Bitiruv malakaviy ishi




Download 6,58 Mb.
bet20/28
Sana31.05.2024
Hajmi6,58 Mb.
#258326
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Bog'liq
BMI RakhimovAlijonFinal2024 (3)

USUL - A, gomosfera bilan noksosferani bir-biridan joy yoki vaqt jihatdan ajratish usuli. Bu usul ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish, jihozlarni masofadan boshqarish, manipulyator va robotlarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi.
USUL - B, xavfsizlik prinsiplarini qo‘llab xavflarni yo‘q qilish va noksosferani (ishlab chiqarish muxitini) normallashtirish, hamda noksosfera xarakteristikalarini inson xarakteristikalariga moslashtirishga asoslanadi. Bu usul insonlarni shovqin, chang, gaz, jaroxatlanish va hokazo xavfli omillardan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasi, hamda qisman xavfsiz texnikani yaratish bilan amalga oshiriladi.
Agar A va B metodlarni qo‘llash bilan talab qilingan xavfsizlik darajasiga erishish ta’minlanmaganda V - metod qo‘llaniladi.
USUL - V, tegishlicha himoya vositalari yordamida insonlarning himoyalanish xususiyatlarini oshirishga, hamda insonni noksosferaga moslashtirishga asoslangan. Bu usul kasbiy tanlash, o‘qitish, instruksiyalarberish, psixologik ta’sir qilish va shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi. V - metodni amalga oshirishda noksosfera xarakteristikalarini o‘zgartirish uchun har xil vositalar qo‘llaniladi.
Real sharoitlarda yuqorida keltirilgan usullarning bittasi yordamida zarur xavfsizlik darajasini har doim ta’minlash mumkin bo‘lmaydi. Bunday holatlarda yuqorida keltirilgan usullar majmuasini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini kamaytirish yoki oldini olish uchun himoya vositalari qo‘llaniladi. Ishlovchilarning himoya vositalari inson organizmiga eng ma’qul sharoitlarni hosil qilishi va quyidagilarni ta’minlashi lozim:
- ish zonasidan xavfli va zararli narsalar, hamda materiallarni uzoqlashtirish yoki xaydash;
- zararli omillar miqdorini belgilangan darajadagi sanitar normagacha kamaytirish;
- ishlovchilarni qabul qilingan texnologiyalar va ish sharoitlarida hamroh bo‘lgan zararli va xavfli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish;
- texnologik jarayon buzilganda paydo bo‘ladigan salbiy omillardan himoya qilishi lozim.
Himoya vositalarini tanlash har bir alohida holatlarda Mehnat xavfsizligi talablariga asosan amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari va usullarini gavdalantirishda har xil himoya vositalari qo‘llaniladi.
Himoya vositalarining qo‘llanilishi xarakteri bo‘yicha kollektiv himoya vositalari (KXV) va shaxsiy himoya vositalariga (shhv) bo‘linadi. Har biri vazifasiga ko‘ra sinflarga bo‘linadi. KXV zararli va xavfli omillarga bog‘lik holda: shovqindan, titrashdan, elektrostatik zaryadlardan himoyalash vositalariga sinflanadi. ShXV asosan himoyalanadigan inson a’zosi yoki a’zolar guruxiga qarab: nafas a’zolarini, qo‘l, bosh, bet (yuzni), kuzni va eshitish a’zolarini himoya qilish vositalariga bo‘linadi.
KXV texnik tayyorlanishiga qarab quyidagiguruxlarga bo‘linadi: to‘siqlar, blokirovkalar, tormozlar, saqlaguvchi moslamalar, yorug‘lik va ovoz signallari, xavfsizlik asboblari, signal ranglari, xavfsizlik belgilari, avtomatik nazorat qurilmalari, masofadan boshqarish vositalari, elektr jixozlarini yerga ulash va nollash qurilmalari, shamollatish (ventilyatsiya), yoritish, isitish, sovutish (kondisionerlash), izolyatsiyalash, germetizasiyalash vositalari kiradi.
Shaxsiy himoya vositalariga: gidroizolyatsiya kostyumlari, skafandrlar, protivogazlar, respiratorlar, pnevmoshlemlar, pnevmomaskalar, har xil turdagi maxsus kiyim va poyafzallar, tutgichlar, qo‘lqoplar, kaskalar, shlemlar, shapkalar, shlyapalar, shovqinga qarshi shlemlar, quloqqa quygichlar (vklado‘shlar), himoya ko‘zoynaklari, saqlaguvchi belbog‘lar, himoyalovchi dermatologic (kremlar) vositalar va boshqalar kiradi.
Himoya vositalari estetik va ergonomik talablarga javob berishi kerak, alohida, inson faoliyati uchun normal sharoitlarni ta’minlashi lozim. Bir vaqtning o‘zida ShXV qo‘llashda texnik me’yorlarni hisobga olish kerak, ko‘pchilik ShXV ma’lum noqulayliklarni keltirib chiqaradi va inson ish kobiliyatining pasayishiga olib keladi. Talablarni hisobga olishning yo‘qligi, qisman ShXV qo‘llashda buzilishning sababchisi bo‘ladi. Himoya vositalari himoya va fiziologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholanishi kerak.
Xavf energiyaga ega bo‘lgan kimyoviy yoki biologik aktiv komponentlarni o‘zida joylashtirgan hamma sistemalarni, hamda inson hayot faoliyati sharoitiga javob bermaydigan tavsiflarni o‘zida saqlaydi.




Download 6,58 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Download 6,58 Mb.