g‘amgusor qalb sohibi. U hech qachon sha’niga dog‘ tushiradigan ish qilmagan va shu bois: "Mening dilimdagi mudom tilimda",- deyishga x.aqli. O‘zga yurtdan kelib, taqdirning xohishi va o‘zining tadbirkorligi tufayli bu yurtga hukmdor bo‘lgan Edip qonuniy hukmdor Lay o‘limida o‘zining qo‘li bo‘lishi mumkinligini xayoliga ham keltirmaydi. SHuning uchun ham marhum Lay uchun: "Mayli o‘zim bo‘lay xuntalab o‘g‘li",- deydi. SHunday odamga avliyo Tiresiyning: "Yurtga bu ofatni keltirgan - sensan",- degan da’vosi daxshatli adolatsizlik bo‘lib tuyulishi tabiiy, albatta.
Sofokl badiiy tasvir tarixida birinchi marta peripetiya deb ataluvchi usuldan foydalanib, yuksak badiiy natijaga erishadi. Badiiy asar qahramonlari hatti-harakatlarining ular istagiga mutlaqo zid natija berishi tasviri usuli peripetiyadir. Edip Layning halokatiga aloqasi yo‘qligini isbotlash, o‘ziga nisbatan ayrimlarda paydo bo‘lgan shubhani yo‘qotish uchun qilgan har bir harakati, aksincha, nafaqat o‘zgalar, balki o‘zining ham gumonini kattalashtirib, qotillikka aloqadorligini ayonlashtirib boraveradi.
Iokasta tilidan Layning chorrahada o‘ldirilganini eshitganda, Edip ko‘ngliga shubha urug‘i tushadi. Voqealarning bundan keyingi rivoji mazkur shubha urug‘ining tez ko‘karib, achchiq mevalar berishiga imkon yaratadi. Kutilmaganda, o‘zining Lay qotili ekanini bilib, ayovsiz iztiroblar iskanjasida qolgan Edipning boshiga taqdir tog‘dan ham og‘ir falokat yog‘diradi: u o‘z otasini o‘ldirgan padarkush, o‘z onasiga uylangan zinokor va undan farzandlar ko‘rgan badbaxt kimsa ekan!
Ayni Edipning, bir zamonlar Fivani balolardan xalos etgan shohning gunohlari tufayli yurtga ofat yog‘ilishi va bu balolar sababchisini izlayotgan kishining o‘zi ofatning sababchisi bo‘lib chiqishi tasviri asnosida Edip shaxsiyatiga xos yorqin va go‘zal jihatlar inkishof etiladi.
Cho‘pon bilan suhbat jarayonida vaziyatning og‘irlashayotganini, haqiqatning oydinlashuvi o‘zining zarariga xizmat qilishini bilsada, Edip cho‘ponga: "Evoh, sen aytishing, men tinglashim shart",- deydi. Bu o‘rinda Edip taqdir qarshisida ojiz, lekin insof va adolatga sodiq kuchli shaxs sifatida gavdalanadi. Uning har bir gapi qanchalik ruhiy azob tortayotganligini yorkin ko‘rsatadi. SHohning uzun hayot yo‘liga kiritilgan har bir aniqlik uning yuragiga qadalgan xanjar kabi ta’sir etishi va uning dahshatli og‘rig‘i asarda g‘oyat ishonarli tasvirlangan.
Edip - o‘zini ayaydigan kishi emas. U - o‘zlikni enggan, manfaatidan ustun tura biladigan buyuk inson. Ayni vaqtda, Edip – tirik bir odam. Oddiy banda. SHu bois qo‘rqadi, ikqilanadi. Shohning Iokastaga qarata: "Shubham borki, avliyo ko‘r emas", "Qo‘rqaman, ortiqcha gapirvordim",- deya qilgan iqrorlarida uning tabiatidagi ana shu xislatlar namoyon bo‘ladi.
Edip shaxsiyatiga xos etakchi fazilatlar: halollik va vijdonlilik. Tabiatidagi boshqa sifatlar uning shu fazilatlariga tobe. Shuning uchun Edip o‘zini fosh etuvchi haqiqatning tagiga etishga shiddat bilan kirishadi. Bu haqiqat – o‘limdanda og‘ir, sharmandalikdanda kir. Ammo Edipday inson shu holat bilan kelishishga majbur. Buyuk sanaluvchi insonning naqadar ojiz ekani mazkur holat tasvirida butun ayanchli jihatlari bilan namoyon bo‘ladi:
Tamom, bari ayon! O, yorug‘ jahon,
So‘nggi bor ko‘rmoqda ko‘zlarim seni.
Hayot – harom, nafas – harom, nikoh – harom menga,
Qonga bo‘langanman, jirkanchman, jirkanch!
Haqikat onlarinining butun dahshati o‘zining nihoyasiz zalvori va cheksiz ko‘lami bilan kishini bosadi. Edip — yirik shaxs. Shu bois ham o‘zini gunohiga yarasha jazolay oladi. Qismatning irodasi tufayli qilingan gunoh uchun o‘z ixtiyori bilan ajr beradi: ko‘zlarini ko‘r qiladi! Jazoning salmog‘i gunohning ko‘lamiga yarasha. Chunki Edip tushgan sharoitda o‘lish – qutulish, yashash – jazo demak.
Azob insonni g‘ussaga olib keladi, g‘ussa chekish poklanish yo‘lining boshlanishidir. Edip adoqsiz poklanish sari yo‘l oladi. Edipning o‘ziga bergan jazosi lahzalik qaror natijasi emas. Halol va vijdonli odam aqli va tuyg‘ularining hukmidir:
U dunyoda otam-onam yuziga
Qanday boqdim - ko‘zlarimni o‘ymasam?
Badbaxt onam mendan tuqqan bollarga
Qanday boqdim - ko‘zlarimni o‘ymasam?
...Yurtga qonli dog‘ tushirgan qotilni
Yo‘q qilishga o‘zim farmon berganman.
Endi esa fuqaroning ko‘ziga
Qanday boqdim - ko‘zlarimni o‘ymasam?
Yo‘q! Bu ham kam. Qo‘lim bo‘lsa baquvvat...
Qulog‘imning pardalarin yirtardim...
Edip qiynoqlardan zorlanmaydi, engillik bo‘lishini xayol ham qilmaydi. U - so‘nggi damgacha yurt qayg‘usi bilan yashay oladigan inson. Shu sabab oxirgi damda ham:
Men badbaxt boshimni olib ketaman,
Toki xudolarning qahru g‘azabi
Yurtimga yog‘ilmasin,-
deya fivaliklarni ofatlardan halos etishga urinadi.
Asardagi boshqa qahramonlar ham fojianavis tomonidan juda puxta ishlangan. Xususan, Iokasta, Kreont, Tiresiy obrazlari badiiy barkamolligi tufayli hanuzgacha ham estetik qimmatini yo‘qotmay kelmoqda. Iokasta — avvalo ayol. cha qarashlar bilan tanish bo‘lishi, ulardagi etakchi fikrlarni o‘zlashtirishi va har bir muayyan asar yuzasidan o‘ziga xos qarashga, xulosaga kelgan bo‘lishi zarur. Bunday mustaqil qarash egasi bo‘lish uchun badiiy tahlilga qo‘l urgan mutaxassis atroflicha bilim olgan bo‘lishi lozim. Buning uchun filolog ham Kunbotishga mansub falsafiy-estetik maktablardagi asosiy oqimlardan, ham Kunchiqishda qaror topgan qarashlar tizimidan yaxshi xabardor bo‘lishi va ularga tayangan yoki ularni inkor etgan holda o‘z ilmiy tushunchalar tizimiga ega bo‘lishi joiz.
Ko‘rinadiki, badiiy tahlilda uslub, tahlilchining shaxsiyatiga chambarchas bog‘liqdir. Har bir tahlilchi o‘z shaxsiyatidan baland bo‘lolmaydi. O‘z shaxsiyati, e’tiqodi, estetik imkoniyatlari, o‘qimishlilik darajasi, shaxsiy jasorati doirasida badiiy tahlilni amalga oshiradiki, shunga qarab turib, tahlilchining shaxsi badiiy tahlilning sifati va halolligini belgilaydigan yagona omil deb bemalol aytish mumkin. Atroflicha bilimdonlik ham badiiy adabiyotga daxldor qarashlarning xolisligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 0,71 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Download 0,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dramatik asarlarda so‘z qo‘llash o‘rni

Download 0,71 Mb.