|
Bitiruv malakaviy ishi mavzu: “Python academy” o‘quv markazining integrallashgan ta’lim platformasi axborot tizimini ishlab chiqish
|
bet | 7/8 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 5,79 Mb. | | #262566 |
Bog'liq 1NEW UMAROV BMI XULOSA
Mazkur bitiruv malakaviy ishida o‘quv markazlar uchun integrallashgan ta’lim platformasini qanday to‘g‘ri qurish va nimalarga ahamiyat berishni o‘rganib chiqildi va loyihani to‘g‘ri qurish asosiy maqsad qilib olingan bo‘lib, ishning bajarilishida quyidagi natijalar olindi:
o‘quv markazalarini axborot tizimlarida eng ko‘p uchraydigan muammolar ko‘rib, ularga mos yechimlar va loyihani kelajakda qanaqa muammolar bo‘lishini taxmin qilib ularni oldini olish o‘rganib chiqildi;
o‘quv markazalarini axborot tizim ishlab chiqish uchun qanday qulay arxitektura tanlash va qanday texnologiyalardan foydalanilsa yaxshiroq bo‘lishi ko‘rib chiqildi;
o‘quv markazalarini axborot tizimi natijasi qulayliklar va ilovalaning barcha imkoniyatlarini o‘rganib chiqildi.
Yuqoridagi o‘quv markazalarini axborot tizimini ishlab chiqish, ta’lim jarayonlariga so‘nggi texnologik vositalarni integratsiya qilishga yo‘l qo‘yuvchi bir qarashdir. Ushbu tizim o‘quv markazalarining o‘quvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini boshqarish, o‘qituvchilar o‘quv rejasini tuzish, baholarni va natijalarni kuzatib borish, boshqaruvchilar esa talaba va xodim ma’lumotlarini kuzatib borish kabi bir qator muhim vazifalarni bajaradi.
O‘quv markazalarini axborot tizimini ishlab chiqish, ta’lim muassasalarining samarador va samarali ravishda ishlashini ta’minlaydigan muhim qadam hisoblanadi. Ushbu tizimlar, talaba boshqaruvini, baholashni, kommunikatsiyani va ma’lumotlarni tahlil qilishni osonlashtirib, ta’lim jarayonini yaxshiroq boshqarish imkonini beradi va barcha o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan hamkorlikni yaxshilaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.10.2020 yildagi PQ-4851-son qarori.
A Pro-Level Guide to Advanced Web Development with Django and Python. November 21, 2023.
Software Architecture with C# 10 and .NET 6 - Third Edition: Develop software solutions using microservices, DevOps, EF Core, and design patterns for Azure 3rd ed. Edition by Gabriel Baptista (Author), Francesco Abbruzzese (Author) March 15, 2022.
Fluent Python: Aniq, ixcham va samarali dasturlash 2-nashr. muallif Luciano Ramalho. 2022 yil 10 may.
«Mukammal dasturlash» Java Script, Javlon Abdulloh 2021.
«Mukammal dasturlash» 1-kitob. HTML va CSS, Javlon Abdulloh, 2021.
Python dasturlash tili asoslari. O‘quv-uslubiy qo‘llanma, Ravshan Hamdamovich Ayupov, 2020.
Python dasturlash asoslari, Anvar Narzullaev 2020-y.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma Toshkent, Ergashev B.T, Abidov K.Z. 2020.
Javascript: The Definitive Guide: Master the World's Most-Used Programming Language 7th ed. Edition. David Flanagan (Author). June 23, 2020
Yangi boshlanuvchilar uchun Django Python va Django yordamida veb-saytlar yaratish. 10-avgust, 2020-yil Uilyam S Vinsent.
Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya. Sapaev M.S., Qodirov F.M. O‘quv qo‘llanma, Toshkent-“Aloqachi”-2019.
Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги ва экология. Сапаев М.С., Қодиров Ф.М. Ўқув қўлланма, Тошкент-“Алоқачи”-2019.
Usmonov J.T., Xujaqulov T.A. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi, o‘quv qo‘llanma. - Т.: Aloqachi, 2018.
T-SQL Querying (Developer Reference) Itzik Ben-Gan, Adam Machanic, Dejan Sarka, Kevin Farlee. March 6, 2015.
Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги ва экология менежменти (чизмалар, тушунчалар, фактлар ва рақамларда): дарслик / А.Нигматов, Ш.Мухамедов, Н.Хасанова. – Т.: Наврўз. 2014. – 199 б.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bitiruv malakaviy ishi mavzu: “Python academy” o‘quv markazining integrallashgan ta’lim platformasi axborot tizimini ishlab chiqish
|