• BITIRUV MALAKAVIY ISHI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH XATI MAVZU: AVTOMOBILLARNING DVIGATEL TURLARI VA ULARNING ISHLASH PRINSPI HAQIDA TUSHUNCHA .
  • MUNDARIJA KIRISH
  • II. MUAMMOLI TA’LIM METODI ASOSIDA ”SIQILGAN GAZDA ISHLAYDIGAN GAZ BALLONLI USKUNALAR”
  • Bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha tushuntirish xati




    Download 247.14 Kb.
    Sana28.04.2023
    Hajmi247.14 Kb.
    #54453
    Bog'liq
    1, ICHKI YONUV DVIGATELINING UMUMIY KORINISHI (2), x

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI O'ZBEKISTON-KOREYA XALQARO UNIVERSITETI
    Avtomobilsozlik fakulteti
    Himoyaga ruxsat etildi
    Avtomobilsozlik fakulteti dekani
    ________ prof. BEAK JONG JIN
    “_____”________2023 yil

    Avtomobilsozlik fakulteti
    Bakalavr darajasini olish uchun
    BITIRUV MALAKAVIY ISHI BO‘YICHA
    TUSHUNTIRISH XATI
    MAVZU: AVTOMOBILLARNING DVIGATEL TURLARI VA ULARNING ISHLASH PRINSPI HAQIDA TUSHUNCHA .
    Bitiruv malakaviy ishini bajardi
    Avtomobilsozlik muhandisligi
    yo‘nalishining 4-kurs С guruh talabasi Xasanov Xusniddin
    Avtomobilsozlik fakulteti dekani Prof. BAEK JONG JIN
    Farg’ona - 2023
    MUNDARIJA
    KIRISH ………………………….……………………………………………. 3
    ASOSIY QISM…………………………………………………..……………..6
    I. SIQILGAN GAZDA ISHLAYDIGAN GAZ BALLONLI USKUNALAR
    1.1- Gaz yonilg'ilari turlari va gazning benzindan ustunliklari………...……… 6
    1.2- Avtomobil gaz ballonli uskunalarining o'rnatilishi va tuzilishi……...…… 9
    1.3- Gaz bilan ishlaydigan avtomobillarning ta’minlash tizimi…………….… 15
    II. MUAMMOLI TA’LIM METODI ASOSIDA ”SIQILGAN GAZDA ISHLAYDIGAN GAZ BALLONLI USKUNALAR”
    2.1- Muammoli ta'lim texnologiyasi………………………………...…........... 28
    2.2- Muammoli ta'lim texnologiyasining yo'nalishlari va muammoni
    yaratish texnologiyasi…………..…………..…………..……………………...31
    2.3- Muammoli metod va uning qo'llanilishi…………..…………………...... 38
    2.4- “Muammoli ta’lim metodi asosida ”Siqilgan gazda ishlaydigan gaz
    ballonli uskunalar” mavzusini o‘qitish bo'yicha 2 soatlik dars
    ishlanmasi…………………………………………………………… 45
    III Mehnat muhofazasi qismi
    3.1- O'quv ustaxonalarida mehnat muhofazasi………………..……….. 48
    3.2- Gaz ballonli uskunalarga texnik xizmat ko'rsatishda mehnat
    havfsizligi……………..………………..………………..………… 50
    3.3- Atrof muhitning kishi salomatligiga ta'siri……………..………… 52
    Xulosa …………..………………………………….... 55
    Foydalanilgan adabiyotlar …………………………..... 56

    3


    Kirish

    Mavzuning dolzarbligi: Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi va Ta’lim


    tо‘g‘risidagi qonunda ta’lim tizimini takomillashtirish orqali har tomonlama yetuk
    barkamol mustaqil fikrlashga qodir irodali fidoiy va tashabbuskor kadrlarni
    tayyorlashga katta e’tibor berilyapti. Bu borada ta’lim turlari tо‘g‘risidagi mutlaqo
    yangi qoidalar hayotga joriy etilmoqda. Kadrlar tayyorlash va uzluksiz ta’lim
    tizimini isloh qilishning huquqiy meyoriy asosi yaratildi.
    Ayniqsa, Davlatimiz rahbarining 2014 yil 19 yanvarda О‘zbekiston Respublikasi
    Vazirlar Mahkamasining 2013 yilda Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
    yakunlari va 2014yil iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan
    majlisidagi ma’ruzasida “Transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish
    bо‘yicha loyihalarni amalga oshirishga yо‘naltirilgan mablag‘lar investitsiyalar
    umumiy hajmida muhim о‘rin egalladi.1 Respublikamizda avtotransport
    yо‘nalishidagi kasb hunar kollejlarida kichik mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bu
    mutaxassislarni tayyorlash sifati kо‘p jihatdan kasb – hunar kollejlarining о‘quv
    moddiy texnika bazasini rivojlantirishga, zamonaviy ishlab chiqarish
    texnologiyalari joriy etilgan о‘quv ustaxonalari bilan ta’minlanganligiga ushbu
    sohani malakali injener pedagogik kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq.
    Mazkur muammolarni hal etish uchun kasb – hunar ta’limi bо‘yicha ilmiy
    izlanishlar olib borish, zamon talabiga mos bо‘lgan yuqori malakali mutaxassislar
    tayyorlashga imkon beradigan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish bugungi
    kunning dolzarb masalalaridan biridir.
    Respublikamizda avtotransport sohasiga katta e’tibor berilayotganligi mazkur soha
    uchun kichik mutaxassislar tayyorlash zaruriyati hamda о‘rta maxsus, kasb – hunar
    ta’limi tizimida ushbu yо‘nalishi bо‘yicha Kadrlar tayyorlash muammolarining
    yetarlicha tadqiq etilmaganligi bizga bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini
    1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari
    va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasidagi
    ma’ro‘zasi. Xalq so‘zi gazetasi, 2014 yil 19-yanvar.

    4


    "Siqilgan gazda ishlaydigan gaz ballonli uskunalar” mavzusini o‘qitishda
    muammoli ta’lim metodidan foydalanish (Kasb – hunar kollejlari misolida)
    mavzusini о‘qitishda "Muammoli ta’lim" metodidan foydalanish deb
    nomlashimizga asos bо‘ldi.
    Bitiruv malakaviy ishini maksadi: KHK da Avtotransport yo’nalishi boyicha
    kichik mutaxassislar tayyorlash jarayonini takomillashtirish maksadida maksadida
    "Siqilgan gazda ishlaydigan gaz ballonli uskunalar” mavzusini o‘qitishda
    muammoli ta’lim metodidan foydalanish (Kasb – hunar kollejlari misolida)
    mavzusini о‘qitishda muammoli ta’lim metodidan foydalanish va uni amaliyotda
    sinab kо‘rishdan iborat.
    Qо‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldik:
    1. Gaz yonilg'ilari turlari va gazning benzindan ustunliklari vazifasi, turlari va
    ishlashi o’rganiladi.
    2.Avtomobil gaz ballonli uskunalarining o'rnatilishi va tuzilishi va xossalari
    o’rganiladi.
    3. Gaz ballonli uskunalar bilan jihozlangan avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish
    ishlari o’rganiladi.
    4. Kasb-hunar kollejlarida maxsus fanlarni o’qitishda zamonaviy metodlaridan
    foydalanish ko’rib chiqiladi.
    5. Muammoli o’qitish texnologiyasining mohiyati o’rganiladi
    6. “Muammoli ta’lim metodi asosida ”Siqilgan gazda ishlaydigan gaz ballonli
    uskunalar” mavzusini o‘qitish texnologiyasi ishlab chiqiladi.

    Bitiruv malakaviy ishining ilmiy-uslubiy yangiligi:


    Transport yo’nalishidagi "Siqilgan gazda ishlaydigan gaz ballonli uskunalar”
    mavzusini o‘qitishda muammoli ta’lim metodidan foydalanish (Kasb – hunar
    kollejlari misolida) mavzusini о‘qitishda «Muammoli ta’lim» metodini qо‘llash
    boyicha metodik tavsiya ishlab chiqish va amaliyotda sinab kо‘rishdan iborat.
    Bitiruv malakaviy ishimizning amaliy ahamiyati shundan iboratki, tadqiqot
    natijasida ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar KXK da maxsus fan о‘qituvchilariga,

    5


    о‘quv ustalariga, о‘quv kurslari va haydovchilar tayyorlash kursi о‘qituvchilariga
    amaliy yordam berishi mumkin.
    Bitiruv malakaviy ishi Kirish, 3 bob, 11 ta paragraf, 1 ta jadval, 8 ta rasm,
    xulosa va adabiyotlar rо‘yxatidan iborat bо‘lib, uning umumiy hajmi 59 betni
    tashkil etadi.

    6


    I BOB. SIQILGAN GAZDA ISHLAYDIGAN GAZ BALLONLI
    USKUNALAR

    1.1-§. Gaz yonilg'ilari turlari va gazning benzindan ustunliklari


    Respublikamiz mustaqilligidan so'ng mamlakatimizda avtomobil sanoati
    paydo bo'ldi va avtomobil parki keskin darajada o'sdi va hozir ham o'sib
    bormoqda. Avtomobil yonilg'isi sifatida qo'llaniladigan benzin va dizel
    yonilg'ilariga bo'lgan talabning o'sishi ularga muqobil yonilg'ilardan foydalanishni
    taqazo etdi va hozirgi kunda tannarxi jihatidan arzon bo'lgan tabiiy gazlardan
    avtomobillarning motor yonilg'isi sifatida foydalanish yo'lga qo'yilmoqda.2
    Shuni ta'kidlashimiz kerakki respublikamizda tabiiy gazning ko'plab
    zahiralari bor va bu zahiralarda yuqori sifatli tabiiy gazlar bo'lib ulardan avtomobil
    dvigatellari uchun yonilg'i sifatida foydalanishda ortiqcha gazni qayta ishlash yoki
    kimyoviy usullarda ishlov berish texnologiyalari qo'llanilmasdan to'g'ridan to'g'ri
    yonilg'i sifatida foydalanish mumkin.
    Bundan tashqari motor yonilg'isi sifatida qo'llaniladigan tabiiy gaz neft
    mahsulotlaridan ustun turadi. Ulardan foydalanishda dvigatelning yuqori texnik-
    iqtisodiy ko'rsatkichlariga erishiladi, chunki tabiiy gaz juda yaxshi antidetanision
    hossalarga ega, havo bilan aralashma hosil qilishi xususiyati juda yaxshi va hava
    bilan istalgan nisbatda aralashmalar hosil qilishi mumkin. Gazli dvigatellarda
    aralashma deyarli to'liq yonadi va ishlatilgan gazlarning zaharliligi ancha past
    bo'lganligidan atrof-muhit kam zararlanadi.
    Avtomobillar uchun motor yonilg'isi sifatida qo'llaniladigan tabiiy gazlar:
    siqilgan va suyultirilgan turlarga bo'linadi. Suyultirilgan gazlar normal haroratlarda
    (–20°C dan +20°C gacha) unchalik katta bo'lmagan bosimlarda (1,0...2,0 MPa –
    10...20 kgs/sm2) suyuq holatda bo'ladi. Bunday gazlarning asosiy komponentlari -
    etan, propan, butan va ularga juda yaqin to'yinmagan uglevodorodlar - etilen,
    propilen, butilen va ularning izomerlari kiradi. MDH davlatlarida ishlab
    2 Qodirov S.M. Avtomobil va traktor dvigatellari. T.: “О‘qituvchi”. – 1992.

    7


    chiqarilayotgan gaz ukunalari jamlamasi umumiy og'irligi 40 kg dan 60 kg gachani
    tashkil etadi va engil avtomobillarda o'rnatish imkoniyatini beradi. Bunday
    uskunalardagi ballon hajmi avtomobilning 300 km atrofida masofa bosib o'tishini
    ta'minlaydi, bu qiymat avtomobilning benzin bilan ishlaganda 400 km masofani
    bosib o'tishiga mos keladi.
    Siqilgan tabiiy gaz normal sharoitlarda istalgan bosimda gazsimon holatda
    bo'lib, ularga asosan metan va vodorod kiradi. Avtomobil transportida yonilg'i
    sifatida eng ko'p qiziqish metanga ko'p. Chunki metan qazib olinayotgan tabiiy
    gazning asosiy qismini (92-99%) metan tashkil etadi.3
    Metan 20 MPa bosimgacha siqiladi va qalin devorli ballonlarda saqlanadi. Etan,
    propan va butan 1,6 MPa bosimda suyuq holatga o'tadi va ular ham shu bosim
    ostida ballonlarda saqlanadi.
    Gazlarning qo'llanilishi porshen va gilza devorlaridan moy pardasining
    yuvilib ketishiga barham beradi, yonish kameralarida qurum hosil bo'lishini
    kamaytiradi, benzin bug'lari bo'lmaganligi uchun silindr gilzalarining devorlaridagi
    moy kuyib ketmaydi, natijada dvigatelning ishlash muddati va moy almashtirish
    davri 1,5-2 martaga uzayadi.
    Biroq, gaz ballonli avtomobillarda ta'minlash tizimi murakkab, yong'in va
    portlash xavfsizligiga qo'yiladigan talablar esa yuqori bo'ladi. Gaz havo bilan
    aralashganda benzinga nisbatan ko'p hajmni egallagani uchun gazli dvigatellarning
    quvvati karbyuratorli dvigatelga qaraganda 10-20% kam bo'ladi. Gaz ballonli
    uskunalarning katta vazni tufayli avtomobil o'zining yuk ko'taruvchanlik
    imkoniyatining bir qismini yuqotadi.
    Shuningdek, tabiiy gazning motor yonilg'si sifatida asosiy kamchiliklaridan
    biri hajmiy konsentrasiya energiyasining kamligidadir. Agar bir litr suyuq
    yonilg'ining yonishdagi issiqlgi 31426 kDj bo'lsa, normal sharoitlarda tabiiy gaz
    uchun bu qiymat 33,52–35,62 kDj ni tashkil etadi, ya'ni yonishdagi issiqlik
    miqdori 1000 martagacha kamdir. Shu sababga ko'ra gazdan transport vositalarida

    3 Borovskiy Y.I. va boshqalar «Avtomobillarning tuzilishi, texnik xizmat kо‘rsatish va ta’mirlash». Toshkent «Talkin» - 2008

    8

    motor yonilg'isi sifatida foydalanish uchun gazni dastlab yuqori bosim 20-25 MPa


    ga siqish kerak, buning uchun esa uni saqlashda maxsus ballonlardan foydalanishni
    taqazo qiladi.
    Gazni bosim ostida saqlash uchun uglerodli va legirlangan po'latlardan
    tayyorlangan va 15-32 MPa bosimga mo'ljallangan gaz ballonlari ishlab
    chiqariladi. Har bir ballon ga bilan to'ldirilmagan holatda massasi 100 kg dan og'ir
    va bunday ballonlarni engil avtomobillarga o'rnatishda ularning foydali yuk
    ko'tarishi kamayadi. Shuning uchun bunday ballonlar asosan yuk avtomobillarida
    va avtobuslarda qo'llaniladi.
    Gaz yonilg'isining qo'llanilishi dvigateldan chiqayotgan ishlatilgan gazlar
    tarkibidagi zararli uglerod oksidi, azot ikki oksidi va uglevodorodlarning umumiy
    miqdorini kamaytiradi. Ayniqsa ishlatilgan gaz tarkibida qo'rg'oshin umuman
    bo'lmaydi.
    Chiqayotgan gazlarning tutunligi gaz yonilg'isini yoqqanda benzin bilan
    ishlagandagidan ko'ra 3 marta kam, dvigatel ishchi rejimini to'g'ri tanlaganda
    undan chiqayotgan shovqinlar darajasi kam va bu holat ayniqsa shahar sharoitida
    muhim hisoblanadi. Eng asosiysi gaz yonilg'isining narxi benzin narxiga ko'ra
    ancha arzon hisoblanadi.

    9


    1.2-§. Avtomobil gaz ballonli uskunalarining o'rnatilishi va tuzilishi
    Bugungi kunda avtomobillarni gaz bilan ishlashga o'tkazish uchun 4 ta avlod
    uskunalari mavjud (hozirgi kunda 5-avlodi sinab ko'rilmoqda). Bulardan eng ko'p
    tarqalgani II va IV avlod gaz ballonli uskunalar hisoblanadi. І avlod gaz ballonli
    uskunalarning ishlash prinsipi quyidagi ketma ketlikda bo'ladi.Gaz balloni 200 atm
    bosim ostida metan bilan to'ldiriladi va u po'lat quvurcha orqali reduktor bilan
    ulangan. Reduktorda gaz 1 atm gacha kamayib aralashtirgichga va yonish
    kamerasiga keladi.4 Aralashtirgichdan oldin bosimni mexanik rostlagich o'rnatilgan
    (1-rasm). “Benzin-gaz” qo'shgichi ikkita elektromagnit klapanni ajratib qo'shadi.

    1- rasm. І avlod gaz ballonli uskunalarning o'rnatilishi sxemasi.


    1-gaz ballon; 2-yonilg'i quyish uzeli; 3- metall gaz quvur; 4- elektromanit klapan;
    5- quvvat registri; 6-reduktor; 7-aralashtirgich; 8-yonilg'i turini qo'shgich.

    4 Mamatov X. «Avtomobillar». Toshkent «Uzbekiston» - 1995.

    10

    II avlod avtomobil gaz ballonli uskunalari sxemasi 2-rasmda keltirilgan.



    2-rasm. II avlod gaz uskunalari umumiy ko'rinishi.
    1-ballon; 2-multiklapan; 3-yuqori bosimli gaz magistrali; 4- chiqarilgan yonilg'i quyish
    qurilmasi; 5- gaz elektromagnit klapan-filtr; 6-bo'g'latgich reduktor; 7-dozator; 8-gaz—havo
    aralashtirgich; 9-benzin elektromagnit klapani; 10- “gaz-benzin” qo'shgich.

    Siqilgan gaz bosim ostida ballon 1 dan yuqori bosimli gaz magistrali 3 ga


    keladi. Ballondan kelayotgan gaz sarfi multiklapan 2 orqali amalga oshiriladi va bu
    klapan orqali yonilg'i quyish qurimasi 4 yordamida yonilg'i ham quyiladi.
    Ballondan chiqayotgan gaz gaz magistrali orqali gaz klapan-filtr 5 ga keladi va u
    erda gazning tarkibidagi har xil qo'shimchalar va smolalar qoldiqlaridan
    tozalanadi. Shuningdek klapan-filtr dvigatel ishlashi to'xtaganda va benzinga
    ishlayotganda kelayotgan gazni yopadi.
    Keyinchalik tozalangan gaz quvurlar bo'ylab ikki bosqichli reduktor-
    bo'g'latgich 6 ning birinchi bosqichiga kiradi. Bu erda gaz bosimi 0,2 MPa gacha
    kamayadi va keyin ikkinchi bosqichga o'tib gazning bosimi atmosfera bosimi
    qiymatigacha kamayadi. Reduktor va bo'g'latgich hamda sovutuvchi suyuqliklar
    hisobiga gaz suyuq fazadan gazsimon holatga o'tadi.

    11


    Avtomobil dvigatelining ishlashi bilan kirish kollektorida hosil bo'ladigan
    so'rish tasirida reduktor-bo'g'latgich ikkinchi bosqichidan gaz dozalash qurilmasiga
    keladi. Keyinchalik kichik bosimli shlang bo'ylab oqib dozator 7 orqali havo filtri
    va karbyurator drosselioralig'iga o'rnatilgan aralashtirgich 8 ga keladi.
    Dvigatelning gaz yoki benzin rejilarida ishlashini boshqarish asboblar joylashgan
    panelda o'rnatilgan yonilg'i turini qo'shgich 10 yordamida amalga oshiriladi. “Gaz”
    pozisiyasi tanlanganda elektromagnit gaz klapani 5 da kuchlanish pasayadi va
    elektromagnit benzin klapanini yopadi. Va, aksincha, gazdan benzinga o'tishda
    qo'shgich gaz klapanini yopadi va benzin klapanini ochadi. Yorug'lik diodlari
    yordamida dvigatel qanday yonilg'iga ishlayotganini nazorat qilib turiladi.
    Shuningdek qo'shgich gaz aralashmasini boyitishni boshqaruvchi maxsus
    tugmachaga ham ega.

    3-rasm. III avlod gaz ballonli uskunaning avtomobilga o'rnatilishi.


    1 – forsunkalar emulyatori; 2 – yonilg'i turini qo'shgich; 3 – boshqaruvchi elektron blok; 4 –
    elektromagnit gaz klapani; 5 – gaz aralashtirgich qurilma; 6 – dozator; 7 – reduktor-bo'g'latgich;
    8 – lambda-zond; 9 – neytralizator; 10 – gaz balloni; 11 – armatura; 12 – quyish qurilmasi.

    ІІІ avlod (lambda-nazorat tizimi) sxemasida ІІ avlod uskunalari ishlash


    prinsipi saqlangan bo'lib, undan farqi quvvat registri dvigatel chiqish kollektorida
    lambda-zond ko'rsatkichlari asoslarida elektron sxema orqali boshqariladi. Bu
    orqali dvigatelning joriy ishlash rejimi uchun yonish kamerasidagi aralashmaning
    maqbul tarkibi avtomatik ravishda rostlanadi. Bu esa yonilg'ini tejash imkonini

    12


    beradi va quvvatning yuqolishini kamaytiradi.5 Lambda-nazorat tizimi lambda-
    zond bilan jihozlangan injektorli avtomobillarda qo'llaniladi.
    Avtomobillar uchun gaz ballonli uskunalar IV avlodi sxemasi 2-rasmda
    keltirilgan. Bu turdagi gaz ballonli uskunalar gazni taqsimlab tarqatishga
    konstruktsiya qilingan.

    4-rasm. IV avlod gaz ballonli uskunalar o'rnatilish sxemasi.

    Gazni taqsimlab purkash har bir silindrga alohida forsunkalar orqali zaruriy
    miqdordagi gazni uzatish ketma-ket purkash prinsipiga asoslangan. Bunda
    avtomobil dvigatelini ishga tushirish benzin yordamida amalga oshiriladi. Dvigatel
    ishga tushirilgandan keyin gaz rejimiga o'tish qo'shgich orqali amalga oshiriladi.
    Bosim ostida ballonda bo'lgan siqilgan gaz tarkibi va atrof muhit haroratiga
    bog'liq ravishda reduktorda bo'g'lanadi. Bunda chiqishdagi bosim kirish
    kolleкtoridagi bosimga ko'ra 0,95 bar yuqori bo'ladi. Dvigatel harorati gazni
    qo'shish uchun etarlicha isiganda multiklapan va reduktor-bo'g'latgichlardagi
    elektroklapanlar ochiladi va bu holatda qo'shgich orqali yonig'i turini nazorat qilish
    va tanlash imkonito'g'iladi.
    5 Mamatov X. «Avtomobillar». Toshkent «Uzbekiston» - 1995.

    13


    Gaz ballonli uskunalar jamlanmasi asosiy uzellari quyidagilar hisoblanadi.

    1. Reduktor-


    bo'g'latgich

    Yonilg'i aralashmasini isitish, uni


    bo'g'latish va bosimni atmosfera bosimiga
    yaqin qiymatlargacha pasaytirish uchun
    xizmat qiladi.

    2. Gaz
    reduktori Gaz reduktori bir, ikki, uch bosqichli qilib


    ishlab chiqariladi. Avtomomobillar-da


    asosan ikki bosqichli gaz reduktorlar
    qo'llaniladi

    3. Dozalash


    qurilmalari

    Gazlarni dozalash va gaz havo aralashma


    sifatini ta'minlab berish uchun xizmat
    qiladi. Dvigatelnng ishlash rejimini
    o'rnatadi.

    4. Gaz
    aralashtirgichlar


    Ishchi aralashmalarni tayyorlash va ularni


    uzatishni rostlash, hamda dvigatel ish
    rejimiga bog'liq ravishda gaz
    aralashmasini uzatish uchun xizmat qiladi

    5. Elektro-


    magnit
    gaz klapani

    Gaz magistralini avtomobil to'xtab


    turgandayoki dvigatel benzinga ishlagan-
    da yopish uchun xizmat qiladi. Yonilg'i
    aralashmasini tozalash uchun filtr bilan
    jihozlangan.

    6. Elektro-


    magnit benzin
    klapani

    Karbyuratorli dvigatellarda gaz bilan


    ishlashda benzin kelishini yopadi. Injek-
    torli avtomobillarda uning funksiyasini
    forsunka emulyatori bajaradi.

    14


    7. Yonilg'i
    turini qo'shgich Avtomobil saloniga o’rnatiladi. “Benzin

    yoki gaz” ga qo’shish ishlari bajariladi.

    8. Multiklapan
    Ballon bo'g'ziga o'rnatiladi. Zapravka

    qiladigan, sarf klapanlarni, gaz sathini


    ko'rsatkichlarni o'z ichiga oladi.

    9. Ventquti Ballon bo'g'ziga o'rnatiladi. Ichiga


    multiklapan joylashtiriladi. Gaz


    chiqqanda ventquti ballondan uning
    bo'g'larini bagajdan tashqariga olib chiqib
    ketadi.

    10. Quyish


    qurilmalari

    Yonilg'i quyish paytida quyish shlangini


    gaz balloni bilan bog'laydi. Odatda orqa
    bamperdan qo'yiladi.

    11. Gaz


    ballonlari

    Siqilgan gazlarni saqlash uchun xizmat


    qiladi. Silindrik va toroid ko'rinishlarda
    bo'ladi. Texnika havfsizligiga ko'ra to'liq
    hajmining 80% dan ortiq bo'lmagan holda
    to'ldiriladi. Propan-butan va metanli
    gazlar uchun alohida-alohida
    bajarilishlarda ishlab chiqariladi.

    12. Uzatuvchi


    po'lat quvurlar Yuqori bosimli gazni gaz reduktoridan

    past bosimli reduktorgacha uzatish uchun


    xizmat qiladi.

    15


    1.3-§ Gaz bilan ishlaydigan avtomobillarning ta’minlash tizimi
    Gaz bilan ishlaydigan dvigatellar zamonaviy shahar transport vositalarida
    keng qo’llanilmoqda. Bunda siqilgan yoki suyultirilgan holatdagi tabiiy, sanoat va
    sintetik gazlardan foydalaniladi. Siqilgan va suyultirilgan gazlar maxsus
    ballonlarda saqlanadi, shuning uchun ham transport vositalarini gaz ballonli
    deyiladi.
    Odatda, gaz bilan ishlaydigan dvigatellarning suyuq yonilg’ida ishlaydigan
    seriyada (ommaviy ravishda) chiqarilayotgan dvigatellar bazasida (asosida)
    yaratiladi. Seriyada (ommaviy ravishda) chiqarilayotgan dvigatelni gazsimon
    yonilg’i bilan ishlashga o’tkazishda, uning asosiy qism va uzellari o’zgarmagan
    holda qoladi. Gaz bilan ishlaydigan modifikatsiyasini asosiy farqi yonilg’i uzatish
    tizimi, yonuvchi aralashmaning alangalanishi va tartibga solishlikdadir.
    Karbyuratorli dvigatellarni gazsimon yonilg’iga o’tkazish ikki usulda
    amalga oshiriladi. Birinchi usulda standart karbyurator dvigatelini gazballon
    qurilmalar bilan jihozlab, uning gaz modifikatsiyasini yaratish. Bu holda dvigatelni
    ham benzinda, ham gazda ishlash imkoniyati saqlanib qoladi.6 Shu bilan birga
    benzinda dvigatel to’la quvvatga erishsa, gazda esa quvvat biroz pasayadi.
    Ikkinchi usulda karbyurator dvigateldan gazsimon yonilg’ida to’la quvvatga
    erishuvchi maxsus gaz dvigateli yaratiladi. Bunday dvigatellar siqish darajasini
    yuqorilatganligi va gaz aralashtirgich o’rnatilishi tufayli samaradorlik
    ko’rsatkichlari ancha yaxshilanadi.
    Dizel dvigatellarini gazsimon yonilg’iga o’tkazish ham ikki usulda amalga
    oshiriladi. Birinchi usul dizelni uchqun bilan alangalanadigan gaz dvigateliga qayta
    jihozlash (aylantirish). Buning uchun silindrlardagi siqish darajasi 8-9 gacha
    kamaytirilib, o’t oldirish tizimi va gazballon qurilmalari o’rnatiladi.
    Ikkinchi usul (gaz dizeli) dvigatelni ayni bir vaqtda dizel yonilg’isi va gaz
    bilan ishlashini ko’zda tutadi. Gazsimon yonilg’i uzatish uchun dvigatel gaz ballon
    qurilmasi bilan jihozlanadi. Gaz aralashtirgich orqali kiritish quvuriga uzatiladi va
    6 Borovskiy Y.I. va boshqalar «Avtomobillarning tuzilishi, texnik xizmat kо‘rsatish va ta’mirlash». Toshkent «Talkin» - 2008

    16


    havo bilan aralashgan holda silindrlarga so’riladi. Siqish taktini oxirida silindrlarga
    o’t oldirish uchquni rolini bajaruvchi dizel yonilg’isi purkaladi.
    Uning miqdori odatdagi dizel jarayonida sarflanadigan miqdorni 20 foizini
    tashkil qiladi. Bu usulda dvigatel konstruksiyasiga tub o’zgartirish kiritilishi talab
    qilinmaydi. Avtomobil dvigatellari uchun gaz dizel usuli keng tarqalgan. Ikkala
    usul ham aksariyat statsionar dvigatellari uchun qo’llaniladi.
    Gaz bilan ishlaydigan dvigatelning ish sikli benzinli dvinatelning ish sikli
    benzinli dvigatelning ish siklidan deyarli farq qilmaydi. Dvigatelini gazsimon
    yonilg’i-da ishlashi uchun avtomobilga o’rnatiladigan asbob-anjomlar (jihozlar)
    komplektini gaz ballonli qurilmalar deyiladi.
    Gaz ballonli qurilmalar asosan ikki xil turga ajratiladi: siqilgan va
    suyultirilgan gazlar uchun. Gaz ballonli qurilmani o’ziga xosligi shundan iboratki,
    gaz har qanday holatda ballonlarda katta bosim ostida oqib chiqadi. Shuning uchun
    tizimga gaz bosimini kamaytirish imkoniyatini yaratuvchi reduktor kiritiladi.
    Siqilgan gaz bilan ishlaydigan gaz ballonli uskunalarning prinsipial (asosiy)
    sxemasi 5-rasmda engil avtomobillarda joylashuvi sxemalari 6-rasmda keltirilgan.

    5-rasm. Gaz ballonli uskunalarning prinsipial (asosiy) sxemasi.


    1-ballonlar; 2-biriktiruvchi armatura; 3-po’lat naychalar; 4-sarflash jo’mragi;
    5-to’ldirish jo’mragi; 6-isitgich; 7-ishlatilgan gazlarni chiqarish tizimining quvuri;
    8-dozalovchi shayba; 9-magistral jo’mrak; 10-filtr; 11-reduktor; 12-quvur bilan ulovchi naycha;
    13-kiritish quvuri; 14-drossel zaslonkasi; 15-taglik; 16-purkagich; 17-karbyurator-aralashtirgich;
    18-forsunka; 19-salt ishlash naychasi; 20-past bosim manometri; 21-yuqori bosim manometri.

    17


    20 MPa bosimgacha siqilgan gaz ikki guruhga (I va II) ajratilgan har biri 50
    l xajmli yuk platformaning ostiga o’rnatilgan beshta po’lat ballonlarda 1 saqlanadi.
    Ballonlar bir-biri bilan o’zaro ulovchi armatura 2 va naychalar 3 bilan
    tutashtirilgan. Avtomobil ramasining differensiyalanishi natijasida naychalalr 3
    sinib ketmaslilgi uchun ular kompensatorlar bilan ta’minlangan. Gaz ballonlardan
    1 sarflash ventili 4 isitgich 6 orqali magistral ventilga 9 undan so’ng filtrda 10
    tozalanib, reduktorga 11 o’tadi. Reduktorda 11 gazning bosimi atmosfera
    bosimigacha kamaytiriladi.
    6-rasm. Gaz uskunalarining avtomobilda joylashuvi sxemasi.
    1 – ventilyasiya quvuri; 2 – germetik quti; 3 – armatura; 4, 11 – troyniklar;
    5 – aralashtirgich; 6 – dozator; 7 – boshqarish bloki; 8 – elektromagnit gaz klapani filtr bilan;
    9 – reduktor-bo'g'latgich; 10 – elektromagnit benzin klapani; 12 –salonni isitgich;
    13 – isitgich jumragi; 14 – yuqori bosim quvuri; 15 – dyuralyumin ballon; 16 – ejektorlar;
    17 – o'tish quvurchasi; 18 – quyish qurilmasi.
    Gazning bosimi keskin pasyishi (kengayishi) sababli, agarda uning tarkibida
    nam bo’lsa, muzlab qolib tizimni meyoriy ishlashini buzilishiga olib kelishi
    mumkin. Shuning uchun gaz isitgich 6 orqali uzatiladi. Gazni isitish uchun
    ishlatilgan gazlarning issiqligidan 7,8 foydalaniladi.
    Dvigatel ishlamay turganda reduktor gaz magistralini berkitib qoyadi.
    Ishlayotgan dvigatelda esa hosil bo’lgan siyraklanish evaziga gaz forsunka 18
    orqali karbyurator-aralashtirgichga 17 o’tadi va havo bilan aralashib, gaz-havo

    18


    aralashmasi tayyorlanadi. Salt ishlash rejimida gaz bevosita naycha 19 orqali
    drossel ostki qismiga kiritiladi.
    Yuqori bosim manometri 21 yordamida ballonlardagi gaz bosimi va unga
    proporsional ravishda miqdori nazorat qilinadi. Past bosim manometri 20
    yordamida esa reduktorning ishlashi nazorat qilinadi. Ikkala manometr ham
    avtomobil kabinasidagi asboblar taxtachasiga o’rnatilgan. Ballonlar gaz bilan
    ventil (jo’mrak) 5 orqali to’ldiriladi. Rasmda keltirilgan qurilma universal bo’lib,
    rezervdagi benzin yonilg’i tizimi tufayli, ehtiyot bo’lganda benzinda ham meyoriy
    ishlashlik imkoniyatini beradi.
    Suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan qurilmalarda gazni bug’simon holatga
    o’tishi maxsus issiqlik almashtirgichda, ya’ni bug’latgichda sodir bo’ladi.
    Suyultirilgan gaz qurilmasning o’ziga hosligi, undagi ish bosimi ballondagi gaz
    miqdoriga bog’liq bo’lmay, balki gaz , siqilgan gaz qurilmasidan farqli ravishda,
    ballondagi suyultirilgan gaz miqdorini aniqlash uchun aralashmasining komponent
    tarkibi va atrof-muhit haroratiga bog’liqligidadir. Suyultirilgan gaz
    qurilmasidamaxsus sath ko’rsatkich o’rnatilishi lozim bo’ladi.
    Suyultirilgan gaz platforma ostida o’rnatilgan va ramaning chap tomon
    lonjeroniga qotirilgan xajmi 225 litrli ballonda 20 saqlanadi. Ballonning old
    devoriga sarflash ventillari o’rnatilgan bo’lib, ular orqali gaz ballon o’lchagichidan
    (troynigidan) 19 tezlik klapaniga 18 o’tadi. Gaz yuqorida o’rnatilgan sarflash
    ventilidan esa suyuq fazadan olinadi (5-rasm).
    Suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan qurilmali avtomobilining ta’minlash
    tizimini (7-rasm) da keltirilgan.
    19

    7-rasm. Avtomobilning suyultirilgan gazli ta’minlash tizimining sxemasi:


    1-kiritish kollektori; 2-reduktordan salt ishlash tizimi aralashtirgichi;
    3-reduktor ва aralashtirgich orasidagi naycha; 4-reduktordan kiritish quvuri orasidagi shlang;
    5-reduktordan ishga tushirishtizimining elektromagnit klapani orasidagi naycha; 6-
    bug’latkichdan reduktor orasidagi naycha; 7-gaz aralashtirgichi; 8-gaz reduktori; 9-gaz
    reduktorining filltri; 10-ishga tushirish tizimining elektromagnit klapani; 11-ishga tushirish
    tizimi klapanidan aralashtirgich orasidagi naycha; 12-elektromagnit klapanidanbug’latgich
    orasidagi yuqori bosim shlangi;
    13-bug’latgich; 14-rezerv tizim karbyuratori; 15-elektromagnitli klapani; 16,17-naychalar; 18-
    tezlik klapani; 19-ballon uchligi (troynigi); 20-suyultirilgan gaz balloni.
    Uchlikdan (troynikdan) 19 gaz naychalar 16, 17 orqali elektromagnit
    klapaniga 15 o’tadi. O’t oldirish ulanganda gaz yuqori bosimli shlang orqali 12
    dvigatelning kiritish kollektoriga 1 o’rnatilgan bug’latkichga 13 uzatiladi.
    Bug’latgichdan 13 gaz ikki pog’onali reduktorga 8 kiradi va bosimini kamaytiradi.
    Reduktorning birinchi pog’onasidan oldin filtr 9 o’rnatilgan. Reduktorning
    ikkinchi pog’ona bo’shlig’idan gaz dozalovchi-ekonomayzer qurilmasiga o’tadi va
    undan dvigatelning ish rejimiga mos ravishda kerakli miqdordagi gaz
    aralashtirgichga 7 yuboriladi.
    Dvigatelning ishga tushirish tizimi dozalovchi jiklerli elektromagnit ishga
    tushirish klapani 10, naychalar va klapanni o’chirgichlarini o’z ichiga oladi. Sovuq
    dvigatelni o’t oldirishda ishga tushirish klapani ulangandan so’ng, gaz reduktorni

    20


    birinchi pog’onasidan bosim ostida naycha 2 orqali aralashtirgichni salt ishlash
    tizimiga o’tadi.
    Ta’minlash tizimining ishlashi haydovchi kabinasiga o’rnatilgan manometr
    orqali nazorat qilinadi. Reduktorning birinchi pog’onasidan so’ng gaz bosimi
    0,12¸0,15 MPa bo’lishi lozim.
    Gaz reduktorining vazifasi ballondan dvigatelga kirayotgan (o’tayotgan) gaz
    bosimini kamaytirish, dvigatelni ish rejimlariga mos ravishda aralashtirgichga
    uzatilayotgan gaz miqdorini avtomatik rostlash (o’zgartirish) hamda dvigatel
    ishlashdan to’xtaganda gaz magistralini bir lahzada uzib qoyishdan iborat.
    Konstruktiv nuqtai nazaridan avtomobil gaz reduktorlari dozalovchi,
    pasaytiruvchi qurilmalar va pnevmatik yuritmali ekonamayzerdan iborat
    membrana-richag turli ikki pog’onali avtomatik bosim rostlagichidir.
    Yuqori bosimli reduktor siqilgan gazning bosimini 20 dan 0,9-1,15 MPa
    gacha pasaytirish uchun mo'ljallangan. Reduktorda gaz bosimining pasayishi,
    uning klapan va o'rindiq orasidagi tirqishdan past bosimli kameraga o'tish chog'ida
    kengayishi oqibatida ro'y beradi. Siqilgan gaz yuqori bosimli bo'shliqqa shtuser
    orqali kirib boradi. Klapan bosuvchi prujina kuchining ta'siri ostida ochiladi. Bu
    kuch, qachonki membrana ostidagi gaz bosimi bilan muvozanatlashgunga qadar
    membrana va turtkich orqali klapanga uzatiladi. Kuchlar muvozanatlashgandan
    so'ng, klapan prujina ta'siri ostida yopiladi. Reduktor ishchi bosimni avtomatik
    tarzda ushlab turadi. Agar bosim 0,45 MPa dan past bo'lsa, reduktor klapani
    doimiy ochiladi, shunda haydovchi kabinasidagi nazorat chirog'i yonadi. Bordi-yu
    ishchi bosim qandaydir sabablarga ko'ra 1,7 MPa dan ortib ketsa, saqlagich klapan
    ishga tushadi.

    Gazisitkich gazni oldindan isitish uchun, ayniqsa, qishki davrlarda


    zarurdir. Isitkich bo'lmasa, gazda bo'lgan uglekislota va namlik yuqori bosimli
    reduktorda muzlab qolishi mumkin. Isitkichning qisqa kirish quvuri, egiluvchan
    metall shoxobcha vositasida shovqin so'ndirgichning chap tomondagi qabul qilish
    quvuriga ulangan. Ishlatilgan gazlar isitkichdan chiqarish qisqa quvuri orqali
    atmosferaga chiqarib yuboriladi.

    21


    Elektromagnit klapan-filtrga gaz reduktordan 0,9-1,15 MPa bosim ostida
    keladi. Filtr korpus, elektromagnitli klapan, namatli filtrlovchi element, qalpoq,
    kiritish va chiqarish shtuserlaridan tashkil topgan. O't oldirish tizimi uzib qo'yilgan
    paytda elektromagnit klapani prujina ta'siri ostida yopiq holatda bo'ladi va gazni
    past bosimli reduktorga o'tkazmaydi. O't oldirish tizimi ulanishi bilan klapan
    ochilib, mexanik aralashmalardan tozalangan gaz past bosimli reduktorga va undan
    so'ng aralashtirgich va karbyuratorga kirib keladi. Filtr qalpog'i korpusga
    o'rnatilganda, rezina halqa bilan zichlanadi.
    Past bosimli gaz reduktori membrana turidagi, kuchni diafragmadan
    klapanga richaglar vositasida uzatuvchi, bosimni ikki bosqichda avtomatik
    ravishda rostlovchi agregatdir. Reduktorning asosiy vazifasi aralashtirgichga
    kelayotgan gazlar bosimini pasaytirishdir.
    Reduktorda bosimni rostlash bilan bir paytda, dvigatelning turlicha ish
    rejimlariga zarur bo'lgan yonilg'i miqdorini, dozalovchi-ekonomayzer qurilmasi
    yordamida avtomatik tarzda rostlash ham amalga oshiriladi.
    Dvigatel ishlamay turganda reduktorning chiqish qismida gazning ortiqcha
    bosimini va gaz magistralining yanada ishonchli berkitilishini ta'minlash uchun
    dvigatelning kiritish quvuryo'liga ulanadigan membrana-prujina turidagi bo'shatish
    qurilmasi nazarda tutilgan.
    Reduktor ikki bosqichli bo'lib, ularning har biri rostlash klapani, rezinali
    to'qimadan tayyorlangan tekis membrana, prujina va membranani klapan bilan
    birlashtiruvchi richakga ega.
    Ta'minlashning benzinli purkash tizimi karbyuratordan va mexanik
    purkashlardan farq qiladi. Misol tariqasida ko'p nuqtali aralashmani purkash
    tizimin ko'rib chiqaylik. Tizimning tuzilishi va ishlash prinsipi sxemasi 7-rasmda
    keltirilgan.
    Aralashmani tayyorlash va uni injektor tizimiga uzatishni bort kompyuter
    tizimi boshqaradi.
    Injektor (forsunka) 21 bilan purkaluvchi yonilg'i miqdori elektron blok
    boshqaruvchi (EBB) 7 deb nomlanadigan bort kompyuterga keladi. Yonilg'i benzin

    22


    baki 5 dan benzonasos 3 yordamida filtr 4 kirituvchi quvurga keladi.
    Benzonasosdagi kuchlanish yoqish qulfidan qo'shgich 1 va rele 2 orqali olinadi.
    Yonilg'i kirish quvurlariga uning forsunkalari 21 yordamida dozalanib
    purkaladi, bunda elektr zanjiri EBB bilan ulangan holda bo'ladi. EBB dan
    keldaigan signal bo'yicha dvigatel yonish kamerasidagi yonilg'i miqdori
    o'zgartiriladi.
    Haydovchi kirish kollektori oldidan o'rnatilgan drossel zaslonkasi 23 ning
    holatini o'zgartirgan holda dvigatel tshlash rejimini boshqaradi.
    Havo uzatishni boshqarish salt yurish klapani 18 xizmat qiladi. Klapan EBB
    signali bo'yicha ishlaydi. Dvigatelga kelayotgan havoning miqdori haqidagi
    ma'lumotlar va tirsakli va taqsimlash vallarining holati, dvigatel harorati,
    detonasiya kabilar EBB ga o'rnatilgan datchiklar orqali olinadi.

    8-rasm. Ko'p nuqtali purkash tizimi.


    1 – «Benzin-Gaz» qo'shgich;2 – benzoasosni qo'shish relesi; 3 – benzonasos; 4 – yonilg'i filtri;
    5 – benzobak; 6 – bosim rostlagich; 7 – EBВ; 8 – injektor relesi; 9 – havo filtri korpusi; 10 –
    klapan; 11 – yoqish zamogi; 12 – elektron blok; 13 – dozator; 14 – past bosim reduktori;
    15 – elektromagnit klapan-filtr; 16 – harorat datchigi; 17 – gaz aralashtirgich; 18 – klapan;
    19 – datchik; 20 – lambda-zond; 21 – benzin injektori; 22 – datchik; 23 – drossel zaslonkasi;
    24 – elektrodvigatel; 25 – havo sarf o'lchagichi.

    23


    Chiqish traktida o'rnatilgan katalitik neytralizator zararli chiqindilar asosiy
    komponentlari CO, CH, NOx larning miqdorini yonilg'i bilan havo o'rtasidagi
    nisbatlarni (benzin va havo uchun 1:14,7; propan-butan uchun 1:16,1 va gaz uchun
    1:17,2 nisbatlarni) tezda normallashtiradi.
    Qo'llanilgan kislorod datchik lambda-zond ham deb ataladi. U doimiy
    ravishda yonish kamerasidagi yonmagan kislorod miqdorini bilvosita ko'rsatkich 1
    orqali ifodalaydi.
    Forsunka yonish kamerasida aralashmaning nisbati zaruriy miqdorlarini
    ta'minlab purkaydi, bunda koeffisient 1 salgina kichik yoki unga yaqin qiymatlarda
    bo'ladi. Shunday qilib katalitik neytralizatorning samarali ishlashi ta'minlanib
    beriladi. Hozirgi paytda purkab ta'minlash tizimining ko'plab pinsipial va
    konstruktiv sxemalari mavjud bo'lib, ular avtomobil dvigatellari konstruksiyalar,
    tuzilishi va boshqa texnik-iqtisodiy tavsifnomalariga ko'ra tanlanadi.

    II-BOB “Muammoli ta’lim metodi asosida ”Siqilgan gazda ishlaydigan gaz


    ballonli uskunalar” mavzusini o‘qitish
    2.1-§ Muammoli ta'lim texnologiyasi
    Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
    tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish
    uchun ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni
    XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni
    talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim
    va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur.
    Bugun jamiyat ta'lim maskanlari oldiga: maxsus qobiliyatini ularning
    mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib
    qo'ydi.
    Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta'lim texnologiyasi etakchi
    o'rinni egallaydi.
    Muammoli ta'lim – bu mantiqiy fikrlash jarayoni (tahlil, umumlashtirish va
    boshqa shu kabilar) va o'quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini
    (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehqtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta'lim va
    o'qitishning ilgari ma'lum bo'lgan usullarini qo'llash qoidalarining yangi tizimidir.
    Shuning uchun ham muammoli ta'lim ko'proq o'quvchi fikrlash qobiliyatining
    rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi.
    Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holda
    muammoli ta'lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish,
    shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida
    rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib qoladi.
    Muammoli ta'lim nazariyasi o'quvchi intellektual kuchining rivojlantiruvchi
    ta'limni tashkil qilishning psixologik – pedagogik yo'llari va usullarini tushuntiradi.
    Muammoli vaziyatlarning roli va ahamiyatini aniqlash o'quvchi faol fikrlash
    faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini izchil ravishda hisobga olish
    asosida o'quv jarayonini qayta qurish g'oyasiga olib keldi. Yangi pedagogik

    29


    faktlarni nazariy jihatdan mulohaza qilib ko'rish asosida muammoli ta'limning
    asosiy g'oyasi aniqlanadi: muammoli ta'limda bilimning deyarli katta qismi
    o'quvchilarga tayyor holda berilmaydi, balki o'quvchilarning tomonidan muammoli
    vaziyat sharoitlarida mustaqil bilish faoliyati jarayonida egallab olinadi.

    Muammoli ta'limning asosiy vazifalari


    Umumiy vazifalar Maxsus vazifalar

    O'quvchilar tomonidan tizimi va
    aqliy hamda amaliy faoliyat
    usullarining o'zlashtirilishi

    Bilimlarni ijodiy o'zlashtirish mala-


    kasini tarbiyalash, ya'ni mantiqiy
    usullar va ijodiy faoliyatning alohida
    yo'llarini qo'llash

    O'quvchilarning mustaqil bilish va


    ijodiy qobiliyatlarining o'stirish

    Bilimlarni ijodiy qo'llash malakasi,


    ya'ni o'zlashtirilgan bilimlarni yangi
    vaziyatlarda qo'llashni hamda o'quv
    muammolarini echa bilish
    ko'nikmasini hosil qilish

    O'quvchilar dunyoqarashining asosi


    bo'lgan ijodiy, erkin, mustaqil va
    tanqidiy fikrlashlarini tarkib toptirish

    Ijodiy faoliyat tajribasini tarkib


    toptirish va to'plash

    Natija

    Ta'limning ilmiy saviyasini
    oshirish

    Ilmiy dunyoqarashni


    shakllantirish samaradorligini
    oshirish

    30


    Ma'lumki, shaxsning har tomonlama va garmonik rivojlanishining muhim
    ko'rsatikichi – yuqori darajada fikr yuritish qobiliyatining mavjudligidir. Agar
    ta'lim ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga olib borsa, u holda uni so'zning zamonaviy
    ma'nosida rivojlanuvchi ta'lim deb hisoblash mumkin.
    Rivojlanuvchi ta'lim deb, ya'ni umumiy va maxsus rivojlanishga olib
    keladigan shunday ta'limni hisoblash mumkinki, unda o'qituvchi fikr yuritishning
    qonuniy rivojlanishni bilimga tayangan holda, maxsus pedagogik vositalar
    yordamida o'z o'quvchilarini fan asoslarini o'rganish jarayonida fikrlash qobiliyati
    va bilish ehtiyojini shakllantirishga oid maqsadga yo'naltirilgan ish faoliyatini olib
    boradi.
    O'qitish jarayoniga muammoli o'qitish texnologiyasini qo'llash uchun
    o'qituvchi quyidagi masalalarni hal qilishi lozim:
    1. O'quv dasturi bo'yicha mavzularni muammoli dars shaklida o'tish
    mumkinligini;
    2. Mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib
    chiqaradigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik,
    tizimlilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik prinsiplariga amal qilish;
    O'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni
    ta'minlaydigan vosita va usullarini aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali
    foydalanish yo'llarini belgilash zarur.

    31


    2.2-§ Muammoli ta'lim texnologiyasining yo'nalishlari va muammoni
    yaratish texnologiyasi

    O'quvchilarda fanning turli sohalaridan iloji boricha kengroq ma'lumotlarni


    o'zlashtirishi bilan birga ularda mustaqillik, hayotga ijodiy munosabat malakalarini
    tarkib toptirishi kerak. Ana shu maqsadda o'qitishni o'quvchilarning u yoki bu
    shakldagi ta'limiy faoliyati tadqiqotni eslatadigan, o'quvchilar uchun “kashfiyotlar”
    bilan tugaydigan, ya'ni ular mustaqil holda xulosa chiqaradigan va qandaydir
    amaliy vazifani hal qiladigan metodlarga asoslanish taklif etiladi.
    Muammoli ta'lim masalalari bo'yicha juda ko'plab tadqiqot ishlari amalga
    oshirilgan va bu ishlar hozirgi kunda ham doimiy ravishda amalga oshirilib
    borilmoqda. Hozirgi kunda kasbhunar kollejlarida мuammoli ta'lim metodlari
    orasida quyidagi beshta asosiy metodlar farqlanadi:
    1. Tadqiqot metodi. Bu metod, birinchidan, bilimlarni ijodiy qo'llanishini
    ta'minlashga, ikkinchidan, ilmiy bilish metodlarini izlash jarayonida mazkur
    metodlarni va ularning qo'llanishini o'zlashtirishga qaratiladi. Uchinchidan,
    ijodkorlik faoliyati xislatlarini shakllantiradi, to'rtinchidan, ana shunday faoliyatga
    qiziqish hamda ehtiyojni tarkib toptirishning sharti hisoblanadi.
    Ana shu xususiyatlarni nazarda tutib metodni o'quvchilarning o'zlari uchun
    yangi muammoni hal qilish bo'yicha ijodkorlik faoliyatini tashkil etish yo'li sifatida
    ta'riflash kerak. O'quvchilar o'zlari uchun yangi sanalgan muammolarni hal
    qiladilar. Tadqiqot metodida topshiriqlarning shakli har xil, masalan, sinfda va
    uyda tez bajariladigan topshiriqlar, dars jarayonini taqozo etadigan ishlar, ma'lum,
    lekin cheklangan muddatga mo'ljallangan uy vazifalaridan iborat bo'lishi mumkin.
    Chunonchi jamoa xo'jaligining, zavodning, mazkur aholi punktidagi tashkilotning
    tarixini o'rganishga doir topshiriqlar g'oyat foydali va samarali tadbirlardir.
    Tadqiqot metodining bosqichlari:
    1) faktlar va hodisalarni kuzatish hamda o'rganish;
    2) tadqiqotga doir tushunarsiz hodisalarni oydinlashtirish;
    3) gipotezani olg'a surish;

    32


    4) tadqiqotning rejasini tuzish;
    5) rejani amalga oshirish;
    6) echimni tuzish;
    7) echimni tekshirish;
    8) amaliy xulosalar.
    Tadqiqot metodida ham og'zaki va matbuot so'zlari, ko'rsatmali vositalar,
    amaliy, yozma va grafik ishlar, laboratoriya ishi va hakazolardan foydalaniladi.
    2. Qisman izlanish yoki evristika metodi. O'quvchilarni asta - sekin
    muammolarni mustaqil hal qilishga yaqinlashtirish uchun ularga avvalo echimning
    ayrim bosqichlarini bajarishni o'rgatish, ularda asta - sekin ko'nikma hosil qilish
    zarur. Tadqiqot metodining birinchi variantida o'quvchilarga ko'rsatilgan rasmga
    va so'zlab berilgan mazmunga savollar tuzishni tavsiya etish orqali muammolarni
    ko'ra olish, aytilgan faktlardan xulosa chiqarish o'rgatiladi.
    Mazkur metodning boshqa bir varianti murakkab masalani tushunilishi oson
    va har qaysisi asosiy masalani echishga yaqinlashishni engillashtiradigan kichik
    masalalarga ajratishdan iboratdir.
    O'zaro bog'liq savollardan tashkil topadigan evristik suhbatni tuzish tadqiqot
    metodining uchinchi varianti bo'lib, mazkur savollarning har biri muammoni hal
    qilish yo'lidagi qadam hisoblanadi va ko'plari o'quvchilardan faqat o'z bilimlaridan
    foydalanishni emas, balki izlanishlarni amalga oshirishni ham talab qiladi.
    3. Tushuntirish, namoyish etish metodi. Bu metodning asosiy vazifasi
    o'quvchilarning axborotni o'zlashtirishini tashkil etishdir. Uni axborot – reseptiv
    metod, deb ham ataladi. (resepsiya - idrok ) va unda o'qituvchi bilan o'quvchi
    faoliyati davom etadi.Bu faoliyat shundan iboratki, o'qituvchi tayyor axborotni
    turli vositalar bilan beradi, o'quvchilar esa ana shu faoliyatni idrok etadilar va eslab
    qoladilar. O'qituvchi axborot berishni og'zaki so'z (hikoya), matbuot (darsliklar,
    qo'shimcha qo'llanmalar) dagi iboralar, ko'rsatmali qurollar va hokazolar
    yordamida amalga oshiradi.

    33


    O'qituvchilar bilimlarni o'zlashtirish uchun zarur ishlarni bajaradilar – yangi
    axborotni tinglaydilar, ko'radilar, o'qiydilar, kuzatadilar va uni ilgarigi
    o'zlashtirilgan axborot bilan taqqoslaydilar, xotiralarida olib qoladilar.
    4. Muammoli bayon qilish. Ushbu metodning mohiyati o'qituvchi
    muammoni qo'yib, uni o'zi hal qilishi va echimning ahamiyatini o'quvchilarga
    tushunarli ziddiyatlar orqali ko'rsatishdan iboratdir.
    O'quvchilar echimga olib boradigan yo'lning mantig'ini, tavsiya etilgan
    gipotezalarning haqiqatga o'xshashligini, isbotlarning ishonchliligini kuzatadilar.
    Ular dastlabgi paytlarda xulosalarga ishonmasalar ham, lekin keyinchalik
    muammoli bayon bilan muammolarni mustaqil hal etish jarayoni asta – sekin
    muvofiqlashuvi natijasida xulosalar chiqaradigan, ehtimol o'z muhoqamalarining
    mantig'ini tuza oladigan bo'lib qoladilar. Shunga ko'ra o'qituvchi mustaqil hal eta
    oladigan muammolardan murakkabroq muammolarni tanlash mumkin.
    5. Reproduktiv metod. O'quvchilar ko'nikma va malakalarni egallashi, shu
    bilan bilimlarni o'zlashtirishning ikkinchi darajasiga erishishi uchun o'qituvchi
    topshiriqlar tizimi orqali ularning o'zlariga berilgan bilimlarni bir necha marta
    eslatadi. U topshiriqlar beradi, o'quvchilar esa topshiriqlarni bajaradilar – o'xshash
    masalalarni echadilar, namunaga qarab turlaydilar va tuslaydilar. O'qituvchining
    necha marta va qanday oraliqlarda takrorlashi o'zining qobiliyatiga, topshiriqning
    qiyin yoki osonligiga bog'liq.
    Muammoli boshlash bilan bayon qilish.
    O'qituvchi yangi bilimlarni bayon qilishni boshlashda muammoli vaziyatni
    yaratsa, keyin o'quv materialini an'anaviy, axborot usulida tushuntiradi.
    Muammoli vaziyat faqat tushuntirishning boshida vujudga keltiriladi,o'quv
    materialining o'zi muammoni hal qilish sifatida bayon etilmaydi. U eng oddiy
    hisoblanadi va muayyan vaqt davomida qo'llaniladi. Umuman olganda muammoli
    vaziyatni qanday tushuntirish o'qituvchining iqtidori, tajribasiga bog'liqdir.
    Muammoli ta'lim talabalarning fikrlash jarayonini ishga solib, ularning
    mavhum tafakkuri, analitik-sintetik faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, chunki, bu
    texnologiya talabadan muammo asosida bayon etilgan o'quv materialining

    34


    echimini topishni taqozo qiladi. O'quvchilar materialni tayyor holda emas, balki,
    o'zlari uchun yangi faktlar va hodisalarni ularga ilgari ma'lum bo'lgan bilimlarga
    tayanib taqqoslash yo'li bilan tushuntirib borishlari kerak bo'ladi. O'quv jarayoni
    talabalar tafakkurining yuksak faolligiga erishib, ularning mustaqilligini asta –
    sekin o'stirib borish yuli bilan o'tadi.
    Muammoli vaziyat- sub'ekt (o'quvchi) bilan ob'ekt (masala) o'zaro ta'sirining
    o'ziga xos turi. Muammoli vaziyat avvalo o'quvchining fan to'g'risida, topshiriqni
    bajarish usullari yoki shartlari to'g'risida yangi bilimlarni «kashf etishni»
    (o'zlashtirishni) talab etadigan vazifani bajarish jarayonida paydo bo'ladigan
    muayyan psixik holatni xarakterlaydi. Muammoli vaziyat quyidagi hollarda
    vujudga keladi:
    1. O'quvchilarning bilimlari bilan ular yangi o'quv vazifalarini hal
    qilayotganlarida ularga qo'yiladigan talablar o'rtasida nomuvofiqlik sezilib qolgan
    paytda muammoli vaziyat paydo bo'ladi. O'quvchi o'z bilimining etarli darajada
    chuqur emasligiga yoki nihoyatda yuzaki ekanligiga ishonch hosil qilganida unda
    yangi nazariy va amaliy bilimlar hamda ko'nikmalar hosil qilishga, ulardan
    foydalanish usullarini o'zlashtirib olishga extiyoj tug'iladi.
    2. O'quvchi o'z bilimlari sistemasidan foydalanganda vazifani to'g'ri hal
    qilish imkonini bera oladigan birdan – bir zarur bilimlarni tanlab olishni bilolmay
    qolgan paytda muammoli vaziyat paydo bo'ladi. Agar vazifani to'liq bo'lmagan
    ma'lumotlar bilan hal etish o'quvchini mustaqil bilim olish yuliga solsa, o'quvchi
    oldiga ortiqcha ma'lumotlar bilan hal etiladigan vazifalar qo'yish- o'quvchini
    bilimlarni tanlash va baholashga majbur etadi, ya'ni uning mustaqil izlanish
    faoliyatini faollashtiradi.
    3. O'quvchi o'z bilimlaridan foydalanishning yangi amaliy shart –
    sharoitlariga duch kelib qolganda muammoli vaziyat vujudga keladi. Aslida bu o'z
    bilimlarini amalda qo'llash yullarini izlashdan iborat bo'ladi.
    4. Vazifani hal etishning nazariy yuli bilan tanlangan usulning amaliyotda
    amalga oshirib bo'lmasligi o'rtasida, shuningdek vazifani hal etishning amalda
    erishilgan natijasi bilan uni nazariy jihatdan asoslanganligi o'rtasida ziddiyat

    35


    yuzaga kelganda muammoli vaziyat paydo bo'ladi. Mashina va mexanizmlarni
    hamda texnologik jarayonlarning konstruktiv masalalarini hal etish, ularni texnika
    jihatidan modellashtirish hamda rasionalizasiya qilish vazifalarini hal etish vaqtida
    bu kabi muammoli vaziyatlardan foydalanish alohida ahamiyatga ega bo'ladi.
    O'qituvchi qo'ygan va o'quvchilar qabul qilgan muammolarni hal etish
    muammoli vaziyatni tahlil qilishdan, undagi qarama – qarshiliklarni tushunib
    olishdan va hal etilishi talab qilinayotgan konkret nazariy va amaliy masalani asta
    – sekin ifodalab berishdan boshlanadi. Oqibat natijada har bir o'quvchi bir qancha
    shunday savollarga duch kelib qoladi-ki, bu savollar undan gipotezalar qilishni,
    ularni asoslab berish, tekshirish hamda olingan natijalarni baholashni talab etadi.
    Muammoni hal etish yo'lini topish uchun shunchaki qo'shimcha faktlar
    to'plashning o'zi etarli bo'lmaydi. U o'quvchilarning o'z tajriba va bilimlarini qayta
    ishlab, qo'llashga qaratilgan shaxsiy fikrlash qobiliyatlari bilan albatta bog'liq
    bo'ladi. O'quvchilar muammoni hal etar ekanlar, o'zlari uchun go'yo bir yangi
    olamni, u paytgacha o'zlariga noma'lum bo'lgan olamni yangidan ochganday
    bo'ladi. Natijada javoblarni mustaqil qidirish ularning bilimga bo'lgan qiziqish va
    extiyojlarini qondirishga hamda o'stirishga olib keladi, o'quv mehnatini quvonchga
    aylantiradigan ijobiy shaxsiy his-tuyg'ularning paydo bo'lishiga olib boradi.
    Olg'a surilgan muammoning hal etilishi muammo asosida ta'lim berishning
    asosiy momenti bo'lib, u o'qituvchidan o'quvchilarning fikrlash faoliyatlarini
    mahorat bilan boshqarishni talab qiladi. O'qituvchi materialni tushuntirib
    bermasdan, faqat o'quv muammosini ilgari surishi uchun o'quvchilar u muammoni
    mustaqil tushunib olishlari, uni hal qilish usullarini qidirib topishlari hamda bu
    sohada muayyan xulosalar chiqarishlari lozim. Buning uchun, ular o'qituvchi
    rahbarligi ostida muammoni hal etish ustida mustaqil ishlash malakalarini asta –
    sekin hosil qilib borishlari kerak. Shu maqsadda o'qituvchi birinchi bosqichda
    muammo qo'yib o'quvchilarga hal etish yo'lini ko'rsatib beradi, shu tariqa
    o'quvchilarni bilish metodlari bilan qurollantiradi.
    Ikkinchi bosqichda o'qituvchi o'quvchilar oldiga muammo qo'yib
    bo'lganidan keyin o'quvchilarni bu muammoni hal etish yo'llarini qidirib topishga

    36


    da'vat qiladi. Yoki o'quvchilarning fikrlash faoliyatlarini maqsad sari yo'llaydigan
    hamda ularni izchillik bilan qo'yilgan muammoni hal etish tomon etaklaydigan
    juz'iy savollar beradi.
    Keyinchalik, o'quvchilarda mustaqil ishlash malakalari o'sa borgan sari,
    o'rtaga qo'yilgan muammoni hal etishda o'qituvchining beradigan yordami asta –
    sekin qisqarib borishi lozim va oqibat natijada o'qituvchi qo'yilgan muammoni
    o'quvchilarning mustaqil hal qilishlariga erishadi (3- bosqich). Jumladan, bu
    bosqichda o'quvchilarga muammoni hal etishning shunday bir xilini tavsiya etish
    mumkin. Muammoli vaziyat vujudga keltirilgandan keyin o'qituvchi namoyish
    qilib ko'rsatiladigan tajriba o'tkazadi, tajriba vaqtida tushuntirib o'tirmaydi.
    O'quvchilar o'z kuzatishlari asosida va ilgari hosil qilgan bilimlaridan foydalanib,
    tajribadan o'zlari xulosa chiqaradilar.
    Qo'yilgan muammoni hal etish jarayonini ham o'quvchilarning ishlab
    chiqarish tajribasi va hayotiy kuzatishlaridan foydalanib, xuddi mana shu tarzda
    echish mumkin. O'quvchilar o'quv ustaxonalarida yoki korxonalarda ishlar ekanlar,
    har kuni turli mashinalarga, asbob – uskunalarga, materiallar va apparatlarga duch
    keladilar, ularning ishlab chiqarishda qanday qo'llanilishini kuzatadilar, bir qancha
    texnika hodisalari bilan ularni hali sinfda o'rganishga kirishmaslaridanoq amalda
    tanishib oladilar. Mana shu hodisalardan va o'quvchilarning hayotiy
    kuzatishlaridan foydalanish o'quvchilarni dars vaqtida qo'yilgan o'quv
    muammolarini hal qilishga jalb etish imkonini beradi.
    Dars jarayonida muammoli vaziyatlar yaratish, ularni hal qilish yo'llarini
    izlash va aniqlash, muammoni hal qilish jarayonining o'zi, chiqarilgan
    xulosalarning qanchalik to'g'ri ekanligini amalda tekshirib ko'rish o'quv
    jarayonining muhim elementlari bo'lib qolmoqda.
    Dars jarayonida muammoli vaziyatlarni hosil qilish o'quvchilar aktiv aqliy
    faoliyatning zarur shartidir. O'quvchi oldiga muayyan vazifa qo'yiladi, bu vazifa
    unda qiziqish uyg'otadi va o'quvchi bu vazifani hal qilishga urinadi, ammo o'z
    bilimlari hamda tajribalari etarli darajada to'la va chuqur emasligini payqaydi, ya'ni
    aniq qiyinchilikka duch keladi. O'quvchida hosil bo'lgan vaziyatdan chiqish yo'lini

    37


    topishdek ichki extiyoj paydo bo'ladi, qiyinchilikni his etish paydo bo'lgan
    sharoitni tahlil qilishga va qo'yilagn masalani echish yo'llarini topishga undaydi.
    Shunday qilib, bilish lozim bo'lgan va amaliy vazifalar bilan o'quvchilarning
    bilimlari darajasi orasida ziddiyatlar paydo bo'ladi, bu ziddiyatlar yuzaga kelgan
    qiyinchilikni bartaraf etishga qaratilgan intensiv fikrlash faoliyatini
    o'yg'otadi.Ukuvchiga taklif etiladigan muammoli vazifa ukuvchining intellektual
    imkoniyatlariga mos kelishi zarur. Vazifaning kiyinlik darajasi ikkita asosiy
    kursatkich: uzlashtirilishi kerak bulgan ukuv materialining yangilik darajasi va
    uning umumlashtirilganlik darajasi bilan baholanadi.
    Odatda, muammoli vazifa o'zlashtirilishi lozim bo'lgan o'quv materialidan
    oldin berilishi zarur. Ammo o'quvchilarda muammoli vazifani hal qilish uchun
    etarli darajada bilim va o'quvlar bo'lmasa, ularga zarur ma'lumotlarni bayon etish
    yoki ularni muayyan harakatlarga o'rgatish lozim. Bunday hollarda o'qituvchi
    jarayonlarning xususiyatlari, aniq ma'lumotlar va shu kabilarni aytib beradi,
    o'quvchilar esa ana shu ma'lumotlar asosida, o'rganiladigan harakatlarning umumiy
    konuniyatlarini, bajarish usullari hamda shartlarini ijodiy o'zlashtiradilar.
    O'quvchilarning muammoli masalalar echish yo'li bilan yangi bilimlarni
    o'zlashtirish jarayoniga o'qituvchi doimo bevosita rahbarlik qilishi kerak. Bilim va
    harakatlarning ma'lum darajada murakkab sistemasini muammoli o'zlashtirishini
    ta'minlash uchun muammoli vaziyatlar yaratishda muayyan sistemaga rioya qilish
    kerak. Shuning bilan birgalikda qo'yiladgan muammo avvaldan hal etilishi yo'llari
    va o'quvchi tomonidan bildiriladigan echimlar taxminan nazarda tutilishi kerak.
    Shuni ta'kidlab o'tish zarurki, darsda muammoli vaziyatlar hosil qilish oqibat
    natijada aniq o'quv materialini ongli ravishda o'zlashtirishga qaraganda ancha ko'p
    narsani bilishga yordam beradi, chunki o'quvchilar ularni hal etib, fikrlashga,
    mulohaza yuritishga, xulosalar chiqarishga o'rganadilar. O'qitishning bunday
    uslubi insonni faol, ijodiy uylaydigan qilib tarbiyalashga yordam beradi. Uning
    barcha turdagi vaziyatlardan ijobiy yo'l bilan hal qilib chiqishiga yaqindan yordam
    beradi.

    38


    2.3-§ Muammoli metod va uning qo'llanilishi
    Kasb hunar kollejlari o'quvchilarining fanni o'zlashtirish darajalari shu
    fanning mavzularini yoritishda qo'llaniladigan metodlar, uslublar va
    texnologik ketma ketliklar majmuasiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. Chunki
    ularning aynisa mutaxassis fanlari bo'yicha kasb egallashlari uchun
    qiziqishlari yuqori darajada bo'lib, oladigan nazariy bilimlar va amaliy
    ko'nikmalar darsni qanday olib borish, uning natijasida erishilgan ijobiy
    natijalar bilan belgilanadi.
    Keyingi vaqtda pedagog va psixologlar ta’lim berishning muammoli
    usuliga katta qiziqish bilan qaramoqdalar. Bu usulga kо‘ra bilimlarni
    о‘zlashtirish hamda malaka va mahoratlarini shakllantirish о‘quvchilarning
    mustaqil amaliy va aqliy faoliyati orqali amalga oshiriladi. Muammoli ta’lim
    berish usulidan foydalanilganda о‘quvchilar eslab qolish uchun tayyor
    bilimlarni olibgina qolmay, balki, mazkur bilimlarni mustaqil ravishda
    egallashni ham о‘rganadilar. О‘quvchilar aqliy faoliyatning sinchkovlik bilan
    chiqarilgan xulosalarni isbot qila olishlik hamda ularning tо‘g‘riligiga dalillar
    keltira bilishlik singari muhim xislatlari ham shakllanadi.
    Muammoli ta’lim berish usuli о‘quvchilarni faolashtirishning muhim
    shaklidir. Uning asosiy elementlari muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish,
    ularni yuzaga keltirish usullarini izlash, muammoni hal etish jarayoni va
    xulosalarning tо‘g‘riligini amaliy jihatdan tekshirish. О‘quvchilarning oldiga
    ularda qiziqish va uni hal etishga havas uyg‘otadigan vazifa qо‘yiladi, biroq
    ularning bilim va tajribalari yetarlicha emasligi ma’lum bо‘ladi. О‘quvchilar
    vujudga kelgan vaziyatdan chiqish yо‘lini izlashga bо‘lgan ichki extiyojini his
    etadilar. Mavjud ahvolni tahlil qilishga, izlanishga undaydi. Bilishgi oid yoki
    amaliy vazifa bilan jadal fikrlash faoliyatiga sabab bо‘luvchi о‘quvchilarning
    bilim darajasi о‘rtasida qarama-qarshilik vujudga keladi.
    О‘quv ishlari tajribasi muammoli usulni uch bosqichga bо‘lish maqsadga
    muvofiq ekanligini kо‘rsatadi.

    39


    I-bosqich. Qо‘yilgan muammoni о‘qituvchining о‘zi hal etadi, chunki uni
    mustaqil ravishda hal etish uchun о‘quvchilarda hali bilim ham, malaka ham
    yо‘q. Bu bosqich ko'pinchalik dars boshlanishiga to'g'ri keladi.
    2-bosqich. Muammoni hal etishga о‘quvchilar jalb qilinadi. Ular
    yechimning ba’zi elementlarini mustaqil ravishda bajaradilar.
    3-bosqich. Butun vazifa yoki muammoni о‘qituvchi rahbarligida
    о‘quvchilar hal etadi.
    Qo‘yida ichki Siqilgan gazda ishlaydigan gaz balonli uskunalar tuzilishi,
    avtomobilga o'rnatilishi va ishlash prinsiplarini o'rganish bo'yicha muammoli
    ta’lim berish elementlari bo‘lgan dars namunasi keltiramiz.
    Dars mavzusi: “Siqilgan gazda ishlaydigan gaz ballonli uskunalar”
    Darsda hal qilinadigan muammo. Avtomobilda gaz ballonli uskunalarning
    qo'llanishi zaruratini, ularning tuzilishi va ularga texnik xizmat ko'rsatish
    jarayonlarini tahlil qilish. Keyingi brsqich rivojlanishlari to'g'risida
    ma'lumotlarga ega bo'lish.
    Siqilgan gazda ishlaydigan gaz ballonli uskunalar avtomobilni tabiiy
    gazdan olinadigan propan-butan yoki metan gazlari bilan motor yonig'isi sifatida
    ta'minlash uchun xizmat qiladi. Ayniqsa bu holat hozirgi jahon iqtisodiy
    inqirozi sharoitida muhim ahamiyatni kasb etadi. Chunki avtomobilda
    benzinning qo'llanilishi uning tannarxi qimmatligi, neft zahiralarining
    cheklanganligi, uni qayta ishlash jarayoni murakkabligi va benzinning tarkibiga
    inson salomatligi uchun zararli bo'lgan tetraetil qo'rg'oshinning qo'shilganligi va
    boshqa shu kabilar izohlanadi.
    Darsda muammoni shakllantirishni o'quvchilar ishtirokida tahkidlanadi.
    Buning uchun o'quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
    - Gaz ballonli uskunalar nima uchun xizmat qiladi?
    - Tabiiy gazning qo'llanilishi havfli emasmi?
    - Gaz avtomobilning zaruriy texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini ta'minlab
    bera oladimi?

    40


    - Gaz uskunalarini avtomobilga o'rnatish avtomobilning tannarxiga ta'sir
    qilmaydimi?
    O'quvchilar keltirilgan savollarga o'zlarining bilim darajalari va hayotda
    ko'rgan eshitgan fikrlari orqali javob beradi. O'quvchi javoblarga to'g'ridan-
    to'g'ri yondoshmasalarda umumiy holda o'z fikrlariga ega bo'lib ularni keltiradi.
    Yoki javobni boshqacharoq ma'noda aytsinlar. O'qituvchi o'quvchilarning
    javoblarini va bildirgan barcha fikrlarini tartibga soladi va talabalarga murojaat
    qilgan holda quyidagi savollar va fikrlarni keltirishi mumkin:
    «Shunday qilib, sizlar qo'yidagilarni aytdingiz…». Agarda o'quvchilar
    savollarning javoblarida to'liqlikga erishmagan bo'lsalar, yordamchi savol berib,
    oydinlashtirish mumkin. Darsda umumiy muammo qo'yiladi.
    Avtomobillarda gaz ballonli uskunalarning qo'llanilishi va uning ishlashi
    priinsiplari muammosini hal etish uchun nimalarni aniqlash lozim, savolga taklif
    mulohazalar bildirilishi mumkin, ammo muammoning to'liq ifodalanishiga umid
    bog'lash kerak emas. O'quvchilar diqqatini jalb etgan holda o'qituvchi
    muammoni ifodalab berishi lozim.
    Masalan: Siqilgan gazlarda ishlaydigan avtomobillarda qo'llaniladigan
    uskunalarning qo'llanilishi, tuzilishi, havfsiz ishlash jarayoni va unga texnik
    xizmat ko'rsatishni hal etish uchun qo‘yidagi muammolarni yechish zarur:
    - gazdan motor yonilg'isi sifatida foydalanish zaruratlari;
    - gaz ballonli uskunalarning avtomobillarda qo'llanilishi imkoniyatlari;
    - uskunalarning tuzilishi va uni tashkil etuvchi qismlar, ularning avtomobilda
    joylashuvi tartiblari;
    - uskunalarning qo'llanilishi texnik-iqtisodiy ahamiyati;
    - uskunalarning havfsiz ishlashini ta'minlash jarayonlarining tashkil etilishi;
    - uskunalarga texnik xizmat ko'rsatish va ularning standart avtomobillardan
    farqlari va shu kabilar.
    Birinchi muammoning hal etilishi. Gazdan avtomobil yonilg'isi sifatida
    foydalanish zarurati muammosini o'rganishda gazning arzonligi va zahiralari
    ko'pligi, benzinga nisbatan ekologik jihatdan toza ekanligi va avtomobillarda

    41


    qo'llaniilishi uchun maxsus uskunalardan foydalanish zarurligi kabilar
    ko'rgazmali qurollar va slaydlar yordamida keltiriladi. Gaz ballonli
    uskunalarning qo'llanilishi zarurati va undagi muammolar belgilab olinadi.
    Tezkor savollar bilan murojaat qilinadi: Gaz foydalanilagnda detonasiya
    bo'ladimi? Hozirgi paytda benzin va gazning tannarxi qancha; Qo'yiladigan
    uskuna iqtisodiy jihatdan samara beradimi? Uskunalarning konstruksiyalari
    qanday bo'lishi kerak? Uskunalar avtomobilga qanday o'rnatilsa ma'qul bo'ladi?
    Ushbu savollarga o‘quvchilarning qo‘yidagi tarzda javob berishlari talab
    qilinadi: Metan va propan-butan aralashmalarining benzinga nisbatan arzonligi
    va respublikamizda gaz zahiralarining ulkan darajada ekanligi, gazda oktan soni
    yuqoriligi va detonasiya sodir bo'lmasligi, gazning benzindan 2-3 barobar
    arzonligi, avtomobilning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari ta'minlanishlari, benzin
    dvigatellariga gaz ballonli uskunalarni qo'yish mumkinligi va ularning ketma ket
    ishlashi sharoiti borligi, Uskuna iqtisodiy jihatdan to'liq o'zini qoplashligi,
    konstruksiyalarning tuzilishi, uskunaning avtomobillarda qo'llanilishi davr talabi
    ekanliklari. Endi uskunalarning avtomobillarga o'rnatilishi va tuzilishlarini,
    uskunalarning qanday shaklda tayyorlangan turli variantlarini bevosita
    taqqoslash va namoyish etish yо‘li bilan kо‘rib chiqamiz.
    Gaz ballonli uskunalarning hozirgi paytda 4 ta avlodi jahonda engil va
    yuk va boshqa turdagi ixtisoslashgan avtomobillarda qo'llanilmoqda. Barcha
    turdagi avtomobillarda gaz ballonlari avtomobilning havfsiz joyiga o'rnatiladi.
    Gaz ballonli uskunalar suyultirilgan va siqilgan gazlarda ishlaydi. Siqilgan
    gazlarda ishlaydigan uskunalar suyultirilgan gazda ishlaydigan uskunalarga
    nisbatan (asosan gaz balloni) og'ir bo'lganligi uchun yuk avtomobillari va
    avtobuslarda keng qo'llaniladi.
    Gaz ballonli uskunalar uchun ahamiyatli bo'lgan qismlar - gaz balloni,
    multiklapan, yuqori bosimli gaz magistrali, chiqarilgan yonilg'i quyish
    qurilmasi; gaz elektromagnit klapan-filtr; reduktor-bo'g'latgich; dozator; gaz-
    havo aralashtirgich; benzin elektromagnit klapani; “gaz-benzin” qo'shgich.

    42


    O‘quvchilar o‘qituvchining topshirig‘i bo‘yicha gaz ballonli uskunaning
    soddalashtirilgan sxemasini chizadi. Mazkur sxemada ular chizgan sxema
    yordamida qismlarning o'zaro joylashuvlari va ularning ketma ketligi, quvurlar
    orqali bog'lanishlarning to'g'riligi aniqlashtirilgandan keyin o‘qituvchi
    tomonidan ko‘rsatilgan tizimlar va ularni sxemada yoritilishiga bo'lgan talablar
    asoslarida qo‘yib chiqadilar. Uskunaning asosiy qismlaridan biri gaz balloni
    hisoblanadi. Uning funksiyasi, materiali, ishlash prinsipi o'rganiladi. Ballondagi
    gaz bosimlari va uni to'ldirishdagi qiymatlari tushuntiriladi. Suyultirilgan va
    siqilgan gazlar uchun qo'llaniladigan gaz ballonalri ularning bir biridan farqi,
    gaz ballonlarining turlari va bajarilishi konstruksiyalari aytilib silindrik va toroid
    ballonlarning sxemasi doskada chiziladi.
    Keyin multiklapan va uning vazifasi; yuqori bosimli gaz magistrali va
    undagi bosim qiymatlari, hamda ularnitayyorlash uchun materiallar; chiqarilgan
    yonilg'i quyish qurilmasi, uning joylashuvi va ulanishi joylari; gaz elektromagnit
    klapan-filtr va uning vazifasi; reduktor -bo'g'latgichning asosiy funkiyalari va
    ishlash prinsiplari; gazni taqsimlab uzatish uchun dozator; gaz—havo
    aralashtirgich va uning aralashmani hosil qilish sxemasi; benzin elektromagnit
    klapani va uning vazifasi; “gaz-benzin” qo'shgichni ishlatish jarayonlari va shu
    kabilar tushuntiriladi.
    Endi gaz ballonli uskunalarda va ularning qismlarida sodir bo’ladigan
    nosozliklarini aniqlashga tо‘xtalamiz.
    Gaz ballonining armaturadan qo'zg'alishi bo'lishi va uni mahkamlab
    qotirish, gaz ballon yuqori bosimli reduktoridan gaz chiqishi ehtimolliklari va
    uni bartaraf etish usullari, gaz quvurlarida gaz oqimining tiqinlar hosil qilmasligi
    uchun filtrlar ishlashi va ularni nazorat qilib turish kapot ostida gaz hidi paydo
    bo'lishi va uni aniqlash hamda bartaraf etish usullarini tushintirish lozim.
    Mavzuni o'zlashtirishda berilgan muammoni hal etish bo‘yicha
    o‘tkazilgan mashg‘ulot gaz ballonli uskunalar tizimiga amaliy yondashish uning
    tuzilishi va unda uchraydigan nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bilan
    tugallanadi.

    43


    Olingan natijani tahlil qilish. Avtomobillarda gaz ballonli uskunalarning
    qo'llanilishi, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplari, uskunalarga texnik xizmat
    ko'rsatishga zaruriy va murakkab ishlar nuqtai nazaridan qaramoq lozim.
    Talaba uskunalarning qo'llanilishi, uning tarkibiy qismlari, ishlash prinsipi,
    sodir bo'ldaigan nosozliklar, doimiy nazorat qilib turiladigan ishlar, tizimda
    uchraydigan nosozliklar va ularni bartaraf etish usullarini bilishi lozim.
    Mana shu barcha masalalar yuzasidan qo‘yidagi tarzda muammoli vaziyatlar
    tuzish mumkin:
    1. Yengil avtomobillarga metanli gazballonli uskunalarni qo'yish
    mumkin lekin ular suyuqlikda ishlaydigan uskunalarga nisbatan ohirroq. Siz
    nima deb o‘ylaysiz? Bu turdagi uskunalar qaysi engil avtomobillarga o'rnatish
    mumkin? Barcha turdagi engil avtomobillarga o'rnatish uchun nima ishlarni
    amalga oshirish kerak? Sizning fikringiz? Fikringizni to'laroq bayon eting?
    2. Jahon iqtisodiy inqirozi davrida avtomobillarda gaz ballonli
    uskunalarning qo'llanilishi qanday samaralar beradi? Bu haqda sizning fikringiz
    qanday? Respublikamizdagi buborada amalga oshirilayotgan ishlarga izoh
    bering? Fikrlaringizni to'ldiring? Yana qanday qo'shimchalar qilishingiz
    mumkin? Sizning shaxsiy fikringiz?
    3. Yengil avtomobillarda gaz ballonli uskunalardan foydalanishda qanday
    havflar yuzaga kelish mumkin ularning oldini olish usullari mavjudmi? Uskuna
    ishonchli ishlashini ta'minlashning ta'minlashni ayting? Fikringizni
    oydinlashtiring? Yana qanday qo'shimcha fikrlaringiz bor?
    4. Gaz ballonli uskunalarning keying avlodlarini yaratish ko'zda
    tuilganmi? Agar ko'zda tutilgan bo'lsa qaysi jihatlarga e'tibor beriladi. Gaz
    balloni massasini engillashtirshi mumkinmi? U holda qanday materiallardan
    foydalanish mumkin? Uskuna qismlarini yanada soddalashtirish imkoniyatlari
    majudmi? Fikringizni misollar orqali yoriting?
    Radiatorga kelib tushgan suyuqlikni sovishi qiyinlasha boshladi. Buni shamol
    parragining buzuqligi oqibati desa bо‘ladimi ?

    44


    Endi shunday axborotga ega bо‘lgan holda о‘quvchilarni keng jalb qilib,
    berilgan izlanish vaziyatlarini hal etishga о‘tamiz. Shundan keyin darsda
    qо‘yilgan asosiy muammolar hal etildi deb hisoblasa bо‘ladi.
    О‘quvchilarning о‘quv jarayoniga tadqiqotlar usulini, muammoli va
    dasturlashtirilgan ta’lim berishni, о‘quvchilar yakka tartibda ishlashini turli
    kо‘rinishlarini keng tadbiq etishga asoslangan aktiv mustaqil faoliyat jarayonida
    egallagan bilimlari eng chuqur va mustahkam hisoblanadi.
    O'quvchi mavzuni o'zlashtirish orqali uning xalq xo'jaligidagi ahamiyati,
    kelajakda amalga oshirilish zarur bo'lgan asosiy muammolar, hamda
    uskunalarning ishonchli ishlashini ta'minlab beruvi omillar to'g'risida tushuncha
    va bilimlarga ega bo'ladi.
    Muamoli vaziyatni keltirib chiqarish va hal etishda o'qituvchi asosiy vazifani
    bajaradi. O'quvchining shaxsiy fikrlari, guruhning fikri va olgan tushunchalarini
    to'g'ribaholab boradi va bu haqda o'quvchilarga etkazib turadi. Bilimlarni nazorat
    qilishda “Blis-so'rov”, insert jadvali, pinborl metodi va boshqa bir qancha
    usullardan foydalanish mumkin.
    Mavzuni o'zlashtirishda qo'llanilgan barcha muammoli metodlarning natijasida
    o'quvchining mazkur mavzu bo'yicha nazariybilimlari va amaliy ko'nikmalari bilan
    birqatorda ilmiy soviyasi va gaz ballonli uskunalar to'g'risida ilmiy
    dunyoqarashlari shakllanadi.
    Ayniqsa hozirgi jahon iqtisodiy inqirozi davrida ishlab chiqarishni
    modernizasiya qilish inqirozga sarshi tadbirlardan biri ekanligi avtomobillarning
    arzon gaz yonilqisi ilan ta'minlashda gaz ballonli uskunalarning o'rni katta
    ekanligini tushunib oladilar.

    45


    2.4-§ “Muammoli ta’lim metodi asosida ”Siqilgan gazda ishlaydigan gaz
    ballonli uskunalar” mavzusini o‘qitish bo'yicha 2coatlik dars ishlanmasi
    Siqilgan gazda ishlaydigan gaz ballonli uskunalar
    [ Darsning ta'limiy maqsadi: O’quvchilarga Avtomobillarda qo'llaniladigan gaz
    ballonli uskunalarning qo'llanilish zarurati, ularni o'rnatish, tuzilishi va ishlash
    prinsipi, hamda unga TXK ga doir tushunchalar berish.
    [ Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda gaz ballonli uskunalarning
    hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida avtomobillarda tejamkor va
    arzon yonilg'i materiallarini qo'llash, uning uchun zarur bo'lgan qo'shimcha gaz
    ballonli uskunalarni avtomobillarga o'rnatish va ularga xizmat ko'rsatish to'g'risida
    tusunchalar hosil qilish.
    [ Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarda tabiiy gazning hossalari va
    motor yonilg'isi sifatida qo'llanilishi imkoniyatlari, ularning hossalari, motor
    yonilg'isi sifatida cho'llanilishida zaruriy uskunalarning o'rni hamda ukunalarni
    takomillashtirish bo'yicha nazariy va amaliy tushunchalarini boyitish, fikrlash
    qobiliyatlarini rivojlantirish.
    Darsning jihozi: Uslubiy ko’rsatmalar, “Gaz ballonli uskunalarning
    o'rnatilishi va tuzilishi” to'g'risida ko'rgazmali qurollar va slaydlar, ta'minlash
    tizimi sxemalari va ko’rgazmalar.
    Darsda foydalaniladigan tеxnologiya: Muammoli ta'lim tеxnologiyasi
    (kichik guruhlarda ishlash mеtodi).

    Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: tabiiy gaz, siqilgan va


    suyultirilgan gazlar, gaz ballonli uskuna, po'lat quvur, reduktr, dozator,
    elektromagnit klapan, lambda zond, gaz ballonlari, “gaz-havo” qo'shgich.
    Darsning borishi:
    I. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsni olib borish uchun zaruriy o'quv va
    tarqatma materiallarni tayyorlaydi, o'quvchilarga taqsimlaydi, o'quvchilarning
    darsga qatnashuvini yuqlama qiladi.

    46


    II. O’tgan mavzuni savol-topshiriqlari yordamida so’rab olish
    va o’quvchilarni baholash. O'qituvchi o'quvchilvrga tezkor-so'rov savollari
    bilan murojaat qiladi:
    - Gaz ballonli uskunalar nima uchun xizmat qiladi?
    - Tabiiy gazning qo'llanilishi havfli emasmi?
    - Gaz avtomobilning zaruriy texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini ta'minlab
    bera oladimi?
    - Gaz uskunalarini avtomobilga o'rnatish avtomobilning tannarxiga ta'sir
    qilmaydimi?
    O'quvchilarning bergan javoblari baholanadi va ularga e'lon qilinadi, zaruriy
    hollarda javoblar to'ldirilib, yang mavzuga bog'laydi va yangi mavzuga o'tadi.
    III. O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va
    ularning faoliyatini o’quv topshiriqlarini bajarishga yo’llash.

    IV. Yangi mavzuni o’rganish:


    a) o’quvchilarni kichik guruhlarga ajratish va ularga savol-topshiriqlarini
    tarqatish, darsning didaktik maqsadi bilan tanishtirish.
    b) o’quvchilarning faoliyatini kichik guruh topshiriqlarini mustaqil
    bajarishga yo’llash.
    Sinf o’quvchilari 4 ta tеng sonli kichik guruhlarga ajratiladi va ularga
    o’quvchilar faoliyatini aniqlovchi bir nеchta muammoli quyidagicha savollar
    yozilgan kartochkalar tarqatiladi:
    1-guruh uchun topshiriq:

    Gaz ballonli uskunalarning avlodlari, ularning o'zaro farqlari va


    avtomobillarga o'rnatilishi ketma ketliklarini keltiring?
    2-guruh uchun topshiriq:

    Gaz ballonli uskunalarning vazifasi, tuzilishi va ularni tashkil etuvchi


    elementlar funksiyalarini yoriting?
    3-guruh uchun topshiriq:

    47


    Gaz ballonli uskunalarda yonilg’I bilan ta’minlash tizimi qanday amalga
    oshiriladi?
    4-guruh uchun topshiriq:

    Gaz ballonli uskunalarga texnik xizmat ko'rsatish xususiyatlarini yoriting?


    Har bir muammoli savolga o’quvchilar guruhi o’z fikrlarini aytadi va
    o’qituvchi umumlashtirib qaysi guruh yaxshi ma'lumot berganligini baholab
    boradi. Dars oxirida o’qituvchi o’quvchilarning fikrlarini to’ldiradi va
    o'quvchilarning mavzu bo'yicha o'zlashtirgan ballarini e'lon qiladi.

    V. O’quvchilarning bilimini tеst savol-topshiriqlari yordamida aniqlash


    va ularni baholash
    Nazorat savollari
    1. Gaz ballonlari qanday materiallardan tayyorlanadi?
    A) konstruksion po'latlardan; В) uglerodli po'latlardan; С) legirlangan po'latlardan;
    D) A va V javoblar to'g'ri.
    2. Avtomobillarda asosan necha bosqichli gaz reduktorlari qo'llaniladi?
    A) 1 bosqichli; В) 2 bosqichli; С) 3 bosqichli; D) 4 bosqichli.
    3. Keltirilgan qaysi element ballon bo'g'ziga o'rnatiladi?
    A) dozator; В) elektromagnit gaz klapani; С) multiklapan; D) lambda zond.
    4. Ballonni gaz bilan to'ldirish uning to'liq hajmining necha foizini tashkil etadi?
    A) 60% ini; V) 80% ini; S) 90% ini; 100% ini.
    5. Yonilg'i bilan havo o'rtasidagi nisbatlarni ko'rsating?
    A) benzin va havo uchun 1:14,7; В) propan-butan va havo uchun 1:16,1; С) gaz va
    havo uchun 1:17,2; D) barcha javoblar to'g'ri.

    VI. Yangi mavzuni qayta ishlash, xulosalash va yakunlash.


    VI. Uyga vazifa bеrish.

    48


    III-BOB. MEHNAT MUHOFAZASI QISMI

    3.1-§. O'quv ustaxonalarida mehnat muhofazasi


    Kollej o'quv ustaxonalarida o'quvchilarning berilgan ishlab chiqarish
    topshiriqlarini bajarish jarayonida shikastlanish va boshqa turli kasalliklarini oldini
    olish davlat miqyosidagi ijtimoiy-iqtisodiy maslalardan biri hisoblanadi.
    Kollej o'quv ustaxonalarida ta'mirlash ishlarini bajarishda turli xil omillar
    ta'sirida jarohatlanish hollari ro'y beradi. Bu kabi xavfli omillarni yuzaga kelishi
    texnologik jarayonning xarakteriga, ish jihozlarining konstruksiyasiga, mehnatni
    tashkillashtirish darajasiga va shu kabi bir qancha omillarga bog'liq bo'ladi.
    Ustaxonalarda mehnat muxofazasi tadbirlarining o'z vaqtida uzluksiz amalga
    oshirilib borilishi, sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishga, ish
    unumdorligini oshirishga va natijada ishlab chiqarish mahsulot miqdorini
    ko'payishiga erishiladi.
    Ustaxonada yuz beradigan har qanday baxtsiz hodisaga o'qituvchi, ustaxona
    o'quv ustasi va texnika xavfsizligi bo'yicha mas'ul shaxs bevosita javobgar
    hisoblanadilar. Ustaxonalarda qonun asosida mehnatni muhofaza etish masalalarini
    hal qilish maqsadida, har yili o'quv ustasi mehnat muhofazasi bo'yicha tadbirlar
    rejasini ishlab chiqib tasdiqlaydi va rejaga muvofiq tadbirlarni amalga oshiradi.
    Kollej ustaxonalari ta'mirlash bo'limlarida mehnatni muhofaza qilishga
    qaratilgan chora-tadbirlarga quyidagilar e'tiborga olinishi lozim:
    - mehnat sharoitini umumiy yaxshilash chora tadbirlari. Bunga mehnatni
    muhofaza qilish masalalarini yorituvchi ko'rgazmali xonalar, burchaklar tashkil
    qilish, ish joylarini unumli yoritish va himoya to'sinlari bilan ta'minlash, maxsus
    echinish, yuvinish, kir yuvish, kimyoviy tozalash xonalarini tashkil etish kiradi;
    - baxtsiz hodisalarning oldini olish chora-tadbirlari. Bularga zaharli va engil
    alangalanuvchi suyuqliklarni saqlash jarayonlarini mexanizasiyalashtirish, himoya
    moslamalari, to'siqlar, avtomatik himoya vositalari, signal moslamalari,
    boshqarish asboblarini va yong'inga qarshi shitlarni o'rnatish kabilar kiradi;

    49


    - ustaxonada kasb kasalliklari oldini olish chora-tadbirlari. Unga o'quvlarni
    zararlar ta'siridan himoyalovchi shaxsiy himoya vositalari, xonalarni sun'iy
    shamollatib turish moslamalarini o'rnatish hamda ishlab turgan moslamalarni o'z
    vaqtida ta'mirlash, havo tarkibini tekshirish hamda nazorat o'rnatish uchun asbob-
    uskunalar o'rnatish kabilar kiradi.
    O'quv ustaxonalarida mehnatni muhofaza qilish bo'yicha maxsus
    jihozlangan xonalarni tashkil etish va vaqti-vaqti bilan bu xonalarda targ'ibot
    ishlari olib borilishi maqsadga muvofiq.
    O'quvchilarining berilgan topshiriqlarni bajarishida ularga texnika xavfsizligi
    bo'yicha o'z vaqtida joriy yo'riqnomalarni berib borish. O'quv ustaxonalarida
    o'quvchilarga topshiriqlar bajarishda belgilangan muddatlarda texnika xavfsizligi
    qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilib borishni yo'lga qo'yish lozim. Ish joyida
    yo'riqlantiruv usta yoki sardor tomonidan o'tkaziladi. Bunda o'quvchi bajaradigan
    vazifasi, ish joyi xususida texnika xavfsizligi yo'rig'i bilan tanishadi.
    Yo'riqlantiruvdan o'tgan o'quvchi doimiy nazoratda ish bajaradi. Yo'riqlantiruvdan
    o'tmagan o'quvchilar mashg'ulotga qatnashishga yo'l qo'yilmaydi.

    50


    3.2-§. Gaz ballonli uskunalarga texnik xizmat ko'rsatishda mehnat havfsizligi
    Gaz ballonli uskunalar o'rnatilagan avtomobillarning Gaz ballonli uskunalar
    bilan jihozlangan avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatishning o'ziga xos
    xususiyatlari quyidagilardan iborat:
    – avtomobil yoki uni tashkil etuvchi qismlarga issiqlayin ta'sir etish usullari
    qo'llanilsa, masalan, payvandlash ishlari bilan bog'liq ochiq olovli ishlar, quritish
    kameralarida avtomobilni quritish va shu kabilar, quyidagi ishlar bajariladi:
    1) gaz ballonidan gazlar chiqarilib yuboriladi;
    2) dvigatel va gaz jihozlari qismlarida qogan qoldiq gazlar chiqarib tashlanadi;
    3) ballonlar neytral gaz (asosan azot bilan) bilan shamollatiladi;
    4) barcha jumraklar yopiladi;
    5) ta'mirlash ishlari tugatilgandan so'ng gaz asboblari to'liq tekshirilib chiqiladi.
    – avtomobil elektr jihozlarini ta'mirlash va ularga texnik ko'rsatish ishlarini
    bajarishda quyidagishlar bajariladi:
    1) ballondagi barcha jumraklar yopiladi;
    2) dvigateldagi qoldiq gazlar chiqariladi;
    3) kapot i yuklar solinadigan orqa qism qopqog'i ochilib gaz hidi bo'lmasligiga
    erishiladi.
    Ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish uchun ishlaydigan ishchilar maxsus
    texnik havfsizligi bilan tanishgandan so'ngina ishlashga ruxsat etiladi.
    Gaz ballonli uskunalarga xizmat qilayotganda albatta maxsus e'lon
    varaqalari tablichkalari osib qo'yiladi. Yondirish tizimi albatta ajratib qo'yilishi
    kerak. Ta'minlash tizimining qismlari avtomobildan ajratilgan holda maxsus
    ventilasiya bilan jihozlangan ish o'rinlarida amalga oshiriladi.
    Dvigatelni o't oldirishni asosan starterda, faqat ayrim hollardagina yurgizish
    dastasi yordamida amalga oshirish lozim. Qo'l panjalari shikastlanishining oldini
    olish maqsadida dastani shunday ushlash lozimki, bunda o'ng qo'lning hamma
    panjalari dastaning bir tomonida joylashsin. Tirsakli valni aylantirish faqat pastdan
    yuqoriga tomon amalga oshiriladi, aylana bo'yicha aylantirish esa ta'qiqlanadi.

    51


    Gazning sizib chiqishi kuzatilgan holatlarda dvigatelni o't oldirish
    taqiqlanadi. Ishlayotgan dvigatelda rostlash ishlarini o'tkazish uchun, ishlatilgan
    gazlarni so'rib oladigan qilib jihozlangan maxsus post ajratilishi lozim. Gaz
    ballonli avtomobillardagi gaz jihozining uzellarida va quvurlarida bosim ostidagi
    gaz mavjud bo'lsa, u holda uning detallarini qotirish va boshqa ta'mirlash ishlarini
    bajarish ham ta'qiqlanadi.
    Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash xonalarida yonilg'idan
    yoki moylash materiallaridan bo'shagan idishlarni qoldirish ta'qiqlanadi. To'kilgan
    yonilg'i yoki moyni tezlik bilan qum yoki to'pondan foydalanib tozalash lozim. Ish
    tugagandan so'ng ishlatilgan artish materiallarini yig'ib maxsus idishga solish
    kerak. Avtomobildan echib olingan ta'minlash tizimi uskunalariga texnik xizmat
    ko'rsatish va ta'mirlash ishlari sexda (ustaxonada) bajariladi. Ta'minlash tizimi
    detallari yuviladigan vannada, asboblarni qismlarga ajratish-yig'ish, rostlash va
    tekshirishga mo'ljallangan verstaklarda hamda charxlash dastgohida shamollatish-
    so'rg'ichlari bo'lishi lozim.
    Detallarni kavsharlash va qalaylashdan avvalgi tozalash ishlarini mahalliy
    shamollatgichlarga ega bo'lgan ishchi o'rinlarida bajarish lozim. Yonilg'i baklarini
    va yonuvchi suyuqliklardan bo'shagan idishlarni ta'mirlashdan avval issiq suv bilan
    yuvish, issiq bug' bilan bug'lash va kaustik sodada yuvish hamda issiq havo bilan
    quritish lozim. Kavsharlash va payvandlash ishlarini tiqinlar ochilgan holatda
    bajarish kerak. Alangalanish o't o'chirgich, qum yoki to'zitilgan suv oqimida
    o'chiriladi. Gazli ballonlardagi bosim oshib ketmasligi uchun ular ustidan sovuq
    suv quyib turiladi.
    Tizimda hosil bo'lgan gidratlarni ketgazish uchun issiq suvdan yoki suv
    bo'g'idan foydalanish mumkin. Ochiq alangalanadigan usullardan foydalanish
    qatiyan man qilinadi.

    52


    3.3-§ Atrof muhitning kishi salomatligiga ta'siri
    O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tashkiloti nizomida salomatlik
    «to'la jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holati» tarzida ta'riflanadi. Salomatlik-
    yuqori ijtimoiy faollik, mehnatni o'zlashtirish va uning samaradorligini oshirish,
    ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirishning muhim asosi hisoblanadi. Salomatlik
    har bir inson baxt saodati, to'laqonli ijtimoiy foydali faoliyatning zaminida yotadi.
    Haqiqatdan ham, salomatlik borasida g'amho'rlik qilish yuksak ijtimoiy
    qadriyatlardan biridir. Salomatliksiz inson ham, jamiyat ham o'z maqsadlariga
    erisha olmaydi. Mamlakatimizda salomatlik-yuqori ijtimoiy faollik, mehnatni
    o'zlashtirish va uning samaradorligini oshirish, ijtimoiy munosabatlarni
    takomillashtirishning muhim asosi hisoblanadi. Salomatlik har bir inson baxt
    saodati, to'laqonli ijtimoiy foydali faoliyatning zaminida yotadi. Haqiqatdan ham,
    salomatlik borasida g'amho'rlik qilish yuksak ijtimoiy qadriyatlardan biridir.
    Salomatliksiz inson ham, jamiyat ham o'z maqsadlariga erisha olmaydi.
    Mamlakatimiz ishlab chiqarish sanoat – korxonalari atrof-muhitining
    muhofazasi bo'yicha ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar rejasiga quyidagilar
    kiritilishiga alohida e'tibor qaratish lozim.
    1. Sanoat-korxonalari ishchilarida ekologik ong va ekologik madaniyatni
    shakllantirish borasida yo'riqnamalarni tashkil etish.
    2. Chiqitsiz ishlab chiqarish, ekologik sof texnologiya yaratish, havo va
    oqova suvlarni tozalash, erni rekultivasiya qilish (sun'iy yaratish), tuproq
    maxsuldorligini oshirish maqsadida yo'lga qo'yiladigan meliorasiya ishlarini
    kengaytirib borish.
    3. Atrof – muhit o'simlik va hayvonot olamini himoya qilish bo'yicha
    tadbirlar rejasini ishlab chiqish va hokazo.
    4. Korxonada mavjud turli kimyoviy preparatlarning mutagen faolligini
    aniqlash, irsiy kasalliklarni davolash usullarini ishlab chiqish.
    Tabiatni asrash, ekologik muammolarga kompleks yondoshish, tabiat
    boyliklariga g'amxo'rona munosabatda bo'lish va tabiatdan foydalanish amaliyotiga

    53


    ilmiy yutuqlarni tadbiq etish g'oyasi u yoqi bu shakllarda rivojlanib, hayotda o'z
    shaklini topgan.
    Havoni ifloslantiruvchi moddalar ustaxonaning temirchilik, dvigatellarni
    ta'mirlash va chiniqtirish hamda payvandlash bo'limlaridan chiqadi.Bu
    bo'limlardan atmosferaga oltingugurt, azot, uglerodli birikmalar ajralib chiqadi.
    Kollej o'quv ustaxonalarida suvlarni ifloslanishi ta'mirlashdan oldin detallar
    sirtlarini yuvib tozalash, texnikalarni bo'laklash, ta'mirlash va yig'ish ishlarida sodir
    bo'ladi. Bunda suvlar asosan, yonilg'i-moylash materiallari, mexanik qo'shimchalar
    (metall qirindilari) bilan ifloslanadi. Ayni paytda ustaxonalarda ishlatiladigan
    suvlardan atigi bir marta foydalaniladi. Bu suvlarni qayta ishlatish uchun suv
    tozalash reaktorlaridan foydalanish lozim bo'ladi. Ma'lumki bitta texnikani yuvib
    tozalash uchun 800…900 litr suv sarflanadi. Buni kamaytirish uchun yangi tipdagi
    mexanizasiyalashgan, tejamkor va yuqori unumli yuvish mashinalaridan
    foydalanish tavsiya etiladi. Bundan tashqari ustaxonani suv bilan ta'minlash tizimi
    texnik jihatdan soz bo'lishi lozim.
    O'quv ustaxonasi xududida tuproqni neft mahsulotlari bilan ifloslanishining
    oldini olish maqsadida quyidagilarni amalga oshirishni tavsiya etiladi:
    - ishlatishga yaroqsiz barcha yonilg'i moylashmateriallarini regenerasiyalash
    va qayta ishlatish;
    - yonilg'i–moylash materiallarini avtomatik dozirovkalash qurilmalari bilan
    jihozlangan er osti idishlarida saqlash;
    - ustaxonadan oqib chiqadigan suvlarni filtrlar orqali o'tkazib, neft
    mahsulotlaridan tozalash.
    Bulardan tashqari, atrof-muhit muxofazasini yaxshilash uchun o'quvchilar va
    ishchilar orasida o'quv-tarbiya ishlarini olib borish, tabiatni asrash bo'yicha
    ekologik bilimlarini davr talabalariga mos ravishda oshirib borish muhim
    ahamiyatga ega.
    Avtomobillarda gaz ballonli uskunalarning qo'llanilish ayniqsa benzinning
    tarkibida uning oktan sonini oshirish uchun qo'llaniladigan tetretil qo'rg'oshinning

    54


    bo'lishi bilan ham tavsiflanadi. Yongan gazlar tarkibida qo'rg'oshinning bo'lishi
    kishilar sog'ligiga keskin ta'sir qiladi. Bu holat shaharlarda ayniqsa seziladi.
    Tetraetilqo'rg'oshinning qo'llanilish butun jahon sog'likni saqlash qumitasi
    tomonidan ham taqiqlanib qo'yilgan. Motor yonilg'isi sifatida suyultirilgan yoki
    siqilgan gazning qo'llanilishi bu holatga to'liq barham beradi. Ya'ni gazdan
    foydalanilganda hech qanday qo'rg'oshin yoki uning birikmalari hosil bo'lmaydi.
    Shuningdek СO va NOx birikmalarining ham hosil bo'lish darajasi
    benzindan foydalanilganga nisbatan 2-3 barobar kamdir.
    55

    XULOSA

    KHK da о‘quv – tarbiya jarayonini takomillashtirish, ta’lim jarayonida yangi
    zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qо‘llash orqali mutaxassis
    kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash vazifasi qо‘yildi.
    Bu vazifani hal qilish uchun BMI da: 1. Gaz yonilg'ilari turlari va gazning
    benzindan ustunliklari vazifasi, turlari va ishlashi uning nosozliklarini
    aniqlashning ilmiy nazariy asoslari, texnika – texnologik jarayonlar atroflicha
    о‘rganildi, tahlil qilindi.
    1. Gaz ballonli uskunalar bilan jihozlangan avtomobillarga texnik xizmat
    ko'rsatish ishlarini tashkil etish o’rganildi.
    2. Tanlab olingan о‘quv mtayeriali pedagogik, psixologik jihatdan tahlil
    qilinib, uni KHK da о‘qitish metodikasi ishlab chiqildi.
    3. Kasb-hunar kollejlarida maxsus fanlarni o’qitishda zamonaviy
    metodlaridan foydalanish ko’rib chiqiladi.
    4. KHK da "Siqilgan gazda ishlaydigan gaz ballonli uskunalar" mavzusini
    о‘qitishda qо‘llanilgan “Muammoli ta’lim” metodi va ulardan foydalanish usullari
    ishlab chiqildi.
    5. Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan usullar KHK da ta’lim jarayonida
    sinab kо‘rildi va shunga asosan metodik tavsiyalar tayyorlandi.
    “Muammoli ta’lim” metodi asosida KHK da "Siqilgan gazda ishlaydigan
    gaz ballonli uskunalar" mavzusini о‘qitish texnologiyasi bо‘yicha ishlab chiqilgan
    tavsiyalar KHK da maxsus fan о‘qituvchilari, о‘quv ustalariga amaliy yordam
    beradi va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi deb hisoblayman.

    56


    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
    I. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari,
    boshqa huquqiy hujjatlar.
    1.1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: «O‘zbekiston», 2005.
    1.2. O‘zbekiston Respublikasining ”Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. –T.
    ”O‘zbekiston” 1997 yil 29 avgust.
    1.3.O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni. Oliy ta’lim.
    Me’yoriy hujjatlar to‘plami. T.: «Sharq», 2001.
    1.4. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi
    qonun. Oliy ta’lim. Me’yoriy hujjatalr to‘plami.
    1.5. Oliy ta’lim. Me’yoriy hujjatalr to‘plami. T.: «Sharq», 2001.
    II.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari.
    1.«Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish
    to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori. //Xalq so‘zi gazetasi,
    2011, 3-iyun.
    III.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari.
    3.1. Karimov I.A. «O‘zbekiston buyuk kelajak sari». T.: «O‘zbekiston», 1998.
    3.2. Karimov I.A. «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda». Birinchi chaqiriq
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘n to‘rtinchi sessiyasidagi ma’ruzasi.
    1999 yil 14 aprel. T.: O‘zbekiston.
    3.3. Karimov I.A. «Barkamol avlod orzusi». T.: «Sharq», 1999.
    3.4 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni
    2013 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan
    iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar
    Mahkamasidagi ma’ro‘zasi. Xalq so‘zi gazetasi, 2014 yil 19-yanvar.
    IV. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari.
    4.1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yilda respublikani
    ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilgi iqtisodiy dasturning asosiy
    ustivor vaziflariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston

    57


    Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruzasi. // Xalq so‘zi. 2014 yil 19
    yanvar, №13 soni.
    4.2.«O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun darsliklar va o‘quv
    adabiyotining yangi avlodini yaratish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi
    Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 341-sonli Qarori.
    4.3.«2010 yilgacha bo‘lgan davrda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog
    va muhandis pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
    malakasini oshirish dasturi» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
    2001 yil 4-oktyabrdagi 400-sonli Qarori.
    V. Asosiy adabiyotlar.
    5.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Mamlakatimizni
    modernizatsiya qilish va kuchli fuqorolik jamiyatini barpo etish- ustuvor
    maqsadimizdir” hamda “Asosiy vazifamiz- Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz
    farovonligini yanada yuksaltirishdir” nomli maruzalarini o‘rganish bo‘yicha
    O‘quv-uslubiy majmua. –T.: Iqtisodiyot.- 2010.-340bet.
    5.2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Amalga oshirayotgan
    islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish – yorug‘
    kelajagimizning asosiy omilidir” O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21
    yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasini o‘rganish bo‘yicha
    o‘quv-uslubiy qo‘llanma.”Q`qituvchi” Nashriyot – Matbaa Ijodiy Uyi., Toshkent –
    2014. 104 bet.
    5.3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy-
    iqtisodiy inqirozi O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari va choralari”
    asarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma: Tuzuvchilar: B.Y. Xodiyev, A.Sh.
    Bekmurodov, U.B.G‘afurov, B.K.To‘xliyev.-T.: TDIU, 2009.- 120-bet.
    5.4. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat, T.: 2009.
    5.5. Mavlonova A., To‘rayeva O., Xoliqberdiyev K. Pedagogika T.: «O‘qituvchi»,
    2011.
    5.6. Podlasiy I.P. Pedagogika. Uchebnik. M.: Obrazovaniya. 2009.
    5.7. Sayidmurodov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. T.: «Moliya», 20

    58


    5.6. Tojiboyeva D. Iqtisodiyot nazariyasi. T.: «O‘qituvchi», 2009.
    5.7. Tojiboyeva D. Iqtisodiyot nazariyasi. T.: «Sharq». 2010.
    5.8. Tojiboyeva D. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan masala va mashqlar. 1 va 2 qism.
    T.: «Iqtisod-moliya». 2007.
    5.9.Farberman V.A., Musina R.G., Jumaboyeva F.R. Oliy o‘quv yurtlarida
    o‘qitishning zamonaviy usullari.
    5.10. Shodmonov Sh.Sh. Alimov R.X., Jo‘rayev T.T. Iqtisodiyot nazariyasi. T.:
    “Moliya” 2007.
    5.11. Yo‘ldoshev J, Xasanov S. Pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma -T.:
    “Iqtisod-moliya”, 2009. -300 bet.
    5.12.Omonov X.T., Xo‘jayev N.X., Madyarova S.A., Eshchonov E.U. Pedagogik
    texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik.-T.׃ Iqtisodiyot moliya. 2009. 97-
    bet.
    5.13.Hakimova M.F., Xujayev N. Pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma -
    T.: “FAN VA TEXNOLOGIYA”, 2008. – 138 bet.
    5.14.Nazizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.
    Darslik. -T.׃ O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi. 2007. -160 bet.
    5.15.Asqarova.O‘. “Pedagogika” - Toshkent : “Fan” 2008 yil 58 bet.
    5.16.Azizxodjayeva N.N. Osnovnie tendensii razvitiya visshego pedagogicheskogo
    obrazovaniya v O‘zbekistane /Pod red. V.A.Slastenina. - T.: Fan. 2000. –143 s.
    5.17. Ziyomuhammedov. B.”Pedagogik texnologiya” Toshkent :”Turon-Iqbol”
    2006 yil 88 bet.
    5.18. Iskandarov E.A., Suyunov O.J. “Pedagogik texnologiyalar” o‘quv qo‘llanma
    Samarqand 2012.
    5.19. Suyunov O. J .”Yangi pedagogik texnalogiyalar va pedagogik mahorat”
    o‘quv uslubiy qo‘llanma Samarqand-2011.
    5.20. Suyunov O. J. “Pedagogik texnologiyalar” Leksiyalar kursi Samarqand-
    2010.
    5.21.Suyunov O.J.,Shonazarov A.M.” Pedagogik amaliyot “ o‘quv-uslubiy
    qo‘llanma.2010 yil.

    59


    5.22. Kaplan S., Foster R. “Effektivnaya kompaniya.Postroyeniye gibkogo i
    innovatsionnogo predpriyatiya” Izd. “Alpina Biznes Buks”.
    5.23. R. Mavlonova va boshqalar. Pedagogika. –T.:, O‘qituvchi, 2001 y.
    5.24. N. G‘aybullayev va boshqalar. Pedagogika. –T.:, 2000 y.
    5.25. O‘.Tolipov, M.Usmonboyeva. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot.
    –T.:, «Fan», 2005 y.
    5.26. Qodirov S.M. Avtomobil va traktor dvigatellari. T.: “О‘qituvchi”. – 1992.
    5.27. Mamatov X. «Avtomobillar». Toshkent «Uzbekiston» - 1995.
    5.28. Borovskiy Y.I. va boshqalar «Avtomobillarning tuzilishi, texnik xizmat
    kо‘rsatish va ta’mirlash». Toshkent «Talkin» - 2008
    VI. Davriy nashrlar, statistik to‘plamlar va hisobatlar.
    6.1. Iqtisodiyot va ta’lim. Jurnal. 2010. 1-3 sonlar.
    6.2. Xalq ta’limi. Jurnal. 2009-2010 y. 2-5 sonlar.
    6.3. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagog va muhandis
    pedagog kadrlar bilan taminlashning 2010 yilgacha bo‘lgan sisatistikasi. Kasb
    mahorati axboratnomasi. –T.: 2009.
    6.4. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009-2010 yildagi malumotlari.
    VII Internet saytlari
    7.1. http://www.referat.ru/;
    7.2. http://www.ust.lg.ua/news/
    7.3. http:// ru - server dlya avtolyubiteley.
    7.4. http://ru – Vsyo ob avtomobilyax.
    7.5. http:// ru – Zapchasti dlya tvoyego avto.
    Download 247.14 Kb.




    Download 247.14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha tushuntirish xati

    Download 247.14 Kb.