• Xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari
  • IV BОB. HАYОT FАОLIYАTI ХАVFSIZLIGI




    Download 6,58 Mb.
    bet19/28
    Sana31.05.2024
    Hajmi6,58 Mb.
    #258326
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
    Bog'liq
    BMI RakhimovAlijonFinal2024 (3)

    IV BОB. HАYОT FАОLIYАTI ХАVFSIZLIGI
    4.1.Xavfsizlik muammolari
    Xavfsizlik umumiy nazariyasi strukturasida prinsiplar va usullar evristik va uslubiy rol o‘ynaydi, hamda o‘rganilayotgan fan sohasi bilan bog‘langanligi haqida to‘la tushuncha beradi.
    Prinsiplarning ahamiyati haqida fransuz filosof - materialisti Gelvesiy (1715-1771) shunday yozgan: “Ayrim prinsiplarni bilish ayrim omillarni bilmaslikni yengil to‘ldiradi”.
    Xavfsizlikni ta’minlash usul va prinsiplari boshqa umumiy usullardan farq qilgan holda dialektika va logikaga tegishlidir. Prinsiplar va metodlar ma’lum miqdorda o‘zaro bog‘likdir. Xavfsizlikni ta’minlash vositalari keng ma’noda bu konstruktiv, tashkiliy, iqtisodiy bo‘lib usul va prinsiplarni aniq ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi. Prinsiplar, metodlar va vositalar xavfsizlikni ta’minlashning logik bosqichlaridir. Ularni tanlash faoliyatning aniq sharoitiga, xavf darajasiga, bahosiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘lik bo‘ladi.
    Xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari
    Xavfsizlikni ta’minlash o‘z ichiga murakkab jarayonni oladi va uni elementar tashkil etuvchilarga dastlabki holatlar, g‘oyalar, prinsiplar deb ataluvchilarga bo‘lish mumkin. «Prinsip» so‘zi lotincha “principim” so‘zidan olingan bo‘lib, boshlanish, g‘oya, asos demakdir. Ishlab chiqarishning turi, texnologik jarayonlarning afzalliklari, qo‘llaniladigan jihozlarning har hilligi - bularning hammasi xavfsizlikni ta’minlash prinsiplarining ko‘p xilligiga shartlashadi.
    Prinsiplar muhim uslubiy ahamiyatga egadir. Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha to‘lakonli profilaktik ish ilmiy-tekshirish, tajriba - konstruktorlik, loyiha ishlarida, ishlab chiqarish obyektlarini qayta ko‘rish va foydalanish bosqichida faqat ongli ravishda xavfsizlik prinsiplarini hisobga olish bilan mumkin bo‘ladi. Prinsiplarning nazariy va ilmiy ahamiyati shundan iboratki, ular bizni o‘rab olgan dunyodagi xavflar bo‘yicha bizlarning bilim darajamizni aniqlaydi va o‘z navbatida himoya tadbirlariga va ularni hisoblash usullariga talablar belgilaydi. Prinsiplarning ahamiyati amaliy jihatdan xam muhimdir: ular raqobatlashayotgan variantlarni taqqoslab tahlil qilish asosida xavflardan himoyalanishning optimal yechimlarini topishga imkon beradi. Prinsiplarning evristik qiymati shundan iboratki ular mehnat xavfsizligini boshqarishni tashkil qilishda hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Xavfsizlikni ta’minlash prinsipini bir-birini to‘ldiruvchi element sifatda o‘zaro bog‘lanishda qarash muhimdir. Konkret sharoitlarga bog‘lik holda bir va boshqa prinsiplar har xil amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari ularni amalga oshirish belgilariga qarab shartli ravishda 4 ta sinfga bo‘linadi: taxminiy, texnikaviy, tashkiliy va boshqaruv prinsiplari.
    Taxminiy prinsiplar o‘zida xavfsiz yechimlarni topuvchi yo‘nalishni aniqlovchi metodologik va ma’lumot bazasi bo‘lib xizmat qiluvchi asos soluvchi g‘oyalarni taqdim etadi. Bunga quyidagi prinsiplar kiradi: operatorning aktivligi, faoliyatni gumanlashtirish,strukturani o‘zgartirish, operatorni almashtirish, sinflashtirish, xavfni bartaraf qilish va kamaytirish, sistemalik va boshqalar. Texnikaviy prinsiplar xavfli omillarning ta’sirini bevosita oldini olishga yo‘naltirilgan. Texnik prinsiplar fizik qonunlarni ishlatishga asoslangan. Bunga quyidagilar kiradi: masofadan himoyalash, ekranlashtirish, kattikligini oshirish, blokirovkalash (yakkalash), vakuumlashtirish, xavo kirmaydigan qilish, passiv zveno kiritish, zichlashtirish, flegmatizasiyalash va yeta olmaslik prinsiplari. Boshqaruv prinsiplarideb, xavfsizlikni ta’minlash jarayonining alohida bosqich va etaplari orasida o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni aniqlovchi prinsiplarga aytiladi. Ularga rejali, nazoratli, boshqarmali, majburiyli, qayta aloqali, samarali, javobgarlik, rag‘batlantirish, ierarxik, bir ma’noli, adekvatli prinsiplari kiradi. Tashkiliy prinsiplarga xavfsizlik maqsadida mehnatni ilmiy tashkil qilish qoidalarini amalga oshiruvchi prinsiplar kiradi. Ularga vaqt bo‘yicha himoyalash, ma’lumot berish, rezervlashtirish, normallashtirish, kadrlarni tanlash, ketma-ketlik, ergonomik, mehnatni rasional tashkil qilish va zidlik prinsiplari kiradi. Bir vaqtda ayrim prinsiplar bir nechta sinflarga kiradi.
    Xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari sistemalarni hosil qiladi va bir vaqtning o‘zida har bir prinsip nisbatan mustaqillik kashf qiladi. Ayrim prinsiplarni alohida

    ko‘rib chiqamiz. Har bir ko‘rib chiqayotgan prinsipga ta’rif beramiz va misollar keltiramiz. Sistemalik prinsipi - shundan iborat bo‘lib har qanday hodisa, harakat va obyekt sistemalik konsepsiyasi bilan ko‘riladi. «Sistema» so‘zi grekcha - systema so‘zidan olingan bo‘lib, butun, qismlar va birikmalardan to‘zilgan demakdir. Sistema deganda elementlar majmuasi tushuniladi, ular orasidagi o‘zaro ta’sirlar adekvatli ravishda bir xil natijaga olib keladi. Bunday sistemani aniq sistema deb ataymiz. Agar elementlarning o‘zaro ta’siri har xil natijalarga olib kelsa, buni noaniq sistema deyiladi. Sistemaning noaniqlik darajasi qancha yuqori bo‘lsa shunga ko‘ra har xil natijalar paydo bo‘ladi. Sistemadagi noaniqlik uning elementlarini va ular o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir xarakterini to‘liq hisobga olmaslikdan tug‘iladi. Sistemaning elementlariga moddiy obyektlar hamda ular orasidagi munosabat va aloqalar kiradi.


    Misol: Yong‘in fizik hodisa, u quyidagi sharoitlarda paydo bo‘ladi.
    1) yonuvchi modda;
    2) havodagi kislorod miqdori kamida - 14%;
    3) o‘t olish manbayi ma’lum quvvatda va yuqorida uchta shartni;
    4) bo‘shliqqa;
    5) vaqt bo‘yicha olib chiqish.
    Mazkur 5 ta shart bitta sistemani tashkil qiladi. Bularning o‘zaro birgalikdagi ta’sirida aniq bir oqibat paydo bo‘ladi - bu yongindir. Yuqoridagi elementlarning loakal bittasini bartaraf qilish, yong‘inning to‘xtashiga olib keladi, binobarin, berilgan sistemaning buzilishiga olib keladi.
    Destruksiya prinsipi (u lotincha destructvus so‘zidan olingan bo‘lib buzuvchi degan ma’noni beradi). Uning mohiyati shundan iboratki, bunda xavfli natijaga olib keluvchi sistema undagi bitta yeki bir necha elementlarni bartaraf qilish bilan bo‘ziladi. Destruksiya prinsipi tashkilan ko‘rib o‘tilgan sistemalik prinsipiga bog‘lik va qisman universal ahamiyatga egadir. Xavfsizlikni tahlil qilganda oldin sistemalik prinsipi ishlatiladi, keyin destruksiya prinsipini hisobga olib sistemaning ayrim elementlarini bartaraf qilishga yo‘naltirilgan tadbirlar ishlab chiqiladi ( istalgan maqsadga olib keluvchi).
    Xavflarni bartaraf qilish prinsipi - o‘z ichiga texnologiyalarni o‘zgartirish, xavfli narsani xavfsiziga almashtirish, xavfsiz jihozlarni qo‘llash, Mehnatni ilmiy tashkil qilish va vositalarni takomillashtirish bilan xavfli va zararli omillar bartaraf qilinadi. Bu prinsip o‘zining mazmuni bilan juda ilgor va amalga oshirish shakli bilan juda ko‘pdir.
    Misol: Ko‘pchilik texnologik jarayonlarni olib borishda ko‘p portlashga xavfli va o‘tkir zaharli gazlar yo‘q qilinadi. Xavfsizlikni ta’minlash uchun bu gazlarni yig‘ish, ishlatish va yo‘q qilishga mashxala qo‘llash sistemasidan foydalaniladi.
    Xavflarni kamaytirish prinsipining mohiyati shunday qarorlarni qo‘llashga asoslangan bo‘lib xavfsizlikni oshirishga yo‘naltiriladi, lekin talab qilingan darajada ishlar amalga oshirilmaydi. Bu prinsip ma’lum ma’noda kompromiss xarakterga egadir.
    Misol: Elektr toki urishdan himoyalanish uchun xavfsiz kuchlanish (12,24, 36 V) qo‘llaniladi. Bunday kuchlanishlarda tokdan zararlanish xavfi kamayadi. Biroq bunday kuchlanishlarni absolyut xavfsiz deb bo‘lmaydi, shunday holatlar ma’lumki insonlarni tok urishi asosan shunday kuchlanishlar ta’sirida sodir bo‘ladi. Operatorni almashtirish prinsipi shundan iborat bo‘lib, bunda operatorning vazifasini ishlab chiqarish robotlariga, avtomatik manipulyatorlarga topshiriladi yoki texnologik jaraenni o‘zgartirish hisobiga butunlay yo‘q qilinadi. Bu ishlovchilarni zararli omillar ta’siridan xolos qiladi, lekin omillarning o‘zi yo‘q qilinmaydi.
    Informasiya prinsipi (lotincha informatio - xabardor qilish, bir narsa haqida ma’lum qilish degan ma’nolarni beradi)ning mohiyati bir ma’lumotni xizmatchiga yetkazish va uni egallab olish ko‘zda tutilgan xavfsizlik darajasini ta’minlaydi. Buni amalga oshirish usullari: o‘qitish, instruktajlar o‘tkazish, xavfsizlik rang va belgilarini kuyish, ogohlantiruvchi yezuvlar va jihozlarni markirovka qilish va hokazo.
    Klassifikasiya prinsipi (lotincha classis - razryad, pogona, facio - bajaraman, beraman degan ma’nolarni beradi) bu xavf bilan bog‘lik belgilariga qarab obyektlarni sinf va kategoriyalarga bo‘lishdan iborat.
    Misol: sanitary - himoya zonalarini 5ta sinfga, yong‘in-portlash xavfi bo‘yicha ishlab chiqarish binolarining A, B, V, G, D kategoriyalarga bo‘linishi.
    Kompensatsiya prinsipi (lotincha compensatio - to‘lash degan so‘zni anglatadi)da ishlovchilarga psixologik va psixofiziologik jarayonlarning bo‘zilgan muvozanatini tiklash uchun beriladigan har turdagi yengilliklar tushuniladi.
    Metod - maqsadga erishish usulidir. Hozirgi qarayotgan holatimizda maqsad xavfsizlikni ta’minlashdir. Metodlar prinsiplarni konstruktiv va texnikaviy jihatdan haqiqiy borliqqa gavdalantirish bilan amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta’minlashusullarini bilgan holda inson bilan ishlab chiqarish muxiti tavsiflari orasidagi o‘zaro ta’sirlarni kelishish mumkin, ya’ni ma’lum xavfsizlik darajasiga erishish mumkin. Xavfsizlik usullarini o‘rganishdan oldin, biz uyidagi yangi tushunchalarni kiritamiz. Ko‘rilayotgan faoliyat jarayonida insonning turgan joyi gomosfera deyiladi. Har doim va davriy ravishda sodir bo‘lib turadigan xavfli joy noksosfera deyiladi. Bu sferalarni xavfsizlik nuqtayi nazardan qo‘shish mumkin emas. Xavfsizlikni ta’minlash usullari 3 xil turga bo‘linadi:

    Download 6,58 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




    Download 6,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IV BОB. HАYОT FАОLIYАTI ХАVFSIZLIGI

    Download 6,58 Mb.