• Bozorni segmentlash
  • Iste’molchilarni tadqiq qilish
  • Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi




    Download 0,88 Mb.
    bet68/72
    Sana26.12.2023
    Hajmi0,88 Mb.
    #128546
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
    Bog'liq
    Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn

    BIS = BS - MM + NE,

    bu erda


    BIS - bozorning import sig’imi;

    ME - milliy eksport, aniqlanishi ME = EX – RE;

    RE – reeksport hajmi.
    Nisbiy bozor ulushi korxonaning bozordagi ulushi va raqobatchilar ulushining nisbati sifatida aniqlanadi:

    NBU = O’BU / RBU

    bu erda:

    O’BU – o’z bozor ulushi;

    RBU – raqobatchilar bozor ulushi.
    Bozorni segmentlash bir tomondan korxonaning marketing faoliyati yo’naltirilgan bozor qismi va obyektlarini aniqlashni, ikkinchi tomondan bozorda qarorlar qabul qilish jarayoniga boshqaruv yondashuvini, marketing elementlarini to’g’ri tanlashga asos yaratishni ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda bozorni segmentlash – bu bozorni ko’rsatkichlari va u yoki bu faoliyat turiga (reklama, sotish kanallari va usullari) reaktsiyasi bo’yicha bir-biridan farq qiluvchi qismlarga ajratishdir.

    Segmentlash obyekti birinchi navbatda iste’molchilardir. Alohida tarzda ajratib olingan va umumiy tamoyillarga ega bo’lgan holda ular bozor segmentini tashkil etadi. Segmentlar soni ko’p bo’lganda ularning har biri talablariga moslashish juda qimmatga tushishi mumkin. Shu sababli shaxsiy foydalanish tovarlariga nisbatan doimo yirik segmentlarni belgilash lozim.

    Segmentlashda tovar o’z xaridorini topishi lozim. Bozorning tuzilmasini tadqiq etish bunga eng kam xarajatlar bilan erishi imkoniyatini beradi. Bunda bozor kon’yunkturasini bilish ham muhim bo’lib, u mazkur tovar turiga talab va taklif o’rtasidagi munosabat hamda narx darajasi va ular o’rtasidagi munosabat bilan tavsiflanadi. Bozor kon’yunkturasini o’rganishdan asosiy maqsad sanoat va savdo faoliyati bozor holatiga qanchalik ta’sir ko’rsatishi, uning kelajakdagi rivojlanishi hamda aholining tovarlarga bo’lgan talablarini to’laroq qondirish uchun nimalar qilish kerakligini aniqlash hisoblanadi.

    Iste’molchilarni tadqiq qilish iste’molchilarni tovarni tanlashga undovchi omillar majmuini (daromad, ijtimoiy holat, yosh tuzilmasi, ma’lumoti va hokazo) aniqlash va o’rganishga imkon beradi. Yakka tartibda iste’molchilar, oilalar, uy xo’jaliklari hamda iste’molchi tashkilotlar bu erda obyekt vazifasini bajaradi. Tadqiqot predmeti iste’molchilarning bozordagi xulq-atvori va uni belgilab beruvchi omillar hisoblanadi. Iste’mol tuzilmasi, tovarlar bilan ta’minlanganlik, iste’mol talabi tendentsiyalari o’rganiladi.

    Marketing uchun tovarni xarid qilish psixologiyasi va ehtiyojlarni ushbu tovar bilan qondirish mexanizmini aniqlash katta ahamiyatga ega. Faqat shundagina mahsulot ko’p sotilishiga umid qilish mumkin. Taklif etiluvchi mahsulot avvalo, iste’molchi uchun foydali bo’lishi, undan keyingina ishlab chiqaruvchining o’ziga yoqishi lozim.

    Raqobatchilarni o’rganishdan asosiy maqsad bozorda raqobatli afzallikka ega bo’lish, kutilajak raqiblar bilan hamkorlik qilish uchun zarur ma’lumotlarni olishdan iborat. Shu maqsadda raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlari tahlil qilinib, ularning bozordagi ulushi, iste’molchilarning raqobatchilar marketing vositalariga (tovarni takomillashtirish, tovar markalari, reklama kompaniyalari, servisni rivojlantirish) reaktsiyasi o’rganiladi. Raqobatchilarning moddiy, moliyaviy va mehnat salohiyati, mehnat faoliyatini boshqarishni tashkil qilishi o’rganiladi. Bunday tadqiqotlar natijasida bozorda raqobatchilarga nisbatan qulay holatga erishish uchun imkoniyat va yo’l tanlash, taklif etilayotgan tovarlarning narx va sifat bo’yicha ustunligini ta’minlash strategiyasini aniqlash mumkin bo’ladi.
    Baho siyosati - baho va bahoni shakllantirishni boshqarish san’ati, qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun mahsulot va korxonaning bozordagi xolatidan kelib chiqib mahsulot bahosini belgilash san’atidir3. Bu esa tadbirkordan menedjerdan yuqori mahorat talab qiladi. Baho siyosati baho strategiyalari orqali amalga oshiriladi va faqat korxonaning umumiy siyosati yo’nalishida ko’rib chiqilishi kerak.

    Biznes-rejada korxona baho siyosatini ishlab chiqish jarayoni 8.1-rasmda keltirilgan.




    Download 0,88 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




    Download 0,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi

    Download 0,88 Mb.