|
Reyting nazoratlari va baholash mezonlari
|
bet | 22/30 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #113468 |
Bog'liq Badiiy asar tili BMIReyting nazoratlari va baholash mezonlari
Reyting nazorat/shakli, maksimal ballari
|
1-JN
|
2-JN
|
1-ON
|
YAN
|
Ballar yig‘indisi
|
Maksimal ball
|
20
|
20
|
30
|
30
|
100
|
Shakli:
|
Yozma
|
Yozma
|
Yozma
|
Yozma
|
Muddati (haftalarda)
|
5
|
9
|
12
|
21
|
|
Joriy nazoratni baholash mezonlari
Joriy nazorat bir semestrda 2 marta yozma tarzda o‘tkazilish ko‘zda tutilgan. 1 va 2-joriy nazorat uchun maksimal 20 ball. Jami 40 balni tashkil etiladi.
35-40 ball olishning tartibi quyidagicha:
Talaba ko‘zda tutilgan 2 joriy nazoratning barchasiga qatnashsa.
Talaba o‘z vaqtida mustaqil ta’limda o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan adabiyotlarni topshirsa.
Ko‘zda tutilgan barcha amaliy mashg‘ulotlarda berilgan savollarga batafsil, to‘liq javob bersa.
Talaba berilgan adabiyotlarni o‘zlashtirishda va amaliy mashg‘ulotlardagi savollarga javob berishda shaxsiy fikr va mulohazalarga ega bo‘lsa.
29-34 ball olishning tartibi quyidagicha:
Talaba ko‘zda tutilgan 2 joriy nazoratning barchasiga qatnashsa.
Ikkita joriy nazorat savollarining ayrimlariga etarlicha javob bersa.
Talaba o‘z vaqtida mustaqil ta’limda o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan adabiyotdan 6 tasini topshirsa.
Ko‘zda tutilgan barcha amaliy mashg‘ulotlarda berilgan savollarga etarlicha javob bersa.
Talaba berilgan adabiyotlarni o‘zlashtirishda va amaliy mashg‘ulotlardagi savollarga javob berishda faol ishtirok etsa.
22-28 ball olishning tartibi quyidagicha:
Talaba ko‘zda tutilgan ikkita joriy nazoratning bittasiga qatnashsa.
Ikkita joriy nazorat savollarining ayrimlariga qisman javob bersa.
Talaba o‘z vaqtida mustaqil ta’limda o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan adabiyotlarni qisman topshirsa.
Ko‘zda tutilgan barcha amaliy mashg‘ulotlarda berilgan savollarning ayrimlarigagina javob bersa.
Talaba berilgan adabiyotlarni o‘zlashtirishda va amaliy mashg‘ulotlardagi savollarga javob berishda etarlicha ishtirok etmasa.
Ko‘zda tutilgan ikkita joriy nazorat topshiriqlaridan o‘z vaqtida 1 tasini topshirmasa.
0-21 ball olishning tartibi quyidagicha:
Talaba ko‘zda tutilgan 2 joriy nazoratning 1 tasiga qatnashsa.
Ikkita joriy nazorat savollarining ko‘p qismiga javob bera olmasa.
Talaba o‘z vaqtida mustaqil ta’limda o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan adabiyotlarga qisman javob bersa.
Ko‘zda tutilgan barcha amaliy mashg‘ulotlarda berilgan savollarga qoniqarsiz javob bersa.
Talaba berilgan adabiyotlarni o‘zlashtirishda va amaliy mashg‘ulotlardagi savollarga javob berishda qoniqarsiz ishtirok etsa.
Ko‘zda tutilgan ikkita joriy nazorat topshiriqlarini o‘z vaqtida topshirmasa.
|
| |