|
Bitiruv malakaviy ishi mavzu: “Python academy” o‘quv markazining integrallashgan ta’lim platformasi axborot tizimini ishlab chiqish
|
bet | 6/8 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 5,79 Mb. | | #262566 |
Bog'liq 1NEW UMAROV BMIno= mo * S,
bu yerda S-ishlab chiqarish xonasining yuzasi, m2; mo-1m2 maydonga meʼyor bo‘yicha belgilangan o‘t o‘chirgichlar soni.
Bu ko‘rsatkich materiallar ombori, garajlar, chorvachilik binolari, bug‘xonalar, tegirmonlar, oshxona va magazinlar uchun 100 m2 maydonga 1 ta, elektr payvandlash sexlari, temirchilik sexlari, labaratoriyalar uchun – 50 m2 maydonga 2 ta qilib qabul qilinadi.
O‘t o‘chirish qurilmalari yong‘inni boshlang‘ich fazada to‘liq bartaraf etish va yong‘in bo‘linmalari kelguncha yong‘in tarqalishini cheklash maqsadida ishlatiladi. Ular statsionar, yarim statsionar va ko‘chma bo‘ladi. Zaryadlovchi moddalarning turi va tarkibiga ko‘ra esa suvli, bug‘li, gazli (uglekislota), aerozol (galoid uglevodorod), suyuqlikli va kukunli bo‘lishi mumkin[16].
Bundan tashqari o‘t uchirishda AS-30(66), AS-40(131), AS-40(130E) markali mashinalar va MP-600, MP-900, BMP-1600 markali motopompalardan ham keng foydalaniladi.
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa
Xavf, sabablar va oqibatlar - bular shunday voqealar, ya’ni baxtsiz hodisa, favqulodda holat va yong‘inlarning asosiy ko‘rsatgichlaridir. Uchlik “xavf-sabablar-ko‘ngilsiz oqibatlar” - bu rivojlanishning logik jarayoni bo‘lib potensial xavfni bor bo‘lgan zararga olib keladi. Xavf ko‘ngilsiz voqeaga xar xil sabablar bilan aylanishi mumkin. Baxtsiz hodisalarning oldini olish asosida sababini qidirish yotadi.
Faoliyatning potensial xavfi haqida aksioma Xar qanday faoliyatning xavfliligini tasdiqlashga insoniyat tajribasi asos beradi. Faoliyatning bironta turi yo‘qki, u abadiy xavfsiz amalga oshsa. O‘z navbatida, quyidagi xulosani ifodalashimiz mumkin: xar qanday faoliyat potensial xavflidir. Insoniyat tajribasi shuni ko‘rsatadiki, har qanday faoliyatning potensial xavfi mavjud va hech bir faoliyat abadiy xavfsiz emas. Bu tajriba nafaqat sanoat va qurilish sohalarida, balki kundalik hayotdagi barcha faoliyat turlarida ham o‘z aksini topadi. Potensial xavflarni aniqlash va boshqarish uchun xavfsizlik me’yorlari, ko‘rsatmalar va texnologiyalar ishlab chiqilgan. Masalan, mehnat xavfsizligi qoidalari va xavf tahlili metodlari bu borada muhim o‘rin tutadi.
Natijada, har qanday faoliyatning potensial xavfga ega ekanligini tasdiqlash mumkin. Bu xulosa aksiomatik fe’l-atvorga ega bo‘lib, faqat metodologik va evristik ahamiyatga ega emas, balki xavfsizlikni ta’minlashda ham asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu aksioma asosida faoliyatlarni rejalashtirish va amalga oshirishda xavfsizlik choralarini ko‘rish, xavflarni oldindan baholash va boshqarish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, baxtsiz hodisalar va ko‘ngilsiz oqibatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bitiruv malakaviy ishi mavzu: “Python academy” o‘quv markazining integrallashgan ta’lim platformasi axborot tizimini ishlab chiqish
|