• ScSI shinasi
  • Bitiruv malaka ishi boblari va paragraflari




    Download 1,18 Mb.
    bet15/19
    Sana21.02.2024
    Hajmi1,18 Mb.
    #159839
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    Bog'liq
    22-GURUH OZODBEK

    Fast ATA-2 yoki Enhanced IDE (EIDE – kengaytirilgan IDE) kallak, silindr va sektorning raqamlari bo‘yicha an’anaviy (ammo kengaytirilgan) manzillashdan foydalangandek, mantiqiy bloklarni (Logic Block Address – LBA) manzillashdan ham foydalanadi, 2500 Mbayt gacha disk hajmini va 16,7 Mbayt/s gacha almashuv tezligi qo‘llab-quvvatlaydi. ATAPI standartini qo‘llab-quvvatlaydigan EIDE adapteriga to‘rttagacha jamlagichlarni ulash mumkin, shu jumladan CD-ROM va magnit lentali axborot tashuvchini ham ulash mumkin. aTaPI (ATA Package Interface) – bu ATA interfeysiga faqat qat-
    tiq diskni emas, balki CD-ROM diskovodini, strimer va skanerni ulash uchun yaratilgan standart. ATA-3 va Ultra ATA interfeysining versiyalari katta hajmdagi disklarga xizmat ko‘rsatadi va 33 Mbayt/s almashuv tezligiga ega, qurilmalarga o‘zining nosozligi haqida va boshqa bir qator servislar haqida xabar berish imkonini beruvchi SMART (Self Monitoring Analysis and Report Technology – tahlil va hisobotni mustaqil ravishda kuzatadigan texnologiya) texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. UDMA/66 va UDMA/100 protokoli bo‘yicha ATA/ATAPI-5, ATA/ATAPI-6 interfeysining zamonaviy versiyalari mos ravishda 66 va 100 Mbayt/s gacha bo‘lgan eng yuqori o‘tkazish tezligini ta’minlaydi.
    ScSI shinasi (Small Computer System Interface – kichik kompyuterlarning tizim interfeysi) ANSI (American National Standarts Institute – Amerika standartlar instituti) tomonidan 1986-yili standartlashtirilgan edi. Interfeys turli sinflarga mansub bo‘lgan qurilmalarni, ya’ni xotira to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ketma-ket foydalanadigan, CD-ROM bir marta va ko‘p marta yoziladigan optik disklar, axborot tashuvchilarini avtomatik almashtirish qurilmalari, printerlar, skanerlar, komunikatsion qurilmalar va protsessorlarni ulash uchun mo‘ljallangan. SCSI (SCSI Device) qurilmasi bo‘lib, SCSI shinasini kompyuterning biror-bir ichki shinasi bilan ulab turuvchi xost-adapter ham, maqsadli qurilmaga SCSI shinasiga ulanish imkonini beruvchi kontrolleri-target controller ham hisoblanadi. Shina nuqtayi nazaridan barcha qurilmalar teng xuquqli bo‘lishi mumkin va shu bilan birga ham almashtirish tashkilotchisi, ham maqsadli qurilma hisoblanadi, lekin ko‘pincha tashkilotchi vazifasida xostadapter qatnashadi. Bitta kontrollerga bir necha periferiya qurilmalari ulanishi mumkin, ularga nisbatan kontroller ham ichki, ham tashqi bo‘lishi mumkin. Ichiga SSSI kontrollerlari o‘rnatilgan periferiya qurilmalari keng qo‘llaniladi, ularga qattiq disklardagi to‘plagichlar, CD-ROM, strimerlar kiradi.
    SCSI ning uchta versiyasi keng tarqalgan: SCSI-1, SCSI-2 va SCSI-3. SCSI kompyuterning sakkizta qurilmagacha qo‘llabquvvatlaydigan tizim shinasining soddalashtirilgan variantidir. SCSI-1 interfeyslari 8 bitli shinaga ega; SCSI-2 va SCSI-3 – 16 yoki 32 bitli bo‘lib, katta quvvatli server-mashinalarda va ishchi stansiyalarda foydalanishga mo‘ljallangan.

    Download 1,18 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 1,18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malaka ishi boblari va paragraflari

    Download 1,18 Mb.