• Pedagogik vazifalar
  • Bitiruv loyiha ishi




    Download 0,71 Mb.
    bet16/30
    Sana07.12.2023
    Hajmi0,71 Mb.
    #113468
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
    Bog'liq
    Badiiy asar tili BMI

    2-bosqich YAkuniy
    (10 daqiqa)

    Mavzuni yakunlash, yakuniy xulosalarga kelish, mavzuga oid muhim faoliyat va zarur bo‘lgan o‘rinlarni uqtirish.

    Tinglaydilar, topshiriqni yozib oladilar.



    Izoh: Ko‘rgazmali ma’ruzaning olib borilishi ko‘rilayotgan materiallarni ochiq holda va qisqa sharhlashga mo‘ljallanadi, interfaol metodlardan qo‘llaniladi. Tanqidiy fikrlashning rivojlantirish metodida qo‘llanadigan usullar.
    Pedagogik vazifalar: ma’lumot mazmunini ko‘rgazmali vositalar yoki audio texnik vositalar yordamida yoritib berish.


    2.2. Modul yuzasidan keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar.
    Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li – bu mashg‘ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda. Xo‘sh, interfaol metodlarning o‘zi nima? Ular qanday didaktik imkoniyatlarga ega? Ta’lim jarayonida interfaol metodlarning o‘rinli, maqsadga muvofiq qo‘llanilishi qanday samaralarni kafolatlaydi? Quyidagi ana shu kabi savollarga qisqacha javob topiladi.
    Yuqoridagi savollarga javob topishda eng to‘g‘ri qadam tayanch tushuncha – “interfaol” atamasining lug‘aviy ma’nosi bilan tanishishdir.

    Mantiqiy nuqtai nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy sub’ektlarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatning olib borishlarini ifodalaydi.


    Ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassis yaxshi biladiki, an’anaviy ta’lim ham suhbat (dialog)ga asoslangan va bu suhbat quyidagi o‘zaro munosabat shakllarida tashkil etiladi:

    An’anaviy ta’limda ham tabiiy ravishda suhbat asosini axborot tashkil etadi. Ammo axborot uzatishning asosiy manbai o‘qituvchining tajribasi bo‘lib, bu jarayonda u etakchilik, dominantlik qiladi, ya’ni u darsning asosiy vaqtida bilimlarni og‘zaki tarzida o‘quvchi (talaba)larga etkazib berishga intiladi. Faollik ko‘rsatish o‘qituvchigagina xos bo‘lib, o‘quvchi (talaba)lar bu vaziyatda sust tinglovchi bo‘lib qoladi. Ularning asosiy vazifasi o‘qituvchini tinglash, zarur o‘rinlarda yozish, savollar bilan murojaat qilinganida javob qaytarish, kam holatlarda ruxsat etilganidagina so‘zlashdan iboratdir.


    An’anaviy ta’limdagi bir tomonlamalik oliy ta’lim tizimidagi faqat ma’ruza mashg‘ulotlarida emas, seminar darslarida ham ustuvorlik qiladi. Unga ko‘ra, “уetkazib beruvchi” rolida endi o‘qituvchi emas, balki o‘quvchi (talaba) namoyon bo‘ladi. O‘quvchi (talaba), asosan, o‘zi o‘zlashtirgan bilimlarni namoyish etadi, o‘qituvchi esa uning fikrlarini tinglaydi, zarur o‘rinlarda savollar bilan murojaat qiladi. O‘quvchi (talaba)lar guruhi (jamoasi) bu vaziyatda butunlay sust ishtirokchi, tinglovchi bo‘lib qoladi. Bir qarashda o‘quvchi (talaba) yoki o‘qituvchi tomonidan uzatilayotgan axborotlarning qabul qilinishi talabalar guruhi (jamoasi) uchun bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatini yaratayotgandek taassurot uyg‘otadi. Biroq, psixologik tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, shu tarzda qabul qilingan bilim (ma’lumot)lar juda tez unutiladi. Xususan, amerikalik psixolog olimlar R.Karnikau va F.Makelrouning o‘rganishlariga ko‘ra shaxsning tabiiy fiziologik-psixologik imkoniyatlari muayyan shakllarda o‘zlashtirilgan bilimlarni turli darajada saqlab qolish imkonini beradi. Ya’ni shaxs: manbani o‘zi o‘qiganida 10 %; ma’lumotni eshitganida 20 %; sodir bo‘lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko‘rganida 30 %; sodir bo‘lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko‘rib, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni eshitganida 50 %; ma’lumot (axborot)larni o‘zi uzatganida (so‘zlaganida, bilimlarini namoyish etganida) 80 %; o‘zlashtirilgan bilim (ma’lumot, axborot)larni o‘z faoliyatiga tatbiq etganida 90 % hajmdagi ma’lumotlarni yodda saqlash imkoniyatiga ega.
    Shunga ko‘ra interfaol o‘qitish “ta’lim jarayonining asosiy ishtirokchilari – o‘qituvchi, o‘quvchi va o‘quvchilar guruhi o‘rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg‘in bahs-munozalar, o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda echimlarni birgalikda izlash, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning o‘zaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, “o‘qituvchi – o‘quvchi – o‘quvchilar guruhi”ning o‘zaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qo‘llab- quvvatlashlari, samimiy munosabatda bo‘lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi”5.
    Zamonaviy ta’lim, shu jumladan, uning tobora ommalashib borayotgan shakli – interfaol o‘qitishda esa shaxslar o‘rtasidagi suhbat (dialog) quyidagi shaxslar o‘rtasida tashkil etiladi:


    Interfaol ta’lim mohiyatiga ko‘ra suhbatning “o‘quvchi – axborot-kommunikatsion texnologiyalar” shaklida tashkil etilishi o‘quvchi (talaba)lar tomonidan mustaqil ravishda yoki o‘qituvchi rahbarligida axborot texnologiyalari yordamida bilim, ko‘nikma, malakalarning o‘zlashtirilishini anglatadi.
    O‘qitishning interfaol ta’limga asoslanishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda va hatto “bolalar o‘yini” kabi taassurot uyg‘otadi. Biroq, bunda o‘qituvchining ma’lum darajada quyidagi omillarga ega bo‘lishi talab qilinadi:

    Shu bilan birga ta’limda interfaol ta’limning samaradorligi quyidagi ikkilamchi omillarga ham bog‘liq:




    O‘qituvchi ta’lim jarayonida interfaol ta’lim yordamida o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o‘z-o‘zini nazorat, o‘z-o‘zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil hamda tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning echimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladi. Eng muhimi, interfaol metodlarni qo‘llash orqali o‘qituvchi o‘quvchilarning aniq ta’limiy maqsadga erishish yo‘lida o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo‘naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish


    orqali xolis baholash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.




    Interfaol ta’limning asosiy belgilari quyidagilardir:




    Izoh: Refleksiya (lotincha “reflexio” – ortga qaytish, aks etish): kishining o‘z xatti-harakatlari, ularning asoslarini tushunib etishi, fahmlashiga qaratilgan nazariy faoliyati; bilishning alohida faoliyati; shaxsiy kechinmalari, his-tuyg‘ulari va o‘y-xayollari mohiyatini fikrlash orqali anglash)6.

    Ta’limni tashkil etishga interfaol yondashuvni qaror topshirish uchun


    o‘qituvchi (pedagog)lar bir qator shartlarga rioya eta olishlari zarur. Ular:


    Izoh: Stullar kichik va katta doira shaklida joylashtirilganda kichik doirada o‘quvchilar, katta doirada ekspert guruhi joylashadi.
    Bugungi kunda jahon ta’lim tizimida interfaol o‘qitishning quyidagi shakllarda amalga oshirilayotganligi barchaga ma’lum:


    Interfaol ta’lim asosini interfaol metodlar tashkil etadi. “Ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasida hamkorlikni qaror toptirish, faollikni oshirish ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni samarali o‘zlashtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan metodlar interfaol metodlar sanaladi”7. Qo‘llanmaning keyingi bo‘limida interfaol metodlar, ularning mohiyati, qo‘llanish shartlari va didaktik imkoniyatlari to‘g‘risida so‘z yuritiladi.



    Download 0,71 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




    Download 0,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv loyiha ishi

    Download 0,71 Mb.