• BITIRUV MALAKAVIY ISHI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH XATI MAVZU: AVTOMOBILLARNING DVIGATEL TURLARI VA ULARNING ISHLASH PRINSPI HAQIDA TUSHUNCHA .
  • KIRISH
  • 2. ICHKI YONUV DVIGATELINING ASOSIY TIZIMLARI.
  • 3. GIBRID DVIGATEL HAQIDA TUSHUNCHA 3.1 Gibrid dvigatel tushunchasi ………………………………………….……..45 3.2 Gibrid divigatel ishlash prinspi…………………………………………..…46 XULOSA
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha tushuntirish xati




    Download 0.74 Mb.
    bet1/8
    Sana28.04.2023
    Hajmi0.74 Mb.
    #54742
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    x
    1, ICHKI YONUV DVIGATELINING UMUMIY KORINISHI (2), 12345

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI O'ZBEKISTON-KOREYA XALQARO UNIVERSITETI
    Avtomobilsozlik fakulteti
    Himoyaga ruxsat etildi
    Avtomobilsozlik fakulteti dekani
    ________ prof. BEAK JONG JIN
    “_____”________2023 yil

    Avtomobilsozlik fakulteti
    Bakalavr darajasini olish uchun
    BITIRUV MALAKAVIY ISHI BO‘YICHA
    TUSHUNTIRISH XATI
    MAVZU: AVTOMOBILLARNING DVIGATEL TURLARI VA ULARNING ISHLASH PRINSPI HAQIDA TUSHUNCHA .
    Bitiruv malakaviy ishini bajardi
    Avtomobilsozlik muhandisligi
    yo‘nalishining 4-kurs С guruh talabasi Xasanov Xusniddin
    Avtomobilsozlik fakulteti dekani Prof. BAEK JONG JIN
    Farg’ona - 2023

    MUNDARIJA


    KIRISH...................................................................................................................1
    ASOSIY QISM.......................................................................................................5
    1. ICHKI YONUV DVIGATELINING BOSHLANG’ICH DAVRI
    1.1 Avtomobil sanoati boshlanishi .........................................................................8
    1.2 G.Daimler va H.Fordning birinchi mashinasi .................................................12
    2. ICHKI YONUV DVIGATELINING ASOSIY TIZIMLARI.
    2.1 Moylash tizimi.................................................................................................15
    2.2 Sovutish tizimi................................................................................................ 31
    2.3 Bugatti Bolide , Venom F5…………………………………………………44
    3. GIBRID DVIGATEL HAQIDA TUSHUNCHA
    3.1 Gibrid dvigatel tushunchasi ………………………………………….……..45
    3.2 Gibrid divigatel ishlash prinspi…………………………………………..…46
    XULOSA…………………………………………………………………...…..47
    Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………53
    KIRISH
    Respublikamizda barcha turdagi avtomobillarni ishlab chiqarish yildan yilga oshmoqda. Ekspluatatsiyada bo‘lgan avtomobillarning soni kundan kunga ko‘paymoqda. Avtomobillarni xalq xo‘jaligining turli sohalarida ratsional ekspluatatsiya qilish, yuk va yo‘lovchi tashish quvvatini oshirish hamda uning tan narxini kamaytirish va boshqa vazifalarni hal qilishda avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlarini o‘rganish katta axamiyatga ega. Avtomobilning yuk tashish quvvatini oshirish va tan narxini kamaytirish uchun uning o‘rtacha harakat tezligini oshirish, yonilg‘i sarfini kamaytirish, haydovchi va yo‘lovchilarga maksimal qulaylik yaratish, transportning harakat xavfsizligini ta’minlash zarur. Texnik-mexanik tayyor avtomobilni ishlatib, avtomobilning ekspluatatsiyasi va ta’miri bilan shug‘ullanadi. Bundan ravshanki, avtomobillar ekspluatatsiyasini to‘g‘ri tashkil etish uchun ular dvigatel nazariyasini chuqur o‘rganishlari va avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlarini ish sharoitiga moslab avtomobil tanlashlari zarur. Bundan tashqari, dvigatel va avtomobillar nazariyasi yangi dvigatellar va avtomobillar loyihalash, yangi modellarni esa tezroq chiqarish uchun zarur. Nazariyaning asosiy xulosalari dvigatelni va avtomobil qismlarini hisoblashda qoilaniladi. Hozirgi zamon transport vositalariga (avtomobil, traktor, yo‘l qurish mashinalari) kuch agregati sifatida asosan porshenli ichki yonuv dvigatellari o‘rnatiladi. Bunday dvigatellarda ish aralashmasi yonganda hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi mexanikaviy energiyasiga aylanadi. Ichki yonuv dvigatellarida barcha turdagi yonilg‘ilarni ishlatish mumkin. Ular ixchamligi, ishga chidamliligi va yonilg‘ini kam sarflashi bilan boshqa dvigatellardan ustun turadi. Birinchi ichki yonuv dvigateli Lenuar (1860-yil Fransiya) va N. Otto (1877-yil Germaniya) tomonidan ishlab chiqildi. Bu dvigatellarda yonilg‘i sifatida gaz ishlatildi. XIX asrning oxiriga kelib, ichki yonuv dvigatellarida gaz o‘rniga suyuq yonilg‘ilar ishlatila boshladi, chunki bu vaqtga kelib neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan edi. Rossiyada 1889-yilda muhandis I.S. Kostovich uchqun bilan o‘t oldiriladigan dvigatelning birinchi namunasini ishlab chiqdi, 1899-yilga kelib hozirgi zamon dizelining sanoat namunasi ishlab chiqildi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu dvigatel nemis muhandisi R. Dizel (1897-yil) tomonidan yaratilgan bo‘lib, kerosinda ishlaydigan dvigateldan ancha tejamli ishlar edi. Dizel deb atalgan bu dvigatelda yonish jarayoni havoning siqilishi natijasida sodir bo‘ladi. Karburatorli dvigatellarga nisbatan dizellarda yonilg‘ining sarfi tejamli bo‘lgani uchun hozir ular barcha transport vositalarida ishlatilmoqda. Karburatorli (uchqun bilan o ‘t oldiriladigan) dvigatellar yengil avtomobillarga, yengil va o‘rtacha yuk ko‘taradigan avtomobillarga o‘rnatiladi. Ichki yonuv dvigatellarining keng ko‘lamda rivojlanishida rus olimlaridan professor V.I. Grinevetskiy, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi N.R. Briling, akademik B.S. Stechkin va professor E.Q Mazingning xizmatlari katta. Bundan tashqari, dvigatellar konstruksiyalarini rivojlantirishda ko‘pgina zavod (ZIL,GAZ,AZLK,YaM Z, MAZ, A M Z, VTZ, XTZ) va ilmiy-tadqiqot institutlari (NAMI, NATI, SNIDI, SNITA) ham tegishli ishlarni amalga oshirganlar. Ichki yonuv dvigatellari quyidagi turlarga bo‘linadi. 1. Vazifasi bo‘yicha: statsionar dvigatellar; avtomobil, traktor va yo‘l qurish mashinalariga o‘rnatiladigan dvigatellar. 2. Ishlatiladigan yonilg‘ining turi bo‘yicha: yengil suyuq yonilg‘i (benzin, benzol, kerosin, ligroin va spirt) bilan ishlaydigan dvigatellar; og‘ir suyuq yonilg‘i (mazut, solyar moyi, dizel yonilg‘isi va gazoyl) bilan ishlaydigan dvigatellar; gaz holatidagi yonilg‘i (tabiiy va generator gazlari) bilan va aralash yonilg‘i (gaz va benzin) bilan ishlaydigan dvigatellar. 3. Issiqlik energiyasini mexanikaviy energiyaga aylantirish usuli bo‘yicha: porshenli; gaz turbinali va rotor-porshenli dvigatellar. 4. Ish aralashmasini hosil qilish usuli bo‘yicha: silindrdan tashqarida; silindr ichida ish aralashmasi hosil qilinadigan dvigatellar. 5. Ish aralashmasini yondirish usuli bo‘yicha: uchqun bilan o‘t oldiriladigan; siqish natijasida o‘t oldiriladigan; forkamerali (alanga bilan o‘t oldiriladigan) dvigatellar. 6 . Ish siklini amalga oshirish usuli bo‘yicha: to‘rt va ikki taktli dvigatellar. 7. Yuklanish o‘zgarganda dvigatelni rostlash usuli bo‘yicha: ish aralashmasining sifati; ish aralashmasining miqdori; ish aralashmasining ham sifati, ham miqdori rostlanadigan dvigatellar. 8 . Silindrlarning joylashishi bo‘yicha: vertikal (tik) qatorli, gorizontal-qato
    rli; V — simon; yulduz shaklli va silindrlari qarama-qarshi yotuvchi dvigatellar. 9. Sovitish usuli bo‘yicha: suyuqlik bilan sovitiladigan dvigatellar; havo bilan sovitiladigan dvigatellar.

    Download 0.74 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha tushuntirish xati

    Download 0.74 Mb.