• BITIRUV MALAKAVIY ISHI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH XATI MAVZU: ICHKI YONUV VA GIBRID MOBILLAR HAQIDA TUSHUNCHA .
  • KIRISH
  • 2. ICHKI YONUV DVIGATELINING ASOSIY TIZIMLARI.
  • 3. GIBRID MOBILLAR HAQIDA TUSHUNCHA 3.1 Gibrid dvigatel tushunchasi ………………………………………….……..45 3.2 Gibrid divigatel ishlash prinspi…………………………………………..…46 XULOSA
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha tushuntirish xati




    Download 2.18 Mb.
    bet1/7
    Sana27.04.2023
    Hajmi2.18 Mb.
    #54278
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    ICHKI YONUV DVIGATELINING UMUMIY KORINISHI (2)
    1, 12345, x

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI O'ZBEKISTON-KOREYA XALQARO UNIVERSITETI
    Avtomobilsozlik fakulteti

    Himoyaga ruxsat etildi


    Avtomobilsozlik fakulteti dekani
    ________ prof. BEAK JONG JIN
    “_____”________2023 y.

    Avtomobilsozlik fakulteti
    Bakalavr darajasini olish uchun
    BITIRUV MALAKAVIY ISHI BO‘YICHA
    TUSHUNTIRISH XATI
    MAVZU: ICHKI YONUV VA GIBRID MOBILLAR HAQIDA TUSHUNCHA .

    Bitiruv malakaviy ishini bajardi:


    Avtomobilsozlik muhandisligi
    yo‘nalishining 4-kurs С guruh talabasi Xasanov Xusniddin
    Avtomobilsozlik fakulteti dekani Prof. BAEK JONG JIN
    Farg’ona -2023

    MUNDARIJA


    KIRISH...................................................................................................................1
    ASOSIY QISM.......................................................................................................7
    1. ICHKI YONUV DVIGATELINING BOSHLANG’ICH DAVRI
    1.1 Avtomobil sanoati boshlanishi .........................................................................8
    1.2 G.Daimler va H.Fordning birinchi mashinasi .................................................12
    2. ICHKI YONUV DVIGATELINING ASOSIY TIZIMLARI.
    2.1 Moylash tizimi.................................................................................................15
    2.2 Sovutish tizimi................................................................................................ 31
    2.3 Bugatti Bolide , Venom F5…………………………………………………44
    3. GIBRID MOBILLAR HAQIDA TUSHUNCHA
    3.1 Gibrid dvigatel tushunchasi ………………………………………….……..45
    3.2 Gibrid divigatel ishlash prinspi…………………………………………..…46
    XULOSA…………………………………………………………………...…..47
    Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………53

    KIRISH
    Insoniyat kashfiyotchiligining ne’mati bo‘lgan avtomobil bugungi kunda barcha sohalarni rivojlanishida o‘zining katta hissasini qo‘shib kelmoqda. Avtomobilning yaratilishi va foydalanish davrini shartli uchta bosqichga bo‘lishimiz mumkin: loyihalash; ishlab chiqarish; ekspluatatsiya davri. Biz bu darslikda mutaxasislar tomonidan loyihalanib ishlab chiqarilgan avtomobillarning umumiy tuzilishini, ekspluatatsiya davrida uchraydigan nosozliklar hamda ularga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish turlari ko‘rsatilgan. Darslikda hozirgi vaqtda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan «EPICA», «CAPTIVA», «LACETTI», «NEXIA», «MATIZ», «SPARK», «MALIBU», «COBALT» rusumli yengil avtomobillarini va hozirda Respublikamizda ko‘p tarqalgan chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar konstruksiyasi misolida avtomobilning asosiy qismlari, mexanizm va tizimlarining vazifasi, turlari, tuzilishi, ishlash prinsipi, konstruktiv xususiyatlari hamda ulardan foydalanishda uchraydigan nosozliklar batafsil bayon etilgan. Yuk va yo‘lovchilarni o‘z vaqtida manziliga yetkazish uchun mavjud avtomobillarga kamroq mablag‘ sarflagan holda, ularning texnik tayyorgarligini yuqori darajada ta’minlab turish zarur. Buning uchun avtomobillarga muntazam ravishda texnik (servis) xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish, ularning saqlash joylari, ehtiyot qism va materiallar bilan ta’minlash va boshqa xizmatlar majmuini amalga oshirish lozim
    Respublikamizda avtomobilsozlikning rivojlanish bosqichlari Respublikamiz mustaqillikka erishgan kundan boshlab Prezidentimiz tashabbuslari bilan avtomobil sanoati rivojiga katta e’tibor qaratmoqda. Jumladan, 1992-yil iyun oyida Janubiy Koreya tashrifi chog‘ida «DAEWOO» zavodi bilan tanishib, hamkorlikda Andijon viloyati Asaka shahrida avtomobil zavodini qurish to‘g‘risida Memorandum imzolandi va shu tariqa «UzDAEWOO» zavodiga asos solindi. 1996-yil 19-iyulda zavod ishga tushishi bilan O‘zbekiston dunyodagi o‘z avtomobiliga ega bo‘lgan 28-davlatga aylandi. «UzDAEWOO» bu Markaziy Osiyodagi birinchi avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod hisoblanadi. Zavod jahon standartlari talablariga javob beruvchi o‘ta zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan bo‘lib, o‘sha vaqtda umumiy hisobda yiliga 200 000 dona avtomobil (o‘rta sinfli «NEXIA» avtomobillari - 100 000 dona, «TICO» avtomobillari - 50 000 dona, «DAMAS» avtomobillari – 50 000 dona) ishlab chiqarish quvvatiga ega edi. Bu avtomobillarga ehtiyot qism va materiallarning o‘zimizda mahalliylashtirish dasturiga asosan ishlab chiqarish joriy qilinmoqda. Tinimsiz izlanishlar natijasida «TICO» avtomobili o‘rniga «MATIZ», «SPARK», «DAMAS» avtomobilining kuchaytirilgan varianti, «NEXIA» avtomobili o‘rniga «NEXIA-2», «LACETTI» avtomobillari ishlab chiqarilib, Respublikamiz va chet mamalakatlarda avtoishqibozlar e’tiborini tortmoqda. O‘zbekiston avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida GM korparatsiyasi bilan shartnoma tuzilib, zavod «GM-Uzbekiston» 8 qo‘shma korxonasiga aylantirildi va quvvati yiliga 250 000 donaga oshirildi. Shu bilan bir qatorda 1999-yil Samarqand shahrida O‘zbekistonTurkiya qo‘shma korxonasi «Sam-Koch-avto» zavodidan «OTOYO’L» markali kichik rusumdagi avtobuslar va ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillari ishlab chiqarilib, ekspluatatsiya qilindi. Keyinchalik bu zavod negizida O‘zbekiston-Yaponiya qo‘shma korxonasi «SamAvto» zavodi tashkil etilib, bu zavoddan ham «ISUSI» markali kichik rusumdagi avtobuslar va ixtisoslashgan yuk avtomobillari ishlab chiqarilib, ekspluatatsiya qilinmoqda. Shuningdek, Samarqandda yana bir O‘zbekiston–Germaniya qo‘shma korxonasi «MAN» yuk avtomobillari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavod o‘z ishini boshlab yubordi. Avtomobilning yuragi hisoblangan motor dunyoda sanoqli davlatlarda ishlab chiqariladi. Shu bois, «GM-MOTOR» zavodi qurilishi bilan O‘zbekiston ham shu davlatlar qatoriga qo‘shildi. Zavodning hozirgi kundagi quvvati yiliga 225 000 dona motor ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Mamalakatimizda avtomobil sanoatining rivojlanishiga juda katta e’tibor qaratilmoqda, jumladan, Davlatimiz rahbari Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisida olib borilayotgan islohotlar ko‘lamiga baho berib
    «O‘zbekistonda avtomobilsozlik Asakadan boshlandi. Shu zavodni ochgan kunim – 1996- yil 19-iyulni O‘zbekiston hayoti uchun, tarixi uchun baxtli kun deb hisoblayman»1 degan edilar. Zero, ana shu zavodda ishlab chiqarilayotgan sifatli va biri-biridan zamonaviy avtomobillar xalqimizni bu sohada ham hech kimdan kam emasligini, aksincha, raqobat borasida ko‘plarni lol qoldirayotganligini ko‘rsatadi. Istiqlol farzandi sanalmish ushbu qo‘shma korxonada 2000-yilda 30 700ta avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2010-yil yakunida bu ko‘rsatkich 217 733tani tashkil etdi. Ko‘rinib turibdiki, avtomobil ishlab chiqarish keyingi o‘n yil oralig‘ida 181 033 donaga yoki 7,1 martaga oshgan. Ishlab chiqarilayotgan «CAPTIVA», «YEPICA», «TACUMA», «LACETTI», «SPARK», «NEXIA», «DAMAS», «MATIZ» singari 1 Ʉɚrimɨv I.Ⱥ.Vɚzirlɚr Mɚhɤɚmɚsining 2011-yil 21-yanvɚrdɚ bo’lib o’tgɚn 2010-yil yaɤunlɚri vɚ 2012-yil ɨldimizgɚ turgɚn vɚzifɚlɚrimiz to’g’risidɚgi mɚ’ruzɚsidɚn. 9 avtomobillar jahon bozorida yurtimiz nomini dunyoga taratmoqda. Masalan: O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasiga 2005-yilda eng ko‘p avtomobil eksport qilgan davlat hisoblandi. 2011-yilda esa Yaponiya va Germaniyadan so‘ng uchinchi davlat deb topildi. 2011-yil Rossiyada «Eng yaxshi avtomobil» sifatida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan «SPARK» avtomobili - deb topildi. Bir so‘z bilan aytganda «GM-Uzbekiston» qo‘shma korxonasi keyingi o‘n yilda mamalakat eksport salohiyatining qariyb 7,6 foiziga oshishiga munosib hissa qo‘shmoqda. Eng muhimi dastlabki kezlarda atigi 3 rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarilardi. Hozirda esa konveyrlarda 8 turdagi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda yana 3 ta loyiha uchun zarur mablag‘lar ajratilgan. Endilikda esa ular bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. «GM-UZBEKISTON» (UzDAEWOO) qo‘shma korxonasining kisqacha tarixi: 1992-yil iyun oyi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Janubiy Koreyaga birinchi marta tashrif buyurib, DAEWOO zavodi bilan tanishdi. 1992-yil iyul oyi. O‘zbekiston va
    Janubiy Koreya davlatlari hamkorlikda Asaka shahrida avtomobil zavodi qurilishi to‘g‘risida Memorandum imzolandi. 1996- yil mart oyi. Konveyerdan birinchi DAMAS avtomobili ishlab chiqarildi. 1996-yil iyul oyi. Asakadagi avtomobil UzDAEWOO zavodi to‘liq ishga tushdi. Konveyerdan NEXIA, DAMAS, TICO avtomobillari ishlab chiqarila boshlandi. 1996-yil 25-avgust oyi. Rossiya Federatsiyasiga birinchi partiya avtomobil eksport qilindi. 1999-yil dekabr oyi. Boshqaruv tizimini sifatini sertifikatsiya qilishni halqaro ISO 9011 standartlariga muvofiqlashtirish amalga oshirildi. 2001-yil may oyi. Zavoddan 250 000 avtomobil ishlab chiqarildi. 10 2001-yil avgust oyi. O‘zDEU zavodida ishlab chiqarilgan yangi MATIZ avtomobilining prezentatsiyasi bo‘lib o‘tdi va ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2002-yil sentabr oyi. NEXIA DOHS avtomobilining ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2003-yil fevral oyi. Boshqaruv tizimini sifatini sertifikatsiya qilishni halqaro ISO 9001 standartining 2003 yildagi versiyasi muvofiqlashtirish amalga oshirildi. 2003-yil avgust oyi. LACETTI avtomobili va avtomatik uzatmalar quttisi bilan jihozlangan MATIZ avtomobili ishlab chiqarildi. 2005-yil yanvar oyi. Dvigatel ish hajmi 1 litrli MATIZ best avtomobili ishlab chiqarila boshlandi. 2005-yil oktabr oyi. Asaka zavodi konveyerdan 500 000 avtomobil ishlab chiqarildi. 2006-yil fevral oyi. Yangi avtomobil markasi DAMAS-2 avtomobili ishlab chiqarildi. 2007-yil may oyi. O‘zbekiston boshqaruv tizimi GM DAT bilan strategik sheriklik to‘g‘risida hamkorlik imzolandi, kelajakda NEXIA va MATIZ avtomobillarining ishlab chiqarish lokalizatsiya qilish va O‘zDEU yangi rusumlarini ishlab chiqarishga kelishildi. 2008-yil mart oyi. Yangi GM-UZBEKISTON qo‘shma qorxonasi tashkil topdi va Shevrolet markasi ostida CAPTIVA, YEPICA, TACUMA avtobillari ishlab chiqarila boshlandi. 2008-yil mart oyi. NEXIA-2 avtomobilining prezentatsiyasi o‘tkazildi va ishlab chiqarish boshlandi. 2010-yil. SPARK avtomobilining prezentatsiyasi o‘tkazildi va ishlab chiqarish boshlandi. 11 2011-yil avgust. CAPTIVA-2 avtomobilining prezentatsiyasi o‘tkazildi va 2012- yilning fevral oyidan boshlab ishlab chiqarildi. 2012-yil mart. MALIBU avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi va 2012-yilning iyun oyidan boshlab ishlab chiqariladi.

    Download 2.18 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 2.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha tushuntirish xati

    Download 2.18 Mb.