• Mahsulotning qadoqlanishi
  • Servis xizmatini tashkil etish strategiyasi
  • Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi




    Download 0,88 Mb.
    bet66/72
    Sana26.12.2023
    Hajmi0,88 Mb.
    #128546
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72
    Bog'liq
    Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn

    Yangi mahsulotni yaratish. Biznes-rejada korxonaning yangi mahsulot yaratish bo’yicha siyosatini bayon qilish lozim. Ushbu siyosatni ishlab chiqishda birinchi navbatda iste’molchilar talablariga tayaniladi. Bundan tashqari quyidagi qoidalarni ham hisobga olish kerak:


    Mahsulotning qadoqlanishi bir qator vazifalarni bajaradi:


    • mahsulot belgisini, nomini, uning ishlab chiqarilgan joyi va vaqtini ko’rsatishga ko’maklashadi. Xozirda qadoqlash idishlarida va yorliqlarda ushbu maqsad uchun shtrix kod tizimidan foydalanilmoqda.


    • mahsulotning estetik jihatdan ma’qulroq joylashtirish va unga zarar etkazilishidan himoya qiladi;


    • mahsulotni indentifikatsiya qilishda yordam beradi;


    • ishlatilishida va saqlashda qulaylik yaratadi;


    • xaridor e’tiborini o’ziga jalb qiladi;


    • mablag’ni tejaydi.



    Servis xizmatini tashkil etish strategiyasi sotishdan oldingi va sotishdan keyingi servis xizmatini ko’zda tutadi.

    Sotish oldi servisi taklif etilayotgan mahsulotning sifat ko’rsatkichlarini takomillashtirish maqsadida iste’molchilar talablarini doimiy o’rganish va tahlil qilishga yo’naltirilgan.

    Sotishdan keyingi servis kafolat muddati davomida va undan keyingi ko’rsatiladigan xizmatlar majmuni (sozlash, ta’mirlash) ko’zda tutadi.

    Biznes-rejada servis doirasida qanday xizmatlar bajarilishi to’g’risidagi axborot beriladi. Ularga quyidagilar kiradi:




    • mahsulotni bepul etkazib berish;


    • transportirovka (tashish) natijasida yuzaga kelgan nosozliklarni yo’qotish;


    • mahsulotni o’rnatib berish va ishga tushirib berish;


    • bepul kafolatli ta’mirlash muddatlari;


    • kafolat muddatlaridan so’ng pulli ta’mirlashni amalga oshirish;


    • zarur hollarda xaridorning xodimlarini mahsulotdan foydanish bo’yicha dastlabki o’qitishni tashkil etish;


    • ehtiyot qismlar bilan ta’minlash;


    • texnik maslahatlar berish;


    Bundan tashqari xizmatlarni amalga oshirish shaklini ham ko’rsatish zarur:




    • ishlab chiqaruvchi tomonidan;


    • mahsulot sotuvchisi tomonidan;


    • ishlab chiqaruvchi bilan shartnoma asosida iqtisoslashgan tashkilot tomonidan xizmat ko’rsatish.





    Download 0,88 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72




    Download 0,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi

    Download 0,88 Mb.