|
Ko‘rgazmali ma’ruzada ta’lim texnologiyasi modeli
|
bet | 13/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #113468 |
Bog'liq Badiiy asar tili BMIKo‘rgazmali ma’ruzada ta’lim texnologiyasi modeli
Mavzu: Badiiy asar tili
Vaqt 2 soat
|
Talabalar soni: 25-50
|
O‘quv mashg‘uloti shakli va turi:
|
Muammoli ma’ruza
|
Ma’ruza rejasi
|
1. Til - adabiyotning birinchi elementi.
2. Badiiy tilning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Tilning obraz yaratish resurslari.
4.Ushbu muammolarning nazariy ishlanishi muammosi.
|
O‘quv mashg‘ulot maqsadi:
- Badiiy adabiyot so‘z san’atidir. So‘z adabiyotning obraz yaratish qurolidir. M.Gorg‘kiy shu haqida gapirib, “Adabiyotning birinchi elementi til. Til adabiyotning asosiy qurolidir. Hayot hodisalari, faktlari bilan birga uning materialidir” - degan edi. Bu tushunchalarni keng bayon etish.
Umumxalq tili quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi:
- jonli til; - adabiy til; - badiiy til. Bu to‘g‘risida ma’lumot berish;
- Badiiy til umumxalq tilining barcha ko‘rinishlariga suyanadi. Badiiy til silliqlangan va jilolangan, sanoatkorning o‘ziga xos uslubidan iborat bo‘ladi. Badiiy adabiyotda umumxalq tili qayta ishlanib sayqallanganligini tushuntirish;
- Yirik sanoatkorlar asarlarida xalq tilining eng yaxshi fazilatlari yorqin ifodasini topadi, ular til taraqqiyotining asosiy xususiyatlarini belgilab beradilar. Badiiy til milliy til taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy til adabiy til taraqqiyotining barcha bosqichlarida ham o‘zining ahamiyatini saqlab qoladi. Bunga ko‘pincha badiiy adabiyotning ommaviy xarakteri sabab bo‘lishini izohlash;
- Badiiy til o‘z imkoniyatlarining kengligi bilan ajralib turadi. Muhit va predmetlarni yorqin ifodasini topadi, ular til tarqqiyotining asosiy xususiyatlarini belgilab beradilar. Badiiy til milliy til taraqqiyotiga ham katta ta’sir ko‘rsatishini keng bayon etish.
|
|
|
| |