• 3.2. Yong‘inni nazorat qilish, o‘chirish usullari va vositalari
  • Bitiruv malakaviy ishi mavzu: “Python academy” o‘quv markazining integrallashgan ta’lim platformasi axborot tizimini ishlab chiqish




    Download 5,79 Mb.
    bet5/8
    Sana11.06.2024
    Hajmi5,79 Mb.
    #262566
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1NEW UMAROV BMI

    USUL - A, gomosfera bilan noksosferani bir-biridan joy yoki vaqt jixatdan ajratish usuli. Bu usul ishlab chiqarish jaraenlarini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish, jixozlarni masofadan boshqarish, manipulyator va robotlarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi.
    USUL - B, xavfsizlik prinsiplarini qo‘llab xavflarni yo‘q qilish va noksosferani (ishlab chiqarish muxitini) normallashtirish, xamda noksosfera xarakteristikalarini inson xarakteristikalariga moslashtirishga asoslanadi. Bu usul insonlarni shovqin, chang, gaz, jaroxatlanish va xokazo xavfli omillardan ximoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasi, xamda qisman xavfsiz texnikani yaratish bilan amalga oshiriladi.
    Agar A va B metodlarni qo‘llash bilan talab qilingan xavfsizlik darajasiga erishish ta’minlanmaganda V - metod qo‘llaniladi.
    USUL - V, tegishlicha ximoya vositalari yordamida insonlarning ximoyalanish xususiyatlarini oshirishga, xamda insonni noksosferaga moslashtirishga asoslangan.
    Bu usul kasbiy tanlash, o‘qitish, instruksiyalar berish, psixologik ta’sir qilish va shaxsiy ximoya vositalarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi. V - metodni amalga oshirishda noksosfera xarakteristikalarini o‘zgartirish uchun xar xil vositalar qo‘llaniladi. Real sharoitlarda yuqorida keltirilgan usullarning bittasi yordamida zarur xavfsizlik darajasini xar doim ta’minlash mumkin bo‘lmaydi. Bunday xolatlarda yuqorida keltirilgan usullar majmuasini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    3.2. Yong‘inni nazorat qilish, o‘chirish usullari va vositalari


    Eng keng tarkalgan o‘t o‘chirish moddalariga suv, suv bug‘i, uglekislota, namlagichlar, kimyoviy va havo-mexanik ko‘piklar, galoid tarkibli uglevodorodlar, kukun tarkibli aralashmalar, uglerod ikki oksidi, brometil birikmalar, inert gazlar va boshqa mexanik vositalar (qum, tuproq, brezent va h.k) kiradi.
    O‘t o‘chirish moddalari quyidagicha tasniflanadi:
    Yong‘inni o‘chirish usuliga ko‘ra – sovutuvchi (suv va qattiq uglekislota) suyultiriluvchi, yaʼni yong‘in zonasidagi kislorod miqdorini kamaytirish (maʼlum miqdordagi uglekislota gazi, yupqa zarrali suv, suv bug‘i yoki inert gaz aralashmasi); izolyatsiyalovchi harakatdagi (yonish zonasi, atrof muhit bilan ko‘pik yoki kukun pardasi hosil qilish orqali izolyatsiyalanadi); ingibir xususiyatli (tarkibi brometil, dibromtetraftor etan va brom metildan iborat galoid tarkibli uglevodorodlar va 3,5-4 ND freondan iborat moddalar. Elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha – elektr o‘tkazuvchi (suv, suv bug‘i va ko‘pik); elektr o‘tkazmaydigan (gazlar va kukunlar).
    Zaharliligi bo‘yicha – zaharsiz (suv, ko‘pik va kukunlar), kam zaharli (uglekislota va azot) va zaharli (3,5-brometil, freon tarkibli).
    Suv o‘t o‘chirishda alohida yoki turli xil kimyoviy moddalar bilan aralashma holatida foydalaniladi. Suvning o‘t o‘chirish xususiyati yonuvchi moddani yonish haroratidan past haroratgacha sovutishga asoslangan. Suvning hajmi bug‘lanish davrida 1700 martadan ortiq ko‘payadi va bug‘ yonish zonasidan kislorodni siqib chiqaradi.
    Uglekislota (is gazi) va uglerod ikki oksid gazi rangsiz va havodan 1,5 marta og‘ir gaz. U yong‘in muhitida parda hosil qilib yong‘in zonasiga kislorod kirishini to‘xtatadi. Undan sig‘imlardagi yengil yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar yong‘inini, elektr jihozlari yong‘inlarini va muzeylar, arxivlar kabi suvdan va ko‘pikdan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmagan binolardagi yong‘inlarni o‘chirishda foydalaniladi.
    Namlash vositalarining fizik xususiyati yonuvchi materiallarni namlanish, ho‘llanish xususiyatini oshirishga asoslangan. Ularga sovun, sintetik aralashmalar, amilsulfat alqilsulfonat va boshqa aralashmalar kiradi. Bu aralashmalar yong‘in muhitida og‘ir bug‘ va gaz hosil qilib, yonish zonasiga kislorod kirishini to‘xtatadi, haroratni susaytiradi va yong‘inni o‘chiradi.
    Ko‘piklar kam issiklik o‘tkazuvchanlik, yetarli darajada qo‘zg‘aluvchanlik, issiqlikni qaytarish samarasi katta, tutun zichligini kamaytirish xususiyatiga va kam mexanik mustahkamlikga ega bo‘lgan o‘t o‘chiruvchi moddalar hisoblanadi. Ular tayyorlanish usuliga ko‘ra kimyoviy, havo-mexanik va yuqori karrali ko‘piklarga bo‘linadi[15].
    Kimyoviy ko‘piklar alohida saqlanuvchi aralashmalarni (ishqorli va kislotali) yong‘in zonasiga uzatish yoki ko‘pik hosil qiluvchi kukunlar aralashtirish orqali PG-50, PG-100 ko‘pik generatorlari yordamida hosil qilinadi. Ko‘pik kukunlari – oltingugurt ammoniy va natriy bikorbonat aralashmasi bo‘lib, 1 kg kukun va 10 l suv 40-60 litr ko‘pik olish imkonini beradi. Neft mahsulotlari yong‘inlarini PO-1, PGP kukunlari, spirt va atseton yong‘inlarini GGPS kukuniga 2% sovun aralashtirilib tayyorlangan ko‘piklar yordamida o‘chirish mumkin. Havo-mexanik ko‘piklar havo-ko‘pik stvollari yordamida suv, injekterlangan havo va ko‘pik hosil qiluvchilar asosida olinadi.
    Suvning bosimi va ko‘pik hosil qiluvchilar xususiyatiga ko‘ra ko‘piklar o‘rta va yuqori karrali bo‘lishi mumkin. Ko‘pik karraligi deganda hosil bo‘lgan ko‘pik hajmini, uni hosil qilishga sarflangan barcha suyuqlik miqdoriga nisbati tushuniladi. 5 dan 100 karralikgacha ega ko‘piklar kam va o‘rta; 100 dan katta karralikga ega ko‘piklar yuqori karrali ko‘piklar deyiladi.
    Inert gazlar (azot, argon, geliy, tutun va chiqindi gazlar) asosan yong‘indan saqlanish maqsadida neft mahsulotlari sig‘imlarini payvandlashdan oldin to‘ldirib ishlov berishda ishlatiladi
    Mexanik vositalardan (brezent, voylok, qum, tuproq va b.) yong‘inni boshlanish davrida, yaʼni uchqunlanish fazasida o‘chirish maqsadida foydalaniladi
    O‘t o‘chirgichlar, o‘t o‘chirish qurilmalari va mashinalari
    O‘t o‘chirgichlar yong‘inni boshlangich fazasida o‘chirish uchun ishlatiladi. Ular sig‘imi, o‘t o‘chirish moddasi, o‘t o‘chiruvchi moddani chiqarish usuli bo‘yicha turlicha bo‘ladi.
    Kimyoviy ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar qattiq va suyuq moddalar yong‘inini o‘chirish maqsadida foydalaniladi. Ularga OXP-10, OP- M va OP-9MM o‘t o‘chirgichlari kiradi. Ularning ishlash vaqti ko‘pik karraligi 5 ga teng bo‘lganda 60 sek. Ballonlar hajmi 8,7 va 9 l. Zaryadlari ishqorli va kislotali qismdan iborat. Ishqorli qismi – 450…460 gr. bikorbanat natriy va qizilmiya ildizi ekstraktining suvdagi aralashmasidan, kislotasli qismi – 15 gr. oltingugurt va 120 gr. dan ortiq oltingugurt kislotasining suvdagi aralashmasidan iborat. Bu o‘t o‘chirgichlarning korpusi foydalanilgandan 1 yil o‘tgach 2 mPa bosim ostida sinaladi. (bir partiyadagi o‘t o‘chirgichlarning 25%). Ikki yildan keyin esa – 50%, uch yildan keyin esa 100% o‘t o‘chirgichlar sinovdan o‘tkaziladi. Sanoatda OV-5, OVP-10 markali qo‘l o‘t o‘chirgichlari, OVP-100,OVPU-25 markali yuqori karrali statsionar o‘t o‘chirgichlar ishlab chiqariladi. Ularni zaryadlashda PO-1 ko‘pik hosil qiluvchidan foydalaniladi.
    Uglekislotali o‘t o‘chirgichlar turli xil moddalar, materiallar va elektr qurilmalaridagi yong‘inni o‘chirishda ishlatiladi. Ularni zaryadlashda uglerod ikki oksididan (SO2) foydalaniladi. Bunday o‘t o‘chirgichlarga OU-5, OU-8, OU-25, OU-80 va OU-400 markali o‘t o‘chirgichlar kiradi. Ular tortib ko‘rib tekshiriladi. Agar ularning massasi 6,25; 13,35 va 19,7kg dan kam bo‘lsa (mos holda, OU-2, OU-5 va OU-8 o‘t o‘chirgichlari uchun) ular qayta zaryadlanadi.
    Uglekislotali-brometilli o‘t o‘chirgichlarga OUB-3A va OUB-7A lar kiradi. Ularning hajmi 3,2 va 7,4 l bo‘lib, brometil va uglekislota aralashmasi bilan zaryadlanadi. Bu markadagi qo‘l o‘t o‘chirgichlarini taʼsir etish vaqti – 35 sek, uzatish uzunligi 3,0-4,5m.
    Kukunli o‘t o‘chirgichlar OP-1, “Moment”, OP-2A, OP-10A, OP-100, OP-250 va SI-120 markali bo‘lib, ular uncha katta bo‘lmagan yong‘inlarni o‘chirishda ishlatiladi. OP-1 va “Moment” o‘t o‘chirgichlaridan avtomobillar va kuchlanishi 1000 V. gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida foydalaniladi. OP-10A ut o‘chirgichi ishqorli metallardagi (natriyli, kaliyli) hamda yog‘och va plastmassalardagi yong‘inlarda ishlatiladi.
    SI-2 ko‘chma o‘t o‘chirgichi neft mahsulotlari, metalloorganiq birikmalar va shu kabi boshqa moddalar yonishini o‘chirishda, SJB-50 va SJB-150 o‘t o‘chirgichlari tok taʼsiridagi elektr qurilmalar yong‘inini o‘chirishda hamda aerodrom xizmatidagi o‘t o‘chirish mashinalarini jihozlashda ishlatiladi.
    Ishlab chiqarish binolari uchun talab etiladigan o‘t o‘chirgichlar soni quyidagicha aniqlanadi

    Download 5,79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 5,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ishi mavzu: “Python academy” o‘quv markazining integrallashgan ta’lim platformasi axborot tizimini ishlab chiqish

    Download 5,79 Mb.